|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 56/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Bir egarli rostlash organlari haqida ma’lumot bering?
Bir egarli rostlash organining qanday turlari mavjud?
Burchakli bir egarli rostlash organlari qayerlarda ishlatiladi?
Zatvor turlari haqida ma’lumot bering?
Ikki egarli rostlash organlari haqida ma’lumot bering?
Ikki egarli rostlash organini bir egarli rostlash organidan farqini tushuntiring?
Zatvorlar farqini tushuntiring?
Mavzu: Zaslonkali va uch oqimli rostlash organlari.
REJA:
Zaslonka ko‘rinishidagi rostlash organi
Uch oqimli rostlovchi organlar
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, zaslonkali rostlash organi, Uch oqimli rostlovchi organ, zatvor, zatvor-disk, truboprovod, o‘tish yuzasi, ikki pozisiyali rostlash, Unifikasiyalashgan ijro etuvchi qurilmalar
Zaslonka ko‘rinishidagi rostlash organi
Turli rostlash organlari ichida zasloka ko‘rinishidagi rostlan organlari ma’lum o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani uchun juda ko‘p ishlatiladilar. Zaslonka ko‘rinishidagi rostlash organlarida zatvor-disk o‘zini aylanish o‘qini kesib o‘tganda judayam bo‘shangan holda bo‘ladi, yani ikala yarim tomonlarida ham hosil bo‘layotgan muhit bosimlari o‘zaro bir birlarini muvozanatlaydi. Shuning uchun ham diskni aylantirish uchun uncha katta bo‘lmagan quvvatli ijro mexanizmi kerak bo‘ladi.
1 – rasm. Zaslonkali rostlash organlari.
Zaslonka tipidagi organni sodda konstruksiyaligi, uni tayyorlash, gabarit o‘lchamlarini kichikligi, og‘irmasligi bularni hammasi ushbu rostilash organini boshqa rostlash organlaridan afzalligini ko‘rsatadi. Bir xil o‘tish yo‘liga ega bo‘lgan rostlash organlari ichida zaslonkali rostlash organi nisbatan katta o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo‘ladi, masalan ikki egarli rostlash organiga nisbatan taxminan 50 % ga kattadir. Zaslonka tipidagi rostlash organini konstruktiv xarakteristikasi to‘g‘ri burchakli va dumaloq truboprovodlar uchun quyidagi tenglama bilan topiladi.
bu yerda Fzs zatvor bilan egar orasidagi o‘tish yo‘lining yuzasi, sm2; - zatvo-diskni buralish burchagi, mutloq yopiq holatga nisbatan; FS – egarni o‘tish yuzasi, taxminin truboprovodni shartli o‘tish yuzasiga teng, sm2. Bu rostlash organlarining konstruktiv va o‘tkazuvchanlik xarakteristikali egri chiziqdan iborat bo‘ladi (konstruktiv FZS/FS ) = f(); o‘tkazuvchanlik (KV / KVY)=f()).
Buraluvchi zaslonkalar asosan dumaloq va to‘g‘ri burchakli o‘tkazish yuzali truboprovodlarda ishlatiladi. Konstruksiyasi bo‘yicha zaslonkalar bitta yoki bir nechta zatvorli bo‘ladilar, ularni bitta lopastli yoki birnecha lopastli zaslonkalar deyiladi. Oxirgisini jalyuzali zaslonkalar ham deyiladi.
Zaslonkali rostlash organlarigi to‘siqsiz va to‘siqli qilib tayyorlanadi.
To‘siqsiz o‘tish yuzasi yopiq rostlash organlarida zatvor-disk vertikal holda bo‘ladi, to‘siqlisida esa vertikal chiziqqa nisbatan 10-15 0 ga og‘ib turadi. To‘siqsiz organlarda diskni chekkalari dumaloq formaga ega bo‘ladi. Diskni diamayetri korpusni diametridan sag‘alga kichik bo‘ladi, va o‘tish yo‘lini batamom yopa olmaydi. To‘siqli organlarda esa disk ellips formasiga ega bo‘lib, u o‘tish yo‘lini juda kichik teshiklar qoldirib yopadi.
To‘siqsiz organlar rostlash uchun, to‘siqli organlar esa to‘sib-rostlash uchun ishlatladilar.
|
| |