|
Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda texnik-dasturiy ta`minotlarni qo`llanishi
|
bet | 88/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifIshlab chiqarish jarayonini boshqarishda texnik-dasturiy ta`minotlarni qo`llanishi
Sanoat avtomatlashtirishi kompyuter tizimlarining texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari (TJABT) rivojlanishini uchta yirik bosqichga ajratish mumkin.
TJABT ni yaratishning birinchi bosqichi birinchi avlod EHM laridan foydalanish bilan bog`liq, masalan, «Ural», «UM-1», «Minsk» kabi EHM lar.
Ikkinchi bosqichda IBM, EC EHM, mini kompyuterlar (CM EHM va b.) turidagi meynfreymlar qo`llanilgan edi. Bu bosqichlarda boshqarish tizimlari markazlashgan tuzilishga ega bo`lib, ko`pincha real vaqt rejimida etarlicha tezkorlik va ishlashni ta`minlay olmasdi. O`sha vaqtdagi kompyuterlar element bazasi va dasturiy ta`minoti mukammal bo`lmagani sababli ishonchliligi pats edi, shu sababli ko`pincha ishdan chiqar edi.
Mikroelektronikadagi muvaffaqiyatlar, mikroprosessorlarning paydo bo`lishi 80- yillarning boshlarida boshqarish tizimining tuzilish texnikasida inqilobiy o`zgarishlarni amalga oshirdi, sanoat ishlab chiqaradigan kompyuterlashtirishning va avtomatlashtirishning mutlaqo yangi texnik vositalarini yaratishning uchinchi bosqichini ochib berdi.
Mikroprosessorlar avtomatlashtirish va nazoratning ayrim vositalari tarkibiga kira boshladi. Ayrim qurilmalar o`rtasida ma`lumotlarni raqamli uzatish hisoblash tarmog`ini boshqarish tizimlarini qurishga asos qildi. Ma`lumotlarga ishlov berishning ayrim qurilmalari orasidagi raqamli aloqani ko`zda tutuvchi yangi tuzilishdagi texnologik jarayonni boshqarish tizimi markazlashtirilmagan - MTJABT yoki taqsimlangan – TTJABT degan nomni oldi. XX asrning 70- va 80- yillarida etakchi jashon avtomatlashtirish vositalari ishlab chiqaruvchilari TJABT ni qurish uchun dasturli-apparaturali vositalar to`plamini ishlab chiqara boshladilar. Bunday to`plamlarning asosiy belgilari ularning moslashuvchanligi, yagona tizimda faoliyat ko`rsata olish qobiliyatiga egaligi, interfeyslarning sandartlashtirilishi butun TJABT ni faqat mazkur to`plash vositalaridan qurishga imkon beruvchi funksional to`lalik. Bunday vositalar to`plami dasturiy-texnik majmualar (DTM) nomini oldi.
90-yillarning boshidan avtomatlashtirishning texnik vositalarini ishlab chiqaruvchi yetakchi xorijiy firmalar o`z vakolatxonalari, firmalari, qo`shma korxonalari, firma dilerlari orqali ko`p mamlakatlariga o`z mahsulotlarini keng joriy qila boshladilar. Zamonaviy boshqaruv texnikasi bozorining jadal rivoj va tez harakati avtomatlashtirishning texnik vositalarining zamonaviy holatini aks ettiruvchi adabiyotlar paydo bo`lishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda firmalarni avtomatlashtirish vositalari to`g`risidagi zamonaviy tarqoq xarakterga ega va asosan davriy matbuotda yoki global INTERNET tarmog`ida zavodlar va ishlab chiqaruvchilarning saytlarida yoki maxsus axborot portallarida. Hozirgi paytda ko`pchilik texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish universal mikroprosessorli kontroller vositalari negizida amalga oshirilmoqda, ularni dasturiy-texnik majmua (DTM) deb ataladi. Dasturiy-texnik majmualar avtomatlashtirishning mikroprosessorli vositalari yig`indisidan (mikroprosessorli kontrollerlar, obyekt bilan aloqani o`rnatuvchi moslamalari OAO`M), operatorning displeyli pultlari va turli vazifalarni bajaruvchi serverlar, sanoat tarmoqlaridan iborat bo`lib, ular kontrollerlarning dasturiy ta`minotining va operator displeyli pultlarining sanab o`tilgan komponentlarini bog`lashga imkon beradi.
1-rasm. DTM tuzilmasi
Boshqarish obyektining axborot quvvatining (kiruvchi-chiquvchi o`zgaruvchilar miqdorining) ortishi, boshqarishning yuqori sathida hal etiladigan masalalar doirasining kengayishi, puxtalik ko`rsatkichlarining ortishi dasturiy-texnik majmualarning yanada murakkab tuzilmalarining paydo bo`lishiga olib keladi (1-rasm).
2-rasm. DTM tuzilishi
|
| |