|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 48/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNazorat savollari
Elektrik ijro mexanizmlarining turlari?
Elektrodvigatelli ijro mexanizmlarining turlari?
Doimiy tok dvigatellari haqida ma`lumot bering?
Elektromagnitli ijro mexanizmlari?
Elektromagnitli muftaning ishlash prinsipi?
Mavzu: Rostlash organlari va ularning turlari.
REJA:
Rostlash organlari va ularning turlari
Rostlash organlarining o‘tkazuvchanlik xususiyati
Rostlash organlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, diskret rostlash organlari, zatvor, bosimlar farqi, o‘tkazuvchanlik xususiyati, kuch xarakteristikasi, minimal o‘tkazuvchanlik xususiyati, maksimal xaqiqiy o‘tkazuvchanlik xususiyati o‘tkazuvchanlik xususiyatini o‘zgarish diapazoni.
Rostlash organlari va ularning turlari
Ijro etuvchi qurilmaning rostlash organi, o‘zgaruvchan gidravlik qarshilik hisoblanib, muhitni o‘tish yuzasiga ta’sir etish yo‘li bilan uni sarfini o‘zgartiridi.
O‘tish yuzasini o‘zgarishi xarateriga ko‘ra rostlash organlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
uzluksiz rostlash organlari;
diskret rostlash organlari.
Birinchisi, miksimal va minimal o‘tish yuzasi orasidagi uni hamma qiymatlarini amalga oshirib bera oladi. Ikkinchisi esa o‘tish yuzasini pog‘onali ravishda o‘zgartiradi. Diskret rostlash organlari ikki pozisiyali organlar sifatida keng tarqalganlar, ular o‘tish yo‘lini to‘liq ochadilar yoki to‘liq yopadilar.
Ijro etuvchi qurilmalarning ba’zi bir parametrlari shartli o‘tkazuvchanlik xususiyatlari, shartli bosimi, bosimlar farqi va shartli o‘tish yo‘llari asosan rostlash organini konstruksiyasini va o‘lchamlarini belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan asosiy parametrlaridan tashqari qo‘shimcha parametrlar xam borki ularni rostlash organlarini tanlashda hisobga olish kerak bo‘ladi. Boshqa parametrlarni kerakligi ijro etuvchi qurilmalarning effektiv ishlatilishi uchun qo‘yiladigan talablardan kelib chiqadi. Masalan, zatvorni germetik bo‘lishi, o‘tkazuvchanlik xususiyatini minimal qiymatini amalga oshirish, rostlash diapazoni, dinamik va boshqa xarakteristikalari konkret ishlatish sharoitlaridan kelib chiqadi, va ishlashida juda katta rol o‘ynaydi.
Zatvorni nogermetikligi bu muhitni zatvorli brikma hisobiga o‘tkazib yuborilishi ya’ni o‘tkazish yo‘lining to‘liq yopiq holida zatvor bilan egarni orasi to‘liq yopilmay, ishqalanuvchi yuzalar orasidan muhitni o‘tib ketishidir.
Ko‘zda tutilgan nogermetiklik nuqtai nazaridan rostlash organlari:
Rostlovchi organlarda ularni konstruksiyalaridan kelib chiqib nogermetiklik turlicha bo‘ladi. Masalan ikki egarli rostlash organlarida shartli o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini juda kichik qismini, xissasini tashkil qiladi, zaslonkali rostlash organlarida esa shu nogermetiklik 1-4 % ni tashkil etadi.
To‘suvchi-rostlovchi rostlash organlarida esa muhitni o‘tkazib yuborish mumkin emas. Germetiklikni to‘suvchi-rostlovchi rostlash organlaoida ta’minlash uchun ularni oqimni to‘suvchi yuzalarini ma’lum kuch bilan siqish kerak bo‘ladi, shuning uchun xam siljituvchi kuchni hisoblash shart ekanligi kelib chiqadi.
|
| |