|
Intellektual muhadislik tizimlari
|
bet | 1/22 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 2,61 Mb. | | #264495 |
Bog'liq Neft sanoatida gazlar sarflarini avtomatlashtirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI
FAKULTETI
“INTELLEKTUAL MUHADISLIK TIZIMLARI”
KAFEDRASI
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Neft sanoatida gazlar sarflarini avtomatlashtirish
Bajardi: 70-20 guruh talabasi
Manazarova Nargizaxon
Taqrizchi: __________________
Qabulqildi: Mamatov Olmosbek
Farg‘ona-2024
Mundarija
Kirish 2
1-BOB Neft sanoatida gazlar sarfini nisbatini boshqarish obektlari o'lchov vositalari va rostlash organlari 5
1.1 Neft sanoatida gazlarni sarflar nisbati boshqariladigan obektlar 5
1.2 Gazlar sarfi nisbatini o'lchash vositalari va datchiklari 10
1.3 Gazlar sarfini rostlasda qo'llaniladigan ijro mexanizmlari 19
2.BOB Neft sanoatida gazlar sarfi nisbatini avtomatik rostlash usullari, algoritmlari va kontrollerlar 23
2.1 Gazlar sarfi nisbatini rostlash usullari va algoritmlari 23
2.2 Gazlar sarfini rostlovchi kontrollerlar 28
2.3 MatLab dasturidagi (simulink paketida) model 33
3.BOB Neft sanoatida qo'llaniluvchi pechlarning gazlar sarfini rostlashning usullari 39
3.1 Gazlar sarfini rostlashning tipik usullari 39
3.2 Pechlarda gazlar sarfini rostlashning kombinatlashgan usuli 44
3.3 Hisob kitob 46
Xulosa 49
Foydalanilgan adabiyotlar 50
Kirish
O‘zbekistonda neft-gazni qayta ishlash sanoati yaxshi rivojlanayotgan tarmoqlardan biri bo‘lib, uning xalq xo‘jaiigidagi salmog‘i mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu soliaga tegishli sanoat korxonalari zamonaviy asbobuskunn va qui-ilmalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda eng ilg'or Icxnologiyalar asosida mahalliy xomashyolar qayta ishlanib, tayyor mahsulollar (benzin, aviakerosin, aviabenzin, dizel yonilg‘isi, neft moylari, suyultirilgan gaz, polietilen granulalari, oltingugurt va bosbqalar) olinmoqda. Kespublikamiz kimyogar olimlari va mutaxassislari oldida hali o'z ycchimini kutayotgan ulkan muammolar turibdi. Bu muammolar jumlasiga qovushoqligi katta boMgan neftlarning oquvchanligini ko'paytirisli, suv-ncft emulsiyalarini parchalash uchun saniarali decmulgatoilarni sintcz qilish, neft xomashyosini birlamchi tozalash ueltun yangi usullarni i/.lab topish, xomashyo va neft mahsulotlarini issiqlik ta'siridti qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish, neftni qayta ishlash darajasini oshirish, gidrogenizatsion jarayonlarni jadallashtirish uchun o‘ta faol katalizatorlarni yaratish, gaz kondensati tarkibidan bar x.il erituvchilarni olishni tashkil etish, texnikaning turli sohalari uchun mahalliy xomashyolar asosida moylash materiallari olishni kengaytirish, neft mahsulotlarining sifat ko‘rsatgichlarini yaxshilash maqsadida ularga oz miqdorda qo'shiladigan moddalami sintcz qilish, isUlab chiqarishda xomashyo sifatida ishlatiladigan tabiiy gazni chuqur va kompleks tozalash, chiqindisiz va kam energiya talab qiladigan texnologik jarayonlarni kashf etish, tabiiy gazdan suyuq yonilg'i olish texnologiyasini yaratish, yuqori samarali texnologik qurilmalarni ishlab chiqish, asbob-uskuna va jihozlami korroziya va yemirilishdan saqlashning samarali yoMlarini topish, ishlab chiqarishning siiyuq va gazsimon chiqindilarini yaxshi tozalaydigan zamonaviy uskunalarni taklif etish kabilarni kiritish mumkin. Neft va gazni qayta islilash sanoati korxonalarida uglevodorodli xomashyolami zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlab, xalq xo‘jaligi uchun muhim boMgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish hamda fan va texnika yutuqlaridan amaliyotda doimo foydalanib borish uchun yuqori malakali muhandis kadrlar (bakalavr va magistrlar) kerak, albatta. O'zbekiston neftining sanoat asosida ishlanishi XIX asming oxirlari 1885-yildan boshlangan. Dastlab Farg‘ona vodiysidagi Chimyon qishlog'i atrofidagi ikki quduqdan neft olingan. 1900-yili ushbu tumanda geologiya-qidiruv ishlari faol olib borilib, 1904-yili neft I'avvorasini olishga erishilgan. 