|
Membranali-purjinali ijro mexanizmlari hisoblash
|
bet | 37/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifMembranali-purjinali ijro mexanizmlari hisoblash
Membranali-purjinali ijro mexanizmlari membrana bilan qopqoq (tepadagi yoki pastdagi) orasidagi bitta ishchi bo‘shliqqa ega bo‘lib, unda bir yo‘nalishdagi siljituvchi kuch ta’sir etayotgan bosim hisobiga hosil bo‘lsa ikkinchi tomondagi siljituvchi kuch elastik prujinani ta’siri hisobiga hosil bo‘ladi. Maxsus kiritilgan prujina hisobiga ishchi bo‘shliqdagi bosim bilan ijro mexanizmining chiqish zvenosi orasida proporsional bog‘lanish amalga oshiriladi.
Membrana-prujinali ijro mexanizmlarining chiqish zvenosini yo‘nalishiga qarab ularni quyidagi turlarga bo‘linadi:
- to‘g‘ri ta’sir etuvchi (agar ishchi bo‘shliqda siqilgan havo bosimi oshib borsa, unda chiqish elementi membranani diametri bo‘yicha mahkamlangan joydan uzoqlashsa) ППХ;
- teskari ta’sir etuvchi (agar ishchi bo‘shliqda siqilgan havo bosimi oshsa unda chiqish zvenosi membranani diamatri bo‘yicha mahkamlangan joyga yaqinlashsa) ОПХ.
To‘g‘ri ta’sir etadigan ijro mexanizmi rasm ..da keltirilgan. Uni tipii MIM – ППХ. Ishchi bo‘shliq 2 membrana bilan tepadagi krishka 1 hisobiga hosil bo‘ladi. Tayanch disk 3 ga shtok 8 biriktirilgan bo‘lib, u prujinani tepa qismida turadi. Prujinani pastki qismi esa 6 shaybaga tiralib turadi, u o‘z navbatida rezbali vtulka 7 ni yordamida siqilib qo‘yilgandir. Rezbali vtulka 9 kronshteynni rezbasi yordamida surilishi mumkin. Kronshtenga boltlar yordamida pastki qopqoq 4 mahkamlanadi.
Ijro mexanizmlari shunday konstruksiyalashtiriladiki, ularni ishchi bo‘shliqlarida havo bosimi standart diapazonda o‘zgarishi (0,2-1,0 kgk/sm2) uni chiqish elementini shartli surilishi SU ga teng bo‘ladi. Ijro mexanizmining shartli surilishi quyidagi qator orqali belgilanadi: 4, 6, 10, 16, 25, 40, 60, 100 mm.
Ijro mexanimlarida ishlatiladigan prujinalarni bikirligi quyidagi formula orqali topiladi
Bu yerda FEK va FEN membranani effektiv yuzasi (uni surilishi bo‘yicha oxirgi va boshlanish holidagi); рК va рН –ishchi bo‘shliqdagi oxirgi va boshlang‘ich siqilgan havoni qiymatlari.
Ijro mexanizmini shartli surilishiga to‘g‘ri keladigan prujinani siqilishi:
Prujinani o‘lchamlari quyidagi formula orqali topiladi:
Bu yerda G – siljish moduli, uni qiymati taxminan 8000 kgk/mm2; d- simni diametri, mm.; D2 – prujinani o‘rtacha diametri, mm.; n – prujinani ishchi o‘ramlarini soni; k2– tuzatish kirituvchi koeffitsiyent
C-prujinani indeksi, uni qiymati D2/d nisbat bilan topiladi. Ijro mexanizmida ishlatiladigan prujinalar uchun С = 3-10 oraliqda olinadi.
Membranali prujinali mexanizmini asosiy statik keltirilgan xatoligi xaqiqiy va keltirilgan siljishni uni shartli siljishi ga nisbati absolyut qiymatiga aytiladi va u quyidagi formula bilan topiladi
Ijro mexanizmining asosiy statik keltirilgan xatoligini uni aniqlik sinfi deyiladi.
Ijro mexanizmlarining aniq xarakteristikalari uni sterjenini siljishni variatsiyasi bilan va sezgirlik oralig‘i bilan belgilanadi. Siljish bo‘yicha variatsiya deganda rostlash signali ta’sirida bir qiymat uchun to‘g‘ri va teskari yaqinlashish oqibatida topilgan siljishlar orasidagi eng katta qiymatlar orasidagi ayirmani uni shartli siljishiga nisbatini protsentda hisoblangan qiymati tushuniladi. Sezgirlik oralig‘i deyilganda siljishni amalga oshira oladigan eng kichik rostlash signalini qiymatini to‘lik rostlash signaliga protsentda ifodalangan nisbatiga tushuniladi.
