Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerni dasturlashtirish




Download 7,31 Mb.
bet91/96
Sana25.06.2024
Hajmi7,31 Mb.
#265543
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Bog'liq
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerni dasturlashtirish.

Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerdan foydalanish quyidagilar bilan xarakterlanadi:



  • avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish va boshlang‘ich tavsif terminlarida keyinchalik ularni sozlash;

  • mobillilik-turli apparat va operatsion platformalarga o‘tkazish qobiliyati; real vaqtda dasturni samarali bajartirish;

Ko‘rgazmali taqdim etish obyektning xarakteri bilan aniqlanadi va obyektni boshqarishning quyidagi masalalari bilan belgilanadi:

  1. U yoki bu hodisaning kelishi natijasida ijrochi harakatlarni qayta ishlash bo‘yicha katta sondagi mantiqiy konturlarni (yuzlab, minglab) parallel qayta ishlash masalalari. Mantiqiy kontur asosida bir necha o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan mantiqiy funksiyaning rostligi yotadi, hodisa esa bu funksiyaning rostligi bilan bog‘liqdir. Bunday turdagi masalalar, masalan, oziq-ovqat sanoati, kimyoviy ishlab chiqarish va neftni qayta ishlashda uchraydi. Quyilgan masala bu tenglamalar sistemasi orqali adekvat va ko‘rgazmali tavsifladi. Standarning barcha tillari, SFC –dan boshqa, bunday masalalarni tavsiflashga to‘g‘ri keladi. Chunki ular bul funksiyalarini tavsiflash vositalariga ega (IL, ST tillari), yoki ularni grafik formada akslantiruvchilmar bo‘lib hisoblanadi (LD, FBD tillari).

  2. O‘zining rivojlanishida bir nechta holatlardan (qadamlardan, bosqichlardan) o‘tadigan jarayonni boshqarish masalalari. Bir holatdan boshqasiga o‘tish datchik signallari orqali shakllanadigan hodisalar orqali amalga oshadi. Boshqarishning bunday masalalari, masalan, transport-ombor tizimlarida, agregatli stanoklarida, robototexnik komplekslarda yuzaga kelishi mumkin. Bunday tipdagi masalalar kurgazmali tarzda avtomatli modelar orqali taqdim etiladi. Standartda bunday model SFC tilini qo‘llash orqali quriladi. Ta’kidlash joizki, bunday masalalar to‘laligicha boshqa standartdagi tillar orqali ham taqdim etilishi mumkin. Masalan, FBD tili va xotira elementi-triggerlardan foydalangan holda masalani taqdim etish mumkin, lekin bunday holda avtonom model oshkol bo‘lmagan formada ifodalanadi.

  3. Avtomatik rostlash masalalari (PID-qonunlar, toq boshqaruv va h.k.) deyarli har joyda uchraydi. Bunday masalalarda, odatda, oldindan ishlab chiqilgan komponentalar kutubxonasidan foydalaniladi (LD va FBD tillari uchun grafik bloklar va ST va PL tillari uchun qism dasturlar).

  4. Taqsimlangan texnologik obyektlarni boshqarish masalalari, shuningdek ma’lumotlarni intelektual tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar. Bunday turdagi masalalar murakkab texnologik obyektlar uchun, masalan, kimyoviy ishlab chiqarish masalalari uchun yechiladi. Bunday masalalarni adekvat tavsiflash uchun ST, universal tillar S, S++, Paskal, senariy tipidagi tillar Visual Basic yoki Java kabi obyektga yo‘naltirilgan tillar qo‘llaniladi.

Umuman olganda, dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarda dasturlashtirish tillaridan samarali foydalanish deganda, eng avvalo boshqaruvchi obyektning hodisaga qanchalik tezkor ravishda javob bera olishini ta’minlashi tushuniladi.
Shuni ta’kidlash joizki, standartga rioya qilish dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni ishlab chiquvchilar uchun buyurtmachilarning texnik talablarini mos ravishda ta’minlash imkonini beradi va hatto qo‘shima funksiyalarni kiritishni ham ta’minlaydi.
Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller uchun dasturlashtirish tilini tanlash bo‘yicha yuqorida keltirilgani tahlillar asosida shuni alohida ko‘rsatish mumkinki, taqsimlangan texnologik obyektlarni boshqarish masalalari, shuningdek ma’lumotlarni intelektual tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni avtomatlashtirishda, bunday masalalarni adekvat tavsiflash uchun ST, universal tillar S, S++, Paskal, ssenariy tipidagi tillar Visual Basic yoki Java kabi obyektga yo‘naltirilgan tillarni joriy etish kerak ekan.


Download 7,31 Mb.
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Download 7,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerni dasturlashtirish

Download 7,31 Mb.