|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 80/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNazorat savollari:
HART-protokol va uning ishlash prinsipi?
HART va intellektual qurilmalar haqida tushuncha bering?
HART protokolining dasturiy ta’minoti?
CAN (Controller Area Network) tarmog`i va protokoli haqida ma`lumot bering?
CAN-protokoli orqali ma`lumotlarni uzatish qanday amalga oshiriladi?
Mavzu: Avtomatikaning raqamli qurilmalari
REJA:
Avtomatikaning raqamli qurilmalari.
Xotira elementlari – triggerlar.
Triggerlarning sinflanishi.
Registrlar.
Tayanch iboralar: raqamli qurilma, mantiqiy element, xotira elementi, kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi element, yordamchi element, impulsli element, dinamik element, trigger, shifrator, deshifrator.
Avtomatikaning raqamli qurilmalari
Yarimо‘tkazgichli elektronika rivojlanishining zamonaviy bosqichi bir kristall EHM, RISC protsessor, mikroprotsessorli tizimlar, xotira qurilmalari, integral sxemalarning katta tо‘plamda ishlab chiqarilishi va keng nomenklaturasi yaratilishi bilan xarakterlanadi. Mantiqiy matritsalar bilan dasturlanadigan matritsali kristallar bazasidagi katta integral sxemalar (KIS) ning buyurtmali bozori sezilarli darajada rivojlanmoqda.
Avtomatika va avtomatlashtirishda raqamli qurilmalarning ahamiyati juda katta.
Raqamli qurilma – raqamli ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilma hisoblanadi. EHM, kompyuterlar va boshqa avtomatlashtirish qurilmalarining asosiy qurilmalari raqamli qurilmalar hisoblanadi.
Raqamli qurilma elementlari - qurilmani mantiqiy loyihalash va texnik ishlatishda bo‘linadigan kichik vazifaviy qismlaridir. Ushbu kichik vazifaviy qismlar oddiy mantiqiy yoki yordamchi vazifani bajaradi.
Integral sxemalar, turli xil tranzistorlar va diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va induktorlar raqamli qurilma elementlarining komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli qurilma elementlari qo‘llanilish tartibiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: mantiqiy, eslab qoluvchi, kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi, yordamchi, maxsus qurilmalar.
Mantiqiy elementlar - raqamli qurilmalarning konkret strukturasi bilan aniqlanadigan mantiqiy vazifalarni amalga oshiradi.
Xotira elementlari - ma’lumot va dasturlarni raqamli kodlar ko‘rinishida saqlaydigan qurilmalarda ishlatiladi.
Kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi elementlar – raqamli qurilmalarning turli zanjirlaridagi nostandart signallarni mantiqiy elementlar qayta ishlash mumkin bo‘lgan signallar darajasiga o‘zgartirib beradi.
Yordamchi elementlar – biron bir aniq vazifani bajarmasdan balki yordamchi, qo‘shimcha vazifalarni bajarishda qo‘llaniladi (masalan raqamli qurilma ishlash qobiliyatini nazorat qilishda).
Raqamli qurilmalar ikkilik o‘zgaruvchilarni kodlash usuliga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: impulsli, dinamik potensialli, impulsli-potensialli, va fazali.
Impulsli elementlarda - «1» tok yoki kuchlanishning elektr impulsi mavjudligini, «0» tegishli signalni mavjud emasligini (yo‘qligini) ko‘rsatadi.
Dinamik elementlarda - «1» impulslar qutisi yoki ma’lum vaqt oralig‘idan keyin oralig‘idan keyin yangilanadigan potensialni, «0» - esa impulsning yo‘qligini (yoki teskarisi) ko‘rsatadi.
Potensial elementlarda kiruvchi va chiquvchi ikkilik o‘zgaruvchilar turli kattalikdagi elektr potensiali ko‘rinishida kodlanadi.
Impulsli-potensialli elementlarda signala kirishda potensial darajada ham, elektr impulsi sifatida ham uzatilishi mumkin, chiqish signali esa qoidaga ko‘ra impulsli xarakterga ega bo‘ladi.
Impulsli signal – takt davomiyligidan kichik bo‘lgan davomiylikdagi signaldir.
Fazali elementlarda signallar sinusoidal kuchlanish ko‘rinishida qabul qilinadi, «1» va «0» ikkilik o‘zgaruvchilari tayanch kuchlanishlariga nisbatan sinusoidal kuchlanishlar fazasi bilan kodlanadi.
Mantiqiy vazifani amalga oshirish ko‘rinishiga qarab mantiqiy elementlar shartli ravishda VA, YOKI, YO‘Q, VA-YO‘Q, YOKI-YO‘Q vazifalarini bajaradigan bir pog‘onali mantiqiy elementga hamda VA-YOKI, YOKI-VA, VA-YOKI-YO‘Q, YOKI-VA-YO‘Q, VA-YOKI-VA, va h.k. vazifalarini bajaradigan mantiqiy elementlarga ajratiladi.
Mantiqiy elementlarning ish qobiliyati parametrlarning sonli qiymatiga qo‘yilgan texnik shartlarni bir vaqtda bajarilishi davomida axborot signallarini to‘g‘ri uzatish bilan belgilanadi.
Murakkab mantiqiy qurilmalarga quyidagilar kiradi: shifrator va deshifrator, kodlarni o‘zgartiruvchi qurilma, sanoqli qurilma, impuls chastotasini bo‘luvchi va impulslarni taqsimlovchi qurilma, triggerlar, registrlar, qo‘shuvchi qurilmalar, xotira qurilmalari.
|
| |