|
Elektromagnitli ijro mexanizmlarni hisoblash va tanlash
|
bet | 47/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifElektromagnitli ijro mexanizmlarni hisoblash va tanlash
Elektromagnitli ijro mexanizmlari EMIM ni hisoblash masalasiga konstruktiv o`lchamlarni va qurilma ishiningberilgan shartga mos elektromagnitlar cho`lgamlari ma`lumotlarini topish kiradi.
Odatda quyidagilar boshlangich shartlar hisoblanadi:
-hisob kitob yoki eksperimental yo`l bilan olingan aks ta`sir (mexanik) tavsifi;
-cho`lg`amga kelayotgan kirish signalining toki va kuchlanishi;
-vaqt parametrlari;
-o`lchamlari, ogirligi va narxi
Bundan tashqari, ekspluatatsiya qilishning asosiy shartlarini hisobga olish kerak: atrof muhit harorati, namligi, changligi, vibratsiyaning mavjudligi.
EMIM ning asosiy ko`rsatkichlariga quyidagilar ta`aluqli:
-shartli foydali ish
A = F*L,
bu yerda F – yakorning ma`lum holatidagi tortish kuchi; L – yakor harakatyo`li o`lchami;
-Кe= m/A koeffisiyent bilan tavsiflanuvchi elektromagnitning vazn tejamlilik ko`rsatkichi
bu yerda m – elektromagnit massasi;
A- konstruktiv omil
,
bu yerda Fb– boshlangich tortish kuchi.
Magnit tizimining asillik ko`rsatkichi umumlashgan ko`rsatkich bo`libhisoblanadi
Кa = A/(m*P* ),
buyerdaP – iste`mol qilinayotgan quvvat; – atrof muhit harorati ta`sirida cho`lg`am haroratining ortishi.
Boshqa bir xil sharoitlarda, ya`ni magnit maydonva geometrik o`lchamlarning birxil qiymatlarida doimiy tok elektromagnitining tortish kuchi o`zgaruvchan tok elektromagnitiga nisbatan ikki marta ko`p.
Konstruktiv omilni tanlashda elektromagnit o`zak uzunligi yakor yo`li kattaligining oshishiga proporsional ortishini, uning ko`ndalang kesimi esa talab qilingan elektromagnit tortishish kuchining kvadrat ildiziga proporsional ekanini nazarda tutish kerak. Loyihalash tajribasi asosida Koning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi: to`g`ri yo`lli elektromagnit uchun – 400; klapanli uchun – 2900.
Cho`lg`amlar qizishini hisoblashqizishning o`rtacha ruhsat etilgan harorati deb hisoblab o`tkaziladi. Qizish haroratini cho`lg`am qarshiligi orttirmasi bo`yicha aniqlaymiz
buyerda -qizigancho`lg`amqarshiligi;
R0 -cho`lg`amning 20 0С dagi qarshiligi;
- atrof muhit harorati; - cho`lg`am simi qarshiligining harorat koeffisiyenti.
Qizish haroratining ortishi hizmat qilish muddatini qisqarishiga va cho`lg`am izolyatsiyasining emirilishiga olib keladi.
EMIM ning ishchi sikli uch davrdan iborat: yeyilish, ulanish holati va dastlabki vaziyatiga qaytish. Elektromagnit ulangandanso`ng cho`lg`amdagi tokning tegizish tokiqiymatigacha oshishi qachonki elektromagnit kuch tashqi qarshilikni yenganda sodir bo`ladi va yakor harakatga keladi. Elektromagnit yakoriga elektromagnit tortishishkuchidan tashqari statik qarshilikning aks ta`sir kuchi, yopishqoq ishqalanish kuchi va inersiya kuchi ta`sir qiladi.Yakorning harakat vaqtini baholash yakorning barchaharakat yo`li davomida va yopishqoq ishqalanish yo`qligida dinamik kuchning o`zgarmasligini taxmin qilgan holda olib boriladi.
Bayon qilingan o`ziga tortish vaqtini hisobga olgan holda quyidagichaaniqlash mumkin
bu yerda Fc – statik qarshilikning aks ta`sir kuchi; uzilish vaqti esa
ga teng.
|
| |