• Mavzu: Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar REJA: Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar haqida ma`lumot
  • Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar haqida ma`lumot
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet92/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Nazorat savollari

    1. Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller hаqidа mа`lumоt bеring?

    2. Kontrollerlarni dasturlash tillari hаqidа mа`lumоt bеring?

    3. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni dasturlashtirish tillarining qanday turlarini bilasiz?

    4. LD va FBD dasturlash tillari hаqidа mа`lumоt bеring?



    Mavzu: Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar
    REJA:

    1. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar haqida ma`lumot

    2. WinCon-8000 kontrolleri tuzilishi

    3. WinCon 8000 kontrollerini HART-modem yoki multipleksorlar bilan ulanishi



    Tayanch iboralar: Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller, HART-modem, boshqaruv paneli, SCADA-tizimi, Trace Mode tizimi, kiritish-chiqarish modullari, uzatish kanali, aloqa kanallari, uzatish tezligi, uzluksiz signal, diskret signal, dasturiy ta’minot, apparat kompleksi, interfeys.


    Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar haqida ma`lumot

    Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller (DMK) –elektron komponent bo‘lib, u zamonaviy avtomatlashtish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Hozirgi kunda dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar asosan sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda qo‘llaniladi. Mantiqiy kontrollerlarni joriy etish amalda to‘la avtonom boshqarish tizimlarini yaratish imkonini beradi va u obyektning xarakteristikalari va holatini inobatga olgan holda o‘z faoliyatini olib boradi. Bunda operatorning ishtiroki, boshqarish jarayonini umumiy nazoratini tashkil etish va zarurat tug‘ilganda berilgan dastur ishini o‘zgartirishdan iborat bo‘ladi.


    Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar real vaqt qurilmalari kategoriyasiga kiradi va axborot tizimlaridan arxitekturasi bilan farq qiladi. Jumladan, dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarning oddiy kompyuterlardan farqi shundaki, ular datchiklardan va ijrochi mexanizmlardan keladigan kirish va chiqish signallarini qayta ishlash tizimining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, ularni montaj qilish boshqaruvchi obyektga bog‘liq bo‘lmay, alohida operatorga qulay bo‘lgan blok ko‘rinishida o‘rnatilishi mumkin.
    Dunyo bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tomonidin (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Tayvan) hozirgi kunga kelib, yuzlab turdagi dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar ishlab chiqarilmoqda. Lekin, ularning ichidan aniq obyektni boshqarish uchun bunday muqobil kontrollerni tanlash murakkab masala bo‘lib hisoblanadi va u bir qator faktorlarni hisobga olishni nazarda tutadi. Ko‘plab iste’molchilarga kontrollerning biror xarakteristikasining ustuvorligi talab etilmay, ularning xususiyatlari hamda xarakteristikalarining kompleks taqqoslash orqali integral mezoni qiziqtiradi. Marketing tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ayrim firmalar kontrollerning ishonchliligi xususida (MTBF i MTTR) ma’lumotlarni keltirmaydi. Shuning uchun bunday parametrlarni keltiradigan firmalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kontrollerlarga talab juda kattadir.
    Shuni ta’kidlash joizki, dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarning asosiy parametri hisoblangan tezlik turli firmalarning kataloglarida turli variantlarda ko‘rsatiladi. Masalan, ayrimlari binar buyruqlarni bajarish vaqtini ko‘rsatsa, boshqalari 1K diskret kirish vaqtining so‘rovini yoki aralash buyruqlarning bajarilish vaqtini ko‘rsatadi.
    Kontrollerlarning ichida magistral-modul prinsipi asosida qurilganlarining imkoniyatlari kattadir. Ular DIN-reykada montaj qilinadi va +24 V kuchlanishdan boshlab ishlaydi hamda Fieldbus ma’lumot almashish protokolini qo‘llab quvatlaydi. Bunday turdagi kontrollerlar quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi:
    • diskret kiritish-chiqarish modullari;
    • kommunikatsion modullar;
    • analog kiritish-chiqarish modullari;
    • termoregulyatorlarning modullari;
    • pozitsiyalanish modullari;
    • PID-regulyator modullari;
    • harakatni nazorat qilish modullari.
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko‘plab kontrollerlar turli funksional imkoniyatlarga ega, bir-biriga yaqin texnik va ekspluatitsion xarakteristikalari va bir xil o‘lchamlarga egadir. Bunday vaziyatda, qo‘yilgan masalalarning talablariga javob beradigan DMK tanlash va uni baholashning aniq mezonini belgilash kerak.
    Bizning fikrimizcha, qurilmaning spetsifikasini hisobga olgan holda baholash mezonini uchta guruhga bo‘lish mumkin:
    • texnik xarakteristikalar;
    • ekspluatatsion xarakteristikalar;
    • iste’mol xususiyatlari.
    Bunda, tanlov mezonlari sifatida iste’mol xususiyatlari xarajatlar ko‘rsatgichi munosabatlari/unumdorlik/ishonchlilik bo‘lsa, texnik va ekspluatatsion xarakteristikalar tanlov protsedurasini belgilaydi.
    Shuni alohida ta’kidlash joizki, real texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda dasturlanuvchi mantiqiy kontrolerni boshqarish obyekti sifatida tanlashda u qaysi dasturlash tilida ishlay olishini ham inobatga olish zarur.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.