|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 29/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNazorat savollari
Doimiy tok dvigatellari hаqidа mа`lumоt bеring?
Doimiy tok dvigatellari DTD ning elektromagnit momenti nima?
O`zgarmas va o`zgaruvchan tok dvigatellarini farqi?
Asinxron dvigatelning ishlash printsipi?
Sinxron dvigatеlni tuzilishi?
Qadamli elektrodvigatel ishlash printsipi?
Mavzu: Ijro etuvchi qurilma va ularning klassifikasiyasi.
REJA:
Ijro etuvchi qurilmalarning umumiy strukturasi va umumiy tashkil etuvchilari.
Ijro etuvchi qurilmalar klassifikasiyasi
Bosimlar farqi
Ijro etuvchi qurilmalarning ta’sir etish turi
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, pnevmatik ijro mexanizmi, gidravlik ijro mexanizmi, elektr ijro mexanizmi, Zaslonkali rostlash organi, Bir egarli rostlash organi, Ikki egarli rostlash organi, shlang kо‘rinishidagi rostlash organi, diafragma kо‘rinishidagi rostlash organi, zatvor, klapan, bosimlar farqi.
Ijro etuvchi qurilmalarning umumiy strukturasi va umumiy tashkil etuvchilari.
Ijro etuvchi qurilma avtomatik boshqarish tizimi ABTning rostlagich yoki masofadan boshqaruvchi qurilmadan keluvchi buyruqli ma‘lumotga mos ravishda texnologik jarayonga bevosita ta‘sir qiluvchi elementi hisoblanadi. Buyruqli ma‘lumot ijro etuvchi qurilmaga ma‘lum standart ko`rinishda keladi, misol uchun 0-5mA diapazondagi doimiy tok yoki 0,2 -1kgs/sm2 siqilgan havo bosimi ko`rinishida bo`lishi mumkin. Buyruqli signal qabul qilingandan so`ng ijro etuvchi qurilma ros tlash organining o`tkazish kesimi o`zgarishi hisobiga jarayonga modda (yoki energiya) sarfining o`zgarishi ko`rinishida rostlovchi ta`sirni ishlab chiqadi. Ijro etuvchi qurilma o`zining qo`llanishi bo`yicha umumiy holatda uchta asosiy bloklardan iborat:
Pozisioner – ijro etuvchi mexanizmni uning yo`nalishini o`zgartirib turish uchun zarur bo`lgan energiya bilan ta‘minlash orqali boshqarishga mo`ljallangan.
Ijro etuvchi mexanizm – olingan energiyani rostlash organi zatvori siljishi uchun zarur bo`lgan k uchga o`zgartirishga mo`ljallangan.
Rostlash organi –zatvor siljishini muhit sarfiga o`zgartiruvchga mo`ljallangan.
Pnevmatik ijro etuvchi qurilmaning funksional sxemasi 1 -rasmda ko`rsatilgan.
Kirish signali rostlash qurilmasidan summatorga keladi, bu yerda signal teskari aloqa datchikidan kelgan signal bilan qo`shiladi. Signallar moslashgandan so`ng kuchaytirgichda kuchayadi va ijro etuvchi mexanizm ishchi bo`shlig`idan bosimni chiqarish yoki yuborish liniyalaridagi o`tkazish kesimlarini o`zgartiruvchi pilot elementiga keladi. Ishchi bo`shliqdagi bosim membrana yoki porshenga ta‘sir qilib, rostlash organi va bog`lovchi elementlarning ijro mexsnizmi, shtoki va valining chiqish bo`g‘inidan iborat bo`lgan harakatlanuvchi tizimga zaruriy o`zgartirish kuchini hosil qiladi. Ijro etuvchi mexanizmning o`zgartiruvchi kuchi harakatlanuvchi tizimga ta‘sir qiluvchi boshqa kuchlar bilan o`zaro ta‘sirlashib zatvor siljishini ta‘minlaydi.
Drosselli juftlikda zatvor yo`lini rostlash o`rgani o`tkazish qobilyatining o`zgarishi o`zgartirilishi sodir bo`ladi va nihoyat, rostlash o`rgani o`tkazish qobilyatining o`zgarishi u orqali muhit sarfining o`zgarishiga olib keladi. Ijro etuvchi qurilma strukturasi ko`psonli teskari aloqalar ega.
Rostlash organining ba‘zi xatoliklari, ya‘ni ―zatvorning siljishi – sarfning o`zgarishi‖ munosabati ko`plab omillar bilan tushintiriladi. Ulardan asosiylarini ko`ramiz:
zatvorni profillashga olib keluvchi o`tkazish tavsifi xatoli;
gidravlik tizimda ijro etuvchi qurilma bilan ketma-ket joylasshgan boshqa gidravlik qarshiliklarning mavjudligi;
ijro etuvchi qurilma yopishqoq yusuqliklarda ishlagandagi gidravlik qarshilik koeffisiyentining oshishi.
|
| |