|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 58/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Zaslonka ko‘rinishidagi rostlash organi haqida ma’lumot bering?
Zaslonkali rostlash organlarining qanday turlari mavjud
Buraluvchi zaslonkalar qayerlarda ishlatiladi?
Lopast deganda nimani tushunasiz?
Uch oqimli rostlovchi organlarini tushuntiring?
Uch oqimli rostlovchi organlarini qanday turlarini bilasiz?
Mavzu: Shlangli, diafragmali va kran ko‘rinishidagi rostlash organlari
REJA:
Shlangli rostlash organlari
Diafragmali rostlash organlari
Kran ko‘rinishidagi rostlash organlari
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, Shlangli rostlash organi, Diafragmali rostlash organi, Kran ko‘rinishidagi rostlash organi, zatvor, egar, zatvor-probka, bosimlar farqi, o‘tkazuvchanlik xususiyati.
Shlangli rostlash organlari
Oxirgi yillarda elastik shlang ko‘rinishidagi rostlash organlari ko‘p ishlatiladigan bo‘ldi. Ular asosan kichik diametrlar uchun katta bo‘lmagan bosimlarda laboratoriya sharoitida qo‘llaniladi.
Shlangli rostlash organlarida, korpus bu trubaning bir bo‘lagi bo‘lib, oxirgi tomonlari flyaneslar orqali maxkamlanadi.. Shlangali korpus sifatli tkanli armirovkali rezinkadan tayyorlanadi, chunki u yuqori mahkamlikka ega bo‘lishi kerak. Zatvor bu ikkita val bo‘lib, ular orasida shlang joylashgan bo‘ladi, vallar uz-aro vertikal o‘q bo‘yicha yaqinlashib yoki uzoqlashib shlang orasidagi sarfni miqdorini o‘zgartiradi. Shlangli rostlash organlarini zatvorlari richagli va zanjirli bo‘ladi. Yuqoridagi valni pastga surilganda pastki val tepaga ko‘tariladi, yuqoriga surilganda pastki val pastga suriladi. Sepli zatvorlarni konstruktiv jixatdan gobarit o‘lchamlari kata bo‘lmaydi, shuning uchun rositlash organlarida ko‘proq qo‘llanadi.
1 – rasm. Shlangli rostlash organlari.
Shlangli rostlash organlari ko‘proq pulpa ko‘rinishidagi va kattiq zarrachalari bor muhitlar uchun qo‘llaniladi.
Shlangli rostlash organlarining yaxshi tomonlari ishqalanuvchi yuzalarda kattiq zarrachalarning o‘tirib qolmasligidir. O‘lik zonalarning yo‘qligi, rostlash organidan oqayotgan oqimnmng to‘g‘ri chiziq bo‘yicha yo‘nalishi kattiq kichik zarrachalarning o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
O‘tkazuvchanlik xarakteristikasi, ya’ni shlangli rostlash organidagi sarf bilan uni shtoki orasidagi bog‘lanish chiziqli bo‘lmaydi.
Ko‘pincha rezinkali korpuslar silindr va oval ko‘rinishida ishlanadi.
Shlangli rostlash organlarida muhitni bosimi o‘tish yo‘lini ko‘payishiga olib keladi.
Shlangli rostlash organlarining o‘tkazuvchanlik xususiyati uni minimal xususiyatidan boshqa rostlash organlarinikiga nisbatan 8 marotabaga kamroqdir, yani KVY/ KVM.
Shlangli rostlash organlarida o‘tish yo‘lini katta bo‘lmagan miqdorda o‘zgartirilsa xam o‘z-o‘zidan o‘tish yo‘lini kamayishi va ortishi kuzatiladi.
2 – rasm. Shlangli rostlash organlari.
Ko‘pchilik shlangli rostlash organlarida germetik zichlik amalga oshirish o‘ng‘ay kechadi.
|
| |