|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 59/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifDiafragmali rostlash organlari
Diafragmali rostlash organlari bu shunday rostlash organiki unda elastik materialdan qilingan diafragmani markazi surilishi oqibatida o‘tish yo‘li bekitiladi.
Bir vaqtning o‘zida diafragma bo‘luvchi to‘siq vazifasini ham o‘taydi. Rostlash organining korpusida ko‘ndalang to‘siq va egar bo‘ladi.
3 – rasm. Diafragmali rostlash organlari.
Diafragmani markaziy qismini nisbatan egarga nisbatan surilishi asosida Utish yo‘lini yuzasi o‘zgaradi.
Diafragmali rostlash organlari ko‘pincha kislota va ishqorlarning oqimlarini boshqarish maqsadida ishlatiladi.
Diafragma kislotaga chidamli elastik materiallardan tayyorlanadilar masalan, ftoroplast yoki kislotaga chidamlm emallar bilan qoplanadi.
Diafragmali rostlash organlarining o‘tkazuvchanlik xarakteristikalari shlangli rostlash organlarinikiga o‘xshaydi.
4 – rasm. Diafragmali rostlash organlari.
Kran ko‘rinishidagi rostlash organlari
Kran ko‘rinishidagi rostlash organlari bu shunday rostlash organlariki undagi zatvor konus sifatidagi o‘z o‘qi atrofida ayladigan ishqalanuvchi yuzasi egar-gnezdosini ishqalanish yuzasida sirpanadi. Bunday rostlash organlari uzluksiz rostlash uchun juda kam ishlatiladi. Bu turdagi rostlash organlarida zatvorni va egarni ishqalanuvchi yuzalar doimo kontaktda bo‘ladi.. Kranlarda bosimlar farqi qancha katta bo‘lsa, zatvorni egarga bosib siqib turuvchi kuchni qiymati ham shuncha katta bo‘ladi. Kranli rostlash organlaridagi zatvor-probkani burash uchun ijro mexanizmi katta quvvali bo‘lishi shart. Ikki pozisiyali rostlash vaqtida kranli rostlash organlarining yutuqlari juda kattadir:
- katta bo‘lmagan og‘irligi va gabarit o‘lchovlari, ular konstruktiv tomonidan ancha sodda va uncha qimmat emas;
-to‘liq ochiq vaqtida ularni gidravlik qarshiliklari nisbatan kichik.
Klapanlar ko‘proq potokni to‘sib qo‘yuvchi armaturalar ko‘rinishida ishlatiladi.
5 – rasm. Kran ko‘rinishidagi rostlash organlari.
Ishqalanadigan yuzalarni yog‘lash usuli bo‘yicha kranlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- yog‘lovchi yog‘ni berilmaydigan turi;
- yog‘ni doimiy berib turiladigan turi.
Zatvor-probkani yo‘nalishi bo‘yicha kranlar:
- probkasi ko‘tprilmaydigan;
- pobkasi ko‘tariladigan.
Kranlarda germetiklikni saqlab qolish uchun ularni probualarini gnezdo-egarga katta kuch bilan siqib bosib turish kerak bo‘ladi.
|
| |