• Mavzu: Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari
  • Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet70/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    NAZORAT SAVOLLARI

    1. Mutanosib-integral (izodrom) rostlagich qanday rostlagich?

    2. Mutanosib–differensial rostlagich qanday rostlagich?

    3. Bu ikki rostlagichning farqini tushuntiring?

    4. Mutanosib-integral rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    5. Mutanosib–differensial rostlagichning ishlash prinsipini tushuntiring?

    Mavzu: Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari va tarmoqlari.



    1. Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari

    2. Sanoat tarmoqlari



    Tayanch iboralar: Telekommunikatsiya, tarmoq, uzatish kanali, aloqa kanallari, uzatish tezligi, kanal, uzluksiz signal, diskret signal, sanoat tarmog`i, dasturiy ta’minot, apparat kompleksi, interfeys, tarmoq interfeysi.


    Avtomatlashtirishning texnik vositalarida aloqa kanallari

    Uzatish kanali yoki telekommunikatsiya kanali telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari texnikasining asosiy tushunchalari hisoblanadi.


    Telekommunikatsiya tarmoqlarining oxirgi yoki oraliq punktlari o‘rtasida telekommunikatsiya signallarini ma’lum chastotalar polosasida yoki ma’lum uzatish tezligi bilan uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar va ularning tarqalish muhiti majmuasini uzatish kanali deyiladi.
    Uzatish kanali (bundan keyin qisqacha «kanallar» deb olinadi) quyidagilarga tasniflanadi:
    Telekommunikatsiya signallarini uzatish usullariga ko‘ra, analog va raqamli kanal turlari mavjud. Analog kanallar o‘z navbatida signalning ta`dim etiluvchi (axborot) parametrining o‘zgarishiga qarab, uzluksiz va diskret turlarga bo‘linadi («Elektr aloqaning birlamchi signallari»ga). Raqamli kanallar impuls-kodli modulyatsiya (IKM) dan foydalaniladigan kanallarga, differensial IKM dan foydalaniladigan kanallarga va delta-modulyatsiyaga asoslangan kanallarga bo‘linadi; kanallarning bir tarmogida signallarni uzatishning analog usullaridan, boshqa tarmogida esa raqamli usullaridan foydalaniladigan kanallarni aralash uzatish kanallari deyiladi;
    Telekommunikatsiya signallari uzatiladigan o‘tkazish polosasining kengligiga va kanallar parametrlarining belgilangan meyorlarga mosligiga qarab, tovush chastotali analog namunaviy kanallarga, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va turtlamchi keng polosali analog namunaviy kanallarga; tovushli eshittirish signallarini, televideniyening tasvir va tovushni uzatib boruvchi signallarini uzatishning analog namunaviy kanallariga bo‘linadi;
    Uzatish tezligiga va kanallar parametrlarining belgilangan meyorlarga mosligiga qarab, asosiy raqamli kanalga; birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, turtlamchi va beshlamchi raqamli kanallarga bo‘linadi;
    Telekommunikatsiya signallari tarqalayotgan muhitni tarqalish turiga ko‘ra, kabelli va ba’zi hollarda, havo aloqa liniyalari orqali tashkil qilingan simli kanallarga va radio, radioreleyli va yo‘ldosh aloqa liniyalari orqali tashkil qilingan radioaloqa kanallariga bo‘linadi.
    Elektr aloqaning birlamchi signallarini ma’lumotni birlamchi signalga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgich yoki birlamchi signalni ma’lumotga o‘zgartiruvchi o‘zgartirgichdan uzatishni ta’minlovchi texnik vositalar va ularning tarqalish muhit majmuasini telekommunikatsiya kanali deyiladi.
    Yuqorida aytilgan tasniflardan tashqari, telekommunikatsiya kanallari quyidagilarga bo‘linadi: uzatilayotgan birlamchi signallar (ma’lumotlar)ning turiga kura: telefon kanallari, tovushli eshittirish kanallari, televizion kanallar, telegraf kanallari va ma’lumotlarni uzatish kanallariga bo‘linadi;
    Ikki tomonlama bog`lanishning tashkil qilinishiga ko‘ra:
    ikki simli bir polosali kanal, ikki simli ikki polosali kanal va turt simli bir polosali kanalga bo‘linadi;
    telekommunikatsiya kanallari hududiy belgilariga kura:
    xalqaro, shaharlararo, magistral, regional va mahalliy kanallarga bo‘linadi.
    Yuqorida ko‘rib chiqilgan uzatish va telekommunikatsiya kanallarining tasnifi ularning amalda shakllangan tashkil qilinishiga hamda ularning asosiy parametrlari va tavsiflariga (bular birlamchi signallarning tegishli parametrlari va tavsiflariga mos, deb qabul qilingan) kuyilgan talablarning ishlab chiqilishiga mos keladi.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.