|
Qadar moddalar tuzilishi, materiyaning cheksiz bo’linishlari va atom
|
Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 22,36 Kb. | | #139237 |
Bog'liq 1-mavzu JAVOBLAR
JAVOBLAR
Atom fizikasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga keldi. Lekin
bu davrgacha, ya'ni atom fizikasi alohida fan sifatida yuzaga kelganiga
qadar moddalar tuzilishi, materiyaning cheksiz bo’linishlari va atom
nazariyasi to‘g‘risida qadimgi yunon faylasuflari tomonidan
turli fikrlar ilgari surildi, ko'pgina olimlar tomonidan tajribalar
o‘tkazilib, fizik hodisalar kashf qilindi. Tajribalaradan to'plangan
fizik hodisalarni, kashfiyotlarni ilmiy jihatdan asoslash, ularni
tushuntirish atom fizikasini rivojlantirishni talab qilar edi. Bu esa
atom fizikasining taraqqiy etishiga, alohida fan sifatida yuzaga
kelishiga olib keldi.
Atom tuzilishini va uning xossalarini o‘rganishda hozirgi zamon fizikasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar
atom elektrostansiyalarining, zarralar tezlatkichlarining,
lazerlarning yaratilishiga va boshqa ko'pgina fan olamidagi
muvaffaqiyatlarga olib keldi. Atom fizikasi hozirgi kunda elementar zarralarning tuzilishi va xossalarini o‘rganish asosida
jadal qadamlar bilan rivojlanmoqda.
XX asr boshlarida atom tuzilishining turli modellari taklif qilindi.
1897-yilda elektronni kashf etgan Tompson 1903-yilda atom
tuzilishining dastlabki modelini taklif qildi.Tomson modeliga asosan atom musbat zaryadlangan shar bo‘lib, manfiy
zaryadlangan elektronlar shu sharda taqsimlangan. Shardagi
musbat zaryad miqdori elektronlar zaryadi yig‘indisiga
teng va atom neytral hisoblanadi. 1913-yilda daniyalik
fizik olim N.Bor eneigiyaning kvantlanishini atom ning yadroviy modeliga tatbiq qildi. Bor elektronlaming atomdagi
harakatini xarakterlaydigan kvant postulatlarini takJif qildi. Atom to‘g‘risidagi tasawurlar 1928-yilda P. Dirak tomonidan
to'lqin tenglamasini relyativistik umumlashtirishi natijasida yanadarivojlandi. Dirak nazariyasi musbat elektron —pozitronning mavjudligini ko‘rsatdi.
1816-yilda Prout ilgari surgan nazariyaga asosan barcha
element atomlari aynan bir turdagi atomlardan,
chunonchi vodorod atom laridan tuzilgan, bu esa qadim gi
yunonlaming birlamchi materiyasiga to‘g‘ri keladi. Prout hamma
elementlarni atom og‘irliklari butun sondan iborat bo‘lib, vodorod
atom og'irligiga qoldiqsiz bo‘linadi, degan fikrda bo’lgan. Atom
og‘irlik)arini o’lchashda shu fikrga suyanilgan.
.
1911-yil Rezerfod atomning planetar modulini taklif etdi. U alfa zarralaming yupqa metall folgalarda sochilishi
ustida bir qator tajribalar o‘tkazdi. Rezerford o'tkazgan tajribalari
asosida atom tuzilishining planetar modelini taklif qildi.
Atomning planetar modeliga asosan atom quyidagicha tuzilgan: atom musbat zaryadlangan yadro va uni o‘rab olgan manfiy
zaryadli elektronlar qobig'idan iborat. Elektronlar yadro
atrofida doiraviy orbitalar bo'ylab harakatlanadi.
Plank tomonidan absolut qora jism muvozanatli
nurlanishi spektrida eneigiyaning taqsimlanishi haqidagi
qonunini ifodalaydigan formulani chiqarishda nurlanishning modda
bilan o ‘zaro ta'siri haqidagi klassik fizika tasavvurlariga zid bo’lgan gipoteza aytildi: chastotasi w bo’lgan yorug’lik
to’lqini bilanta'sirlashadigan moddaning atomi yoki molekulas i
energiyaning istalgan porsiyasini chiqarm aydi ham yutmaydi
ham , balki energiyaning butun sondagi elementar hw
porsiyalarini chiqaradi yoki yutadi. Bu bilan Plank atom yoki molekula chiqaradigan yoki yutadigan energiya kvantlanganligini ko‘rsatdi.
1924-yilda Lui de-Broyl elektron va boshqa
zarralaming to‘lqin xossasiga ega ekanligi to‘g‘risida o‘z gipotezasini taklif qildi. 1926-yilda esa E.Shredinger
de-Broyl gipotezasi asosida toMqin mexanikasini rivojlantirdi
va o‘zining to'lqin tenglamasini taklif qildi.
1926-yilda esa E.Shredinger de-Broyl gipotezasi asosida
toMqin mexanikasini rivojlantirdi va o‘zining to'lqin tenglamasini
taklif qildi. Bu tenglama Shredinger ienglamasi deb ataldi
Atom to‘g‘risidagi tasawurlar 1928-yilda P. Dirak tomonidan
to'lqin tenglamasini relyativistik umumlashtirishi natijasida yanadarivojlandi. Dirak nazariyasi musbat elektron —pozitronning mavjudligini ko‘rsatdi.
Atom tuzilishini va uning xossalarini o‘rganishda hozirgi zamon fizikasi katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu
muvaffaqiyatlar atom elektrostansiyalarining, zarralar
tezlatkichlarining, lazerlarning yaratilishiga va boshqa ko'pgina fan
olamidagi muvaffaqiyatlarga olib keldi. Atom fizikasi hozirgi
kunda elementar zarralarning tuzilishi va xossalarini o‘rganish
asosida jadal qadam lar bilan rivojlanmoqda
|
| |