|
Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va vizuallash tizimlari
|
bet | 89/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifIshlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va vizuallash tizimlari
Zamonaviy TJABT (texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi) ko`p sathli inson-mashinali boshqarish tizimidan iboratdir. Murakkab texnologik jarayonlarni ABT ning yaratilish ma`lumotlarni to`plashning avtomatik axborot tizimlaridan va xisoblash majmualaridan foydalangan holda amalga oshiriladi, ular texnik vositalar va dasturiy ta`minot evolyutsiyasi darajasiga ko`ra doimo takomillashtirib boriladi.
TJABT rivojlanishining vaqt bo`yicha uzluksiz bo`lgan manzarasini sifat jihatidan yangi ilmiy g`oyalar va texnik vositalarning paydo bo`lishi bilan shart kilingan uchta bosqichga bo`lish mumkin. Tarix davomida zamonaviy boshqarish tizimining mazmunini tashkil etuvchi obyektlar va boshqarish uslublari, avtomatlashtirish vositalari va boshqa komponentlarning tavsifi o`zgaradi:
Birinchi bosqich avtomatik rotslash tizimini (ART) joriy qilishni aks ettiradi. Bu bosqichda boshqarish vositalari sifatida ayrim parametrlar, qurilmalar, agregatlar Hisoblanadi; stabillashtirish, dasturiy boshqarish, kuzatish masalalarini echish odamdan ART ga o`tadi. Insonda topshiriqni Hisoblab chiqish vazifalari va regulyatorlarni sozlash parametrlari paydo bo`ladi.
Ikkinchi bosqich-texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fazoda jamlangan tizim boshqarish obyekti bo`lib qoladi; avtomatik boshqarish sitemalari (ABT) yordamida boshqarish yanada murakkab qonunlari amalga oshiriladi, optimal va adaptiv boshqarish masalalari ham qilinadi, obyekt va tizim sholatining identifikasiyasi o`tkaziladi. Bu bosqichning o`ziga xos xususiyatni texnologik jarayonlarni boshqarishga telemexanika tizimlarini joriy qilish hisoblanadi. Inson boshqarish obyektidan borgan sari ko`proq uzoqlasha boradi, obyekt bilan dispetcher o`rtasida o`lchash tizimining, ijrochi mexanizmlarning, telemexanika vositalarining, mnemosxemalarning va axborotni aks ettirishning boshqa vositalarining bir qatori tizilib turadi.
Uchinchi bosqich-texnologik jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan sitemalari-texnologik jarayonlarini boqarishga hisoblash texnikasining joriy qilish bilan tavsiflanadi. Avval-mikroprosessorlarni qo`llanish boshqarish ayrim fazalarida hisoblash tizimlaridan foydalanish; so`ngra inson-mashina boqarish tizimlarining, muhandislik psixologiyasining, operasiyalarini tadqiq etishning uslublari va modellarining faol rivojlanish, nishoyat, ma`lumotalarni to`plashning avtomatik axborot tizimlaridan va zamonaviy Hisoblash majmualaridan foydalanish asosida dispetcherlik boshqaruvi.
3-rasm. Nazorat va boshqarish tizimining umumiy sxemasi
Dispetcherlik boshqaruvi tizimining ishonchliligini (puxtaligini) oshirish talabi bunday tizimlarni: operatorlar dispetcherga mo`ljal qilish va uning vazifalarini ishlab chiqishda yangicha yondashuvning paydo bo`lishi sabablaridan biridir. SCADA (Supervizory Control And Data Acquisition -dispetcherlik boshqaruvi va ma`lumotlarni to`plash) konsepsiyani boshqarish tizimining rivojlanishning borishi va fan-texnika taraqqiyoti natijalari bilan belgilangan. SCADA texnologiyalarining qo`llanilishi axborotni boshqarish tizimini ishlab chiqish, to`plash, ishlov berish, uzatish, saqlash va aks ettirish masalalarini hal qilishda avtomatlashtirishning yuqori darajasiga erishishga imkon beradi.
|
| |