• NAZORAT SAVOLLARI
  • MAVZI: MUTANOSIB VA INTEGRAL ROSTLAGICHLAR REJA: Mutanosib rostlagichlar Integral (astatik) rostlagichlar
  • Mutanosib rostlagichlar
  • PR2.5 mutanosib rostlagichning prinspial sxemasi.
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet67/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    PR1.5 pozision rostlagichi. PR1.5 rostlagichi rostlanayotgan yoki o‘lchanayotgan parametrning qiymati berilgan kattalikdan farq qilganda 0 va 1 qiymatga ega bo‘lgan diskret pnevmatik signallarni hosil qilish hamda ikki pozisiyali rostlash uchun ishlatiladi. Rostlagich (2-rasm) uch membranali taqqoslash elementi 2, quvvat kuchaytirgichi 3, almashlab ulagich 4 va qo‘l bilan topshiriq bergich 1 dan tuzilgan.
    O‘lchash blokidan kelgan kirish signali taqqoslash elementining B kamerasiga, topshiriq bergichdan kelgan bosim V kameraga beriladi. Agar kirish signali berilgan bosim qiymatidan katta bo‘lsa, u holda soplo S2 yopiq bo‘lib, taqqoslash elementining chiqishidagi signal 0 ga teng bo‘ladi. Kirish signali berilgandan kichik bo‘lsa, soplo S2 ochiladi va chiqishda birga teng bo‘lgan signal quvvat kuchaytirgichining G kamerasiga boradi. Quvvat kuchaytirgichi bu signalni kuchaytirib, ijro etuvchi mexanizmga beradi.
    PR1.5 rostlagichi PV10.1E, PV10.1P; PV10.2E, PV10.2P; PV3.2 kabi ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.
    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Elektr rostlagichlar haqida ma’lumot bering?

    2. Nima sababdan avtomatlashtirishda elektr rostlagichlar keng ishlatiladi?

    3. Pozision elektr rostlagichlar haqida ma’lumot bering?

    4. Ikki pozisiyali rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    5. Uch pozision rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    MAVZI: MUTANOSIB VA INTEGRAL ROSTLAGICHLAR
    REJA:

      1. Mutanosib rostlagichlar

      2. Integral (astatik) rostlagichlar



    Tayanch iboralar: Mutanosib rostlagichlar, Integral (astatik) rostlagichlar, ikkilamchi asbob, pnevmatik signal, taqqoslash elementi, drosselli summator, quvvat kuchaytirgichi, qo‘l bilan topshiriq bergich.
    Mutanosib rostlagichlar
    Mutanosib rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan qiymat orasidagi farqqa nisbatan mutanosib siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi va rostlovchi organning siljishi bir qonun bo‘yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir qiymatiga, rostlovchi organnnng ma’lum bir holati mos keladi.
    PR2.5 mutanosib rostlagichi. PR2.5 rostlagichi rostla­nuvchi parametrni berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda ijro etuvchi mexanizmga ta’sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mo‘ljallangan. Asbob ikkilamchi asbobning qo‘l bilan topshiriq bergichi yoki standart pnevmatik signalli boshqa qurilmadan masofadan turib topshiriq oluvchi rostlagichdan iborat (1-rasm).

    1-rasm PR2.5 mutanosib rostlagichning prinspial sxemasi.
    Rostlagich ikkita taqqoslash elementlari I va III drosselli summator II, quvvat kuchaytirgichi IV, o‘chiruvchi rele V, qo‘l bilan topshiriq bergich VI lardan iborat. Topshiriq bergich va o‘lchovdan kelgan signallar Р1 va Р2 taqqoslash elementi I ning membranalariga ta’sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B) va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan muvozanatlashadi. Taqqoslash elementi I ning chiqish bosimi o‘tkazuvchanligi bo‘lgan droselli summator II ning rostlanuvchi drosseli orqali taqqoslash elementi III ning A kamerasiga boradi, xuddi shu kameraga o‘tkazuvchanligi bo‘lgan drosseli summator II ning o‘zgarmas drosseli orqali chiqish bosimi ham keladi. Taqqoslash elementi III ning chiqish bosimi quvvat kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi hamda ikkinchi taqqoslash elementi bilan manfiy teskari aloqada bo‘ladi. Tizimda hosil bo‘ladigan avtotebranishlarni yo‘qotish maqsadida taqqoslash elementi III ga ikkita teskari aloqa kiritilgan: V kameraga manfiy va B kameraga musbat. Tizim muvozanati buzilgan hollarda ro‘y beradigan avtogebranishlar musbat teskari aloqa yo‘liga o‘rnatilgan o‘zgarmas drossel bilan to‘xtatiladi.
    Qo‘l bilan boshqarishga o‘tish maqsadida rostlagichni uzish uchun o‘chiruvchi rele V dan foydalaniladi. PR2.5 rostlagichi PV10.1E, PV10.1 P, PV10.2E; PV.2P, PVZ.Z rusumidagi ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.