1906-yili Farg‘ona viloyatida davriy ishlaydigan ikki kubli uskunadan iborat bo‘lgan neftni haydash korxonnsi qurilgan. Neftning sifati termometr va areometrlar yordamida aniqlangan. Asosiy mahsulot kerosin va mazut hisoblangan. Olingan kerosin aravalar, tuyalarda Andijon, Toshkent, Qo‘qon shaharlaridagi paxta tozalash zavodlari, yog‘ chiqarish korxonalariga va maishiy maqsadlarda foydalanish ucliun jo ‘natilgan. Mazut ternir yo‘l yoqilg‘isi sifatida qo‘llanila boshlangan. Benzin esa dastlab korxonaning tashqarisidagi o‘ralarda yoqilgan. 1915-1916- yillarda O‘rta Osiyoda ichki yonish dvigatellari bilan jihozlangan avtomobillar paydo bo‘la boshlagandan keyingina benzinga ehtiyoj paydo bo'lgan. 1907-yili akauka Nobellar neftni haydash korxonasini sotib olishadi va uni qayta jihozlashadi. Shu yili Chimyondan neftni haydash korxonasiga qadar neft quvuri o‘tkaziladi. 1940-yili ushbu korxonaning laboratoriyasi mavjud bo‘lib, texnologik jarayon esa yuqori darajaga ko‘tarilgan edi. Qashqadaryo viloyatida 1972-yili Muborak va 1980-yili esa Sho‘rtan gazni qayta ishlash korxonalari qurilib, ishga tushirildi. Mamlakatimizda 125 yil oldin neft sanoatiga asos solingan bo‘lsada, faqat 1953-yilga kelib, Qizilqum sahrosida Setalontepa gaz zaxirasining ochilishi natijasida 0 ‘zbekiston neft va gaz sanoatiga asos solindi. 1962-yilga kelib, sobiq Ittifoq hududidagi Ural va Yevropa sanoat korxonalarini tabiiy gaz bilan ta’minlasli maqsadida «BuxoroUral» va « O‘rta Osiyo-Markaz» transkontinental gaz quvurlari yotqizilgan. Sobiq Ittifoq paytida O‘zbekiston o'zini neft mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega boMmagan. Masalan, XX asrning 80- yillarida respublikamizga bar yili chetdan 6 million tonnagacha neft mahsulotlari tashib kelinardi. Lekin ayni o‘sha vaqtda respublikamizdan tashqariga 7-8 milliard kubometr gaz chiqib ketgan. Mustaqilligimizning birinchi yilidanoq Prezidentimiz Islom Karimovning ko‘rsatmalari bilan neft va gaz sanoati respublikadagi yetakchi sanoatlardan biri sifatida qabul qilindi. 1992-yilning dekabrida neft va gazni qayta ishlash va shunga aloqador sohalar isloh qilinib, yagona ishlab chiqarish majmuiga birlashtirildi. Ya’ni xomashyoni qazib olinishdan tortib, tayyor mahsulot holiga keltirilguncha bo‘lgan jarayon bitta zanjirga - « O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga biriktirildi. « O‘zbekneftgaz» taslikiloti o‘z sohasida katta iqtisodiy islohatlar o‘tkazdi. 0 ‘tkazilgan tadbirlar natijasida 1995-yili 7,6 million tonna neft va gaz kondensati qazib olinib, mamlakatimiz amaliy ravishda neft mustaqilligiga erishdi. Mutaxassislar respublikamizning noyob va qudratli yonilg‘i resursi-neft zaxiralarining aniq iqtisodiy hisob-kitoblarini chiqarishdi: - respublika hududining salkam 60 foizi mavjud neft konlarini qazib olisli uchun istiqbolli hududlar sanaladi; - neft resurslari umumiy imkoniyati 4 milliard tonnadan ortiq; - neft resurslari qiymati (gaz resurslari bilan birga) 1 trillion AQSh dollaridan ziyod; - neftning 90-91 foizi jahon bozorida eng arzon uslub - fawora usulida qazib chiqariladi. Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston neft-gaz tarmog‘i ildam rivojlandi. 1997-yilning avgust oyida yiliga 2,5 million tonna uglevodorodli xomashyoni qayta ishlashga moMjallangan va zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlangan Buxoro neftni qayta ishlash korxonasi ishga tushirildi. Ushbu eng yirik korxonani XXI asrning boshlanishida isliga tushirilishi bilan 0 ‘zbekistonda zamonaviy tarmoq - gaz kimyosi sanoati yaratildi. Sho‘rton gaz kimyosi majmuasida yiliga 4 milliard kubometr tabiiy gaz qayta ishlanib, undan 125 ming tonnadan ziyod polietilen granulalari hamda suyultirilgan gaz. gaz kondensati, donador oltingugurt kabi mahsulotlar olinnioqda. Mamlakatimizda gaz kimyosi tarmog‘ining yaratilishi, birinchidan, tabiiy gazni chuqurroq qayta ishlashga turtki bergan bo‘lsa, ikkinchidan, tutash tarmoqlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lmoqda. Masalan, yuqori, o‘rta va past bosim bilan ishiab chiqarilgan polietilen asosida ko‘plab turli buyumlar (plyonkalar, katta o‘lchamli buyumlarning quymalari, turli diametrga ega bo‘lgan polietilen quvurlari, quvurlarni birlashtiruvchi detallar) ni ishiab chiqarish imkoniyati yaratildi.
1-BOB Neft sanoatida gazlar sarfini nisbatini boshqarish obektlari o'lchov vositalari va rostlash organlari
|
| |