Ijro etuvchim mexanizmlar real sharoitlarda, siljuvchi sistemaga ta’sir qiladigan turli kuchlarni ta’siri ostida ishlaydi, ular ichida siljish sistemasiga ta’sir qiladigan ishqalanish kuchi, zatvorga ta’sir etadigan statik va dinamik kuchlardir. Jami karshilik kuchlari siljuvchi sistemaga ta’sir etayotgan kuchlar yig‘indigiga tengdir
.
Ushbu tenglamani chiziqli qismi siljituvchi kuchni tashkil etadi. Bu kuchla summasi birinchidan to‘g‘ri va teskari siljish mobaynida xar xil qiymatlarga ega bo‘ladi (quruq ishqalaniy tufayli). Ikkinchidan kuchlar summasi siljish tomoniga ko‘ra o‘zgaradi (statik va dinamik ta’sir kuchlar oqibatida). Ishchi bo‘shliqda havo bosimini o‘zgarishi bilan siljish sistemasini siljishi orasidagi bog‘lanish qarshilik kuchlarini mavjudligida quyidagi tenglamam bilan ifodalaniladi
Undan
Yuqoridagi tenglamaning ikkinchi tashkil etuvchisi ijro mexanizmining absolyut siljishi bo‘yicha og‘ishi S deyiladi. Ushbu absolyut og‘ish qiymatini uning to‘liq siljishiga (Q = 0 bo‘lgandagi) nisbati siljishni nisbiy og‘ishi deyiladi
Agar SY=(PК-PН)FЭ/g desak, unda siljishni nisbiy og‘ishi quyidagicha yoziladi:
Ushbu siljishni og‘ishi, ishchi sharoitdagi, siljish sistemasiga ta’sir etayotgan turli kuchlar oqibatida nazariy siljish va amaliy siljish xarakteristikalari orasidagi xatolik mezonidir.
Siljituvchi kuchni topish masalalarini ko‘rib chiqaylik:
To‘g‘ri siljish paytida
Teskari siljish paytida
Siljituvchi kuchning maksimal qiymati.
To‘g‘ri siljish paytida:
Teskari siljish paytida:
.
Membranani ishchi bo‘shlig‘ida hosil bo‘ladigan maksimal kuch manba bosimi bilan belgilanadi, minimal kuch esa nul bosim bilan belgilanadi. Yuqoridagi formuladan ko‘rinib turibdiki siljituvchi kuch (to‘g‘ri siljish va teskari siljish paytlarida) siljishni oxirida anchaga kam boshidagiga nisbatan. Membrana-prujinali pozitsionersiz ijro mexanizmlari asosidagi ijro etuvchi qurilmalarni ishlashi analiz qilsak, quyidagi xulosalarga kelinadi:
- siljiydigan sistemaga tashqi kuchlarni ta’siri uni siljish xarakteristikasini o‘zgartirib yuboradi, nochiziqlik va gisterezis kirish yo‘li bilan;
- ijro mexanizmlari siljishni oxirida katta bo‘lmagan siljituvchi kuch hosil qiladi;
- pozitsionersiz ishlatiladigan ijro mexanizmlarida ularni dinamik xususiyatlari talabga javob bermaydi.
Pozitsionerli ijro mexanizmlari ko‘pchilik xususiyatlari bilan talablarga javob beradi. Pozitsioner asosan holat rostlagichi sifatida ishlatiladi. Uni ishlab berayotgan signali chiqish elementining holati bo‘yicha bo‘lib, bu signal rostlagichni rostlash signali bilan solishtirilib, ishchi bo‘shliqga kirayotgan siqilgan havo bosimini sarfini rostlab turadi.
Pozitsionerlarni qo‘llash natijasida quyidagi yutuqlarga ega bo‘lamiz:
-boshqarish sistemasini dinamik xususiyatlari yaxshilanadi.;
- siljish xarakteristikasidagi statik xatolik va gisterezis yo‘qoladi.
Pozitsionerlarni qo‘llab biz siljituvchi kuchni ko‘paytira olmaymiz ammo rostlash signalini quvvatini oshiramiz, chunki pozitsionerlarda manba bosimi 2,5; 4 kgk/sm2 bo‘ladi.
To‘sib qo‘yiladigan va to‘sib-rostlaydigan ijro etuvchi qurilmalarda oxiridagi katta siljituvchi kuch prujinani bikirlik kuchini o‘zgartirish hisobiga erishiladi.
To‘g‘ri ta’sir etuvchi mexanizmlarda katta siljituvchi kuch to‘g‘ri siljishning oxirida kerak bo‘ladi, shuning uchun ularni prujinalari kam bikirlikka ega bo‘lgan prujinalardan qilinadi. Teskari ta’sir etuvchi mexanizmlarda katta siljituvchi kuch teskari siljishning oxirida kerak bo‘ladi, shuning uchun ularni prujinalari yuqori bikirlikka ega bo‘lgan prujinalardan tayyorlanadi.
|
| |