Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash




Download 7,31 Mb.
bet40/96
Sana25.06.2024
Hajmi7,31 Mb.
#265543
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash
Silfon yupqa devorga ega qat-qat burmali, radius bo`ylab yo`nalgan silindrik trubkadan iborat (5 -rasm).

5-rasm. To`liq metalli silfon.
O`q boyicha qo`yilgan bosim yoki kuch ta`sirida silfonning uzunligi o`zgaradi. Silfonlarning funksiyalari juda ham turli tuman. Ular o`q bo`yicha siljiydigan va burchak ostida joylashgan trubali o`tkazgichlarni elastik ulashga moslangan bo`lib, ular rostlanuvchi drossellardagi zichlagich yoki o`zgaruvchan sig`imning pnevmatik hajmi sifatida, shuningdek monometrik datchiklardagi ikkita muhitni chegaralash uchun qo`llaniladi.
Pnevmoavtomatikada silfonlar yuqori aniqlikda ishlovchi hisoblash qurilmalarini qurish uchun ishlatiladi, negaki silfonlar o`zining tavsifini yaxshi saqlaydi, ayniqsa o`sha arzimagan siljishlarda ham. Asbobsozlikda diametridan 150mmgacha va devorining qalinligi 0.08dan 0.3mm gacha bo`lgan silfonlar ishlatiladi.
Silfon qattiqligini oshirish zarurati bo`lganda u spiralsimon silindrik prujina bilan birga o`rnatiladi. Agar silfon elastikligi kam bo`lgan materialdan tayyorlangan bo`lsa, u holda silfon qattiqligidan bir necha marta katta bo`lgan prujina tanlanib, silfonning statik tavsifigaqandaydir ta`sir ko`rsatilishidan qutilish mumkin. Joyni tejash maqsadida prujina silfon ichiga o`rnatiladi. Devor qalinligini oshirish hisobiga silfon qattiqligini oshirish befoyda, negaki material burilganda va bukilganda uning tangligi ortadi.
Juda katta bosimlarda qachonki yupqa devorli silfon etarli bo`lmay qolsa, bitta qatlamga ega bo`lgan silfon bilan taqqoslaganda silfonning sezgirligini oshishiga va tangligini kamayishiga olib keladigan ko`p qatlamli silfonlar qo`llaniladi. Lekin, ko`pqatlamli silfonlarda qatlamlarning ishqalanishi tufayli gisterezis oshadi.
Asboblarni yasashda silfonlarni siqilishga ishlashi uchun ularni shunday o`rnatishga harakat qilinadiki, oqibatdaular cho`zilgandagiga qaraganda ikki martagacha katta bosimga bardosh berishikerak.Agar silfonlar kuchni kompensatsiyalash prinsipida ishlovchi pnevmatik hisoblash qurilmalarida ishlatilmasa, u holda bosim silfon ichiga o`tadi, chunki bu vaziyatda silfonning siljishi kichik va o`qningto`g`ri chiziqli shakli turgunligining yo`qolishi mustasno bo`ladi.
Silfonli silindrlar chiqish qismining kichik qiymatdagi chiziqli siljishlariga ega bo`lish uchun qo`llaniladi. Silfon turli bosimlarga ega ikkita muhitga ajratuvchi elastik qat-qat burmali silindrik qobiqdan iborat (5 -rasm).
Silfonlar uchun qo`llaniladigan materiallar: polutompak (tompak – jez (misning rux bilan aralashmasi)), fosforli bronza, korroziyaga chidamli po`lat, berilli elementi mavjud bronza, monelmetall va elastomerlar. Silfonlar 5 dan 250 mm gacha tashqi diametrga ega. Ishchi bosim silfon devorlari materialining qatlamlar soni bilan aniqlanadi. Bir qatlamli silonlar 0.2 dan 3 MPa bosimga hisob kitob qilinadi, katta diametrlarga kichik bosimlar mos keladi.

6-rasm. Silfon sxemasi
Ko`p qatlamli silfonlar 15 MPa gacha bosimlarda qo`llaniladi (ishchi muhit -suyuqlik). Metalli silfonning maksimal siljishi uning erkin holatdagi uzunligining 25% idan oshmaydi, chunki 15% siqilishga va 10% cho`zilishga ketadi.Silfonlarga tashqi berilgan bosim ichki bosimdan 25…30 % ga ko`p bo`lishi qoniqarli.
Silfonning effektiv yuzasi uchun odatda silfonning o`rtacha diametri olinadi.Agar kichik siljishlarda silfon bikirligi e`tiborga olinmasa, kuchaytiruvchi kuch quyidagi formula bo`yicha hisoblanishi mumkin:

Bu yerda do`rt– silfonning o`rtacha diametri.
d1, d2 – mos ravishda silfonning tashqi va ichki diametri.



Download 7,31 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Download 7,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pnevmatik silfonli ijro mexanizmlarini hisoblash va tanlash

Download 7,31 Mb.