• Mavzu: Kontrollerlarni dasturlash tillari turlari REJA: Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlash tillari turlari
  • Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlash tillari turlari
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet90/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Nazorat savollari

    1. Sanoat tarmog`i hаqidа mа`lumоt bеring?

    2. Ethernet tarmog`i hаqidа mа`lumоt bеring?

    3. Dispetcherlik boshqaruvi tizimining hаqidа mа`lumоt bеring?

    4. SCADA tizimi hаqidа mа`lumоt bеring?

    Mavzu: Kontrollerlarni dasturlash tillari turlari
    REJA:

    1. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlash tillari turlari

    2. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerni dasturlashtirish



    Tayanch iboralar: Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller, kontroller, dasturlash tillari, texnik-dasturiy ta`minot, uzatish kanali, aloqa kanallari, uzatish tezligi, kanal, uzluksiz signal, diskret signal, dasturiy ta’minot, apparat kompleksi, interfeys.


    Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlash tillari turlari

    Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odatda ko‘plab kontrollerlar yopiq strukturaga ega bo`ladi, ya`ni dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerni ishlab chiqaruvchini softi orqali dasturlanadi. Masalan, Simens nomli dasturlanuvchi mantiqiy kontroller faqat Step7, Step7 Microwin yoki Logo Comfort orqali dasturlanadi, dasturlanuvchi mantiqiy kontroller Shneyder esa faqat Unity yoki Concept orqali dasturlanadi.


    Mitsubishi, Omron, ABB, GE Fanuc va boshqa ko‘plab dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar yopik strukturaga egadir. Amalda deyarli barcha nomdor firmalar yopiq protokollarni va ishlab chiqarish muhiti platformasidagi tizimlarni ishlab chiqishga harakat qiladi.
    Shunga qaramasdan, ochiq va yarim ochiq platformalarga ega bo‘lgan dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar mavjud bo‘lib, ularda WindowsCE, VxWorks, Linux operatsion tizimlarini joriy etish nazarda tutilgan yoki ular Motorola, Intel, Infineon, Atmel, Xitachi, PowerPC va boshqa firmalarning mikroprotsessorlariga asoslanadi. Bunday dasturlanuvchi mantiqiy kontroller turli dasturiy ta’minot orqali dasturlanadi. Masalan, Oven yoki ADAM nomli mikrokontrollerlar CoDeSys dasturiy ta’minotida dasturlanadi.
    Dasturiy ta’minotning va dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarning realizatsiyasining rang-barangligidan qat’iy nazar, dasturlash tillari MEK 61131–3 standarti bilan chegaralangandir. Bunday yoshdoshuv dasturlash tillarini unifitsirlash ehtiyoji bilan emas, balki kontrollerlarni dasturlashtirishning standar yondoshuvini saqlab qolish maqsadida qilingan. Hozirgi kunda dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlashtirishning beshta turi ajralib turadi:

    • LD (LAD, ladder diagram, немисчадан: KOP, kontakt plan, rus tilida: РКС, релейно-контакторная схема, контактный план, лестничная диаграмма) 45.50%

    • FBD (functional block diagram, funksional bloklar diagrammasi) 24.64%

    • IL (instruction list, STL, statement list, instruksiyalar tili; assemblerga juda o‘xshish, lekin juda ham o‘ziga xos) 8.53%

    • SFC (series functional charts, ketma-ket funksional diagrammalar, graflar tili) 0.47%

    Foizlarda muhandislarning loyihalarida ishlatilgan dasturlash tili natijalari keltirilgan. Undan ko‘rinib turibdiki ko‘plilik mutaxassislar RKS (LAD, LD) dasturlash tiliga yon bosganlar. Lekin, shunga qaramasdan absolyut ko‘plikni tashkil etmaydi va DMK larni ishlab chiqaruvchi firmalar boshqa tillarni ham qo‘llab-quvatlashlarini anglatadi.
    Bundan tashqari 10% dan ko‘proq mutaxassislar boshqa variantlarni tanlaganlar va bu o‘z novbatida bizni kelajakda kutayotgan yangi ishlatmalarni joriy etilishidan dalolat beradi. Yosh mutaxassislar DMK dasturlashtirishda ko‘proq S++ va Java tillarini keng ko‘lamda joriy etishni tavsiya etishmoqda.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.