|
Topologiya
Shina, yog‘och, yulduz, halqa
|
bet | 72/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifTopologiya
|
Shina, yog‘och, yulduz, halqa
|
Yetaklanuvchi qurilmalar soni
|
62 tagacha
|
Ulanadigan datchiklar va ijrochi mexanizmlar soni
|
Bitta yetaklanuvchi qurilmaga 4 tagacha datchik va 3 ta ijrochi mexanizm.
Bitta yetaklovchi qurilmaga 248 tagacha datchik va 168 ta ijrochi mexanizm
|
Aloqa liniyasining maksimal uzunligi
|
Takrorlagichlar kengaytirgichlarsiz 100 m gacha
Takrorlagichlar kengaytirgichlar bilan 300 m gacha
|
Elektr ta’minot
|
AS-interfeys shinasi orqali: 2,8 A (nom).
29,5-31,6 V bo‘lganda 8 A (maks).
|
Ma’lumotlarni yangilash sikli vaqti
|
31 ta yetaklanuvchi qurilma bo‘lganda-5 ms dan ortmaydi
62 ta yetaklanuvchi qurilma bo‘lganda 10 ms dan ortmaydi.
|
Tizimda maxsus modellar mavjud bo‘lganda AS-interfeys odatdagi keng tarkalgan datchiklarni va ijro mexanizmlarini ulashga imkon beradi. Undan tashkari hozirgi paytda elektron kismiga AS-interfeysning yetaklanuvchi qurilmasi integral mikrosxemasi o‘rnatilgan datchiklar va ijrochi mexanizmlar nomenklaturasi juda kengaymokda.
Tizimni boshqarishda kulaylikka turli xil yetakchi qurilmalarni ko‘llanish hisobiga erishmokda.
Yetakchi qurilmalarning vazifalarini dasturlanuvchi mantikiy kontrollerlar, sanoat kompyuterlari yoki ancha yuqori sathli tarmoqqa ega aloqa modullari-Modbus, Interbus, CANopen, DeviceNet, Profibus va boshqalar bajarishi mumkin.
PROFIBUS tarmog`i.
Sanoat aloqasi sohasidagi masalalar ko‘pincha turli xil yechimlarni talab etadi. Bir holda o‘rtacha tezlikka ega murakkab, uzun xabarlar bilan almashish zarur. Boshqa bir holda, almashuvning soddalashtirilgan protokolidan foydalangan holda, masalan, datchiklar yoki ijrochi mexanzmlardan foydalangan holda kiska xabarlar bilan tez almashish talab kilinadi.
Uchinchi holda ishlab chiqarishning portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan sharoitlarda ishlash zarur. PROFIBUS bu hollarning istagani uchun samarali yechimga ega.
PROFIBUS-korxonaning kommunikatsion muammolarni kompleks hal qilishni ta’minlovchi sanoat tarmoqlari oilasidir. Bu umumiy nom ostida uchta turli xil, ammo moslashuvchan protokollar to‘plami: PROFIBUS-FMS, PROFIBUS-DP va PROFIBUS-PA yig‘indisi tushuniladi.
PROFIBUS-FMS protokoli birinchi bo‘lib paydo bo‘ldi va sex sathi deb nomlanuvchi sathda ishlash uchun mo‘ljallangan edi. Uning asosiy vazifasi-ma’lumotlarning katta hajmini uzatish.
PROFIBUS-DP prtokoli dasturlanuvchi mantikiy kontroller va obyekt bilan taqsimlangan aloqa qurilmalarining orasidagi ma’lumotlarning yuqori tezlikdagi almashinuvi uchun ko‘llaniladi. Uzatishning fizik muhiti-RS-485 standartining ekranlangan (to‘sikli) o‘ram juftligidir. Almashuv tezligi tarmoq uzunligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lik va 1200 m masofada 100 k bit/s dan 100 m gacha bo‘lgan masofada 12 M bit/s gacha o‘zgaradi. Tarmoqdagi uzellarning o‘zaro ta’siri «Master-Slave» (yetaklovchi-yetaklanuvchi) modeli bilan aniklanadi. Master ulangan uzellarni ketma-ket so‘raydi va unga ko‘yilgan texnologik dasturga muvofik boshqaruvchi buyruqlar chiqaradi. Ma’lumotlarni almashtirish protokoli almashuv tezligiga va tarmoq uzellari soniga bog‘lik holda so‘rov siklining ma’lum vaqtini ta’minlaydi, bu esa PROFIBUS ni real vaqt tizimlarida ko‘llanishga imkon beradi.
PROFIBUS-PA- bu tarmoq interfeysi bo‘lib, uning ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti IEC 61158-2 standartiga mos keladi, bevosita portlash xavfi bo‘lgan zonada joylashgan ijrochi qurilmalar, datchiklar va kontrollerlarni birlashtiruvchi tarmoqni kurish uchun ko‘llanilishi mumkin.
|
| |