• Silfonli ijro mexanizmlari
  • Aylanma harakatli ijro mexanizmlari




    Download 7,31 Mb.
    bet43/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Aylanma harakatli ijro mexanizmlari

    4- rasm. Aylanma harakatli ijro mexanizmlari:
    a – krivoship – shatunli; b – parrakli.
    Krivoship – shatun tipidagi aylanma harakat ijro mexanizmlari (4a– rasm) da silindr 2 dagi porshen 1 ning chiziqli ko`chishi shatun 3 krivoshen 4 yordamida chiqish vali 5 ning 90° ga teng aylanish burchagiga aylantriladi. Shtuter 6 gidrotizimlardan havoni yo`qotish (chiqarish) uchun xizmat qiladi. Silindr 1 dagi parrakli ijro mexanizmida (4b – rasm) to`g`ri burchakli parrak 2 va 3 ga mahkam biriktirilgan. Valga ichida zichlovchi plenka 6 o`rnatilgan to`siq 4 biriktirilgan bo`lib plenka prujinani Valga qisib turadi. Shunday qilib. silindrning ichki sohasi 2 kameraga ajratilgan. Parrak 2 ning yon sirtiga uriluvchi P1 – P2 bosimlar farqi aylantiruvchi momentni hosil qiladi. Parrakli gidravlik ijro mexanizmlarining burilish burchagi 300° ga teng.

    5- rasm. Krivoship – shatun tipidagi aylanma harakat ijro mexanizmlari


    Silfonli ijro mexanizmlari
    Silfon - metall, metall bo`lmagan va kompozit materiallardan yasalgan elastik bir qatlamli yoki ko`p qatlamli gofirlangan qobiq, bo`lib ichki yoki tashqi bosim, harorat va mexanik tebranishlar ta`sirida ko`p siklli siqish, cho`zish, bukish, deformatsiyalari va ularning kombinatsiyasi paytida o`z mustahkamligi va mahkamligini saqlab qoladi.
    Silfonli silindrlar chiqish qismining kichik qiymatdagi chiziqli siljishlariga ega bo`lish uchun qo`llaniladi. Silfon turli bosimlarga ega ikkita muhitga ajratuvchi elastik qat -qat burmali silindrik qobiqdan iborat (6 -rasm). Silfonlar uchun qo`llaniladigan materiallar: polutompak (tompak – jez (misning rux bilan aralashmasi)), fosforli bronza, korroziyaga chidamli po`lat, berilli elementi mavjud bronza, monelmetall va elastomerlar. Silfonlar 5 dan 250 mm gacha tashqi diametrga ega. Ishchi bosim silfon devorlari materialining qatlamlar soni bilan aniqlanadi. Bir qatlamli silfonlar 0,2 dan 3 MPa bosimga hisob kitob qilinadi, katta diametrlarga kichik bosimlar mos keladi.

    6-rasm. Silfon sxemasi.

    Ko`p qatlamli silfonlar 15 MPa gacha bosimlarda qo`llaniladi (ishchi muhit - suyuqlik). Metalli silfonning maksimal siljishi uning erkin holatdagi uzunligining 25% idan oshmaydi, chunki 15% siqilishga va 10% cho`zilishga ketadi. Silfonlarga tashqi berilgan bosim ichki bosimdan 25…30 % ga ko`p bo`lishi qoniqarli.


    Silfonli ijro mexanizmlari avtomatik jarayonlarni boshqarish tizimlarida kam ishlatiladi. Ular faqat tajovuzkor muhitda va ba`zi boshqa holatlarda qo`llaniladi.

    7-rasm. Silfonli ijro mexanizmi.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Aylanma harakatli ijro mexanizmlari

    Download 7,31 Mb.