|
WinCon-8000 kontrolleri tuzilishi
|
bet | 93/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifWinCon-8000 kontrolleri tuzilishi
Avtomatlashtirish masalasini yechish maqsadida dasturlanuvchi mantiqiy kontroller WinSon-8000 seriyali sanoat kontrollerini tanladik. Ushbu kontrollerni tashlashda biz bir qator faktorlarni hisobga oldik.
WinCon-8000 kontrolleri Tayvanning ICP DAS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi. WinCon-8000 tarkibida 206 MGs taktli chastotaga ega bo‘lgan Intel Strong ARM seriyali yuqori tezlikdagi mikroprotsessor va 64 Mb tezkor xotira mavjud. Ushbu texnik parametrlar real texnologik jarayonni boshqarish uchun yetarli hisoblanadi.
WinCon-8000 kontrolleri uchun boshqarish dasturini foydalanuvchilarning o‘zi dasturlashtirish imkoniyatiga ega. Uning bunday xususiyatlari obyektni boshqarishda foydalanuvchiga katta imkoniyatlarni yaratib beradi. WinCon-8000 kontrollerini markaziy protsessor, elektr energiya manbai, boshqaruv paneli, kommunikatsion portlar va kiritish-chiqarish modullari tashkil etadi.
ICP DAS kompaniyasi bir qator dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni va kiritish-chiqarish modullarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Ulardan quyidagilari jahon bozorida katta talabga ega:
1-rasm. WinCon-8000 kontrollerining ko‘rinishi
Kontrollerning konstruksiyasi shunday qurilganki, uning boshqaruv paneliga, shuningdek kiritish-chiqarish modullarini yoki kommunikatsiya razyemlarini o‘rnatish (almashtirish) uchun slotlarga ochiq va qulay ruxsat berish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan.
Kontroller kiritish-chiqarishning parallel yoki ketma-ket interfeyslarining barcha modullarini qo‘llab quvatlaydi. Shuningdek, I-7000 seriyali kontrollerning kiritish-chiqarishning uzoqlashgan modullari bilan ishlay oladi. Uning barcha modullari vintli fiksirlangan tashqi kabellar uchun qulay va olishini oson bo‘lgan klemmali ulagichlar bilan jihozlangan.
I-8000 kontrolleridan farqli ravishda, WinCon-8000 nafaqat RS-232 va RS-485 interfeyslarga ega, balki unda USB va Ethernet interfeyslari hamda VGA va PS/2 interfeyslariga ham ega bo‘lib, ular klaviatura, monitor va sichqonni ulash uchun xizmat qiladi.
2-rasm. WinCon-8000 kontrollerining interfeyslari
Shunday qilib, ushbu sanoat kontrolleri shaxsiy kompyuterning funksiyalarini egallagan va shuning hisobida uni dasturlashtirish ancha yengilliklar keltiradi va uni qo‘llash sohalarini kengaytiradi. Shuningdek, boshqaruv dasturini sozlash va tahrirlashni bevosita kontrollerning o‘zida amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari klaviatura va monitorning interfeyslari mavjudligi bois, WinCon o‘zida kontrollerning funksiyasini va operator stansiyasini mujassamlashtirishi mumkin. Buning uchun SCADA-tizimini o‘rnatish kifaya, masalan Trace Mode o‘rnatilsa, kontroller zamonaviy operator interfeysi funksiyasini o‘ziga olishi mumkin.
WinCon-8000 kontrolleri o‘zida o‘rnatilgan Microsoft Windows CE .NET operatsion tizimiga ega va u real vaqt birligida ishlaydigan operatsion tizimni xarakterlaydi. Ushbu operatsion tizim jarayonlarning prioritetligini qayta belgilashni qo‘llab quvatlaydi va klassik kontrollerlar kabi determinlangan boshqaruv darajasini ta’minlaydi.
Operatsion tizimning interfeysi bunday muhitga tegishli bo‘lgan har qanday vositadan foydalanish orqali dasturlarni tuzim imkonini ta’minlaydi. Masalan, ushbu kontroller uchun boshqaruv dasturini Visual Basic .NET, Visual C#, S, Embedded Visual C++ tillarida tuzish imkoniyatlari nazarda tutilgan. Kontroller buyutmachilarga dasturiy kutubxona kompleksi bilan birgalikda yetkaziladi, o‘z novbatida ularda kontrollerning ichki va tashqi qurilmalari ( ichki shina, taymer, tashqi interfeyslar, kiritish-chiqarish modullari va h.k.) bilan ishlash funksiyalari amalga oshirilgan.
Foydalanuvchilar dasturlarini saqlash uchun kontrollerda Compact Flash formatli xotira kartasini o‘rnatish uchun maxsus slot mavjud. Bu ishni ancha yengillashtiradi va foydalanuvchilarning o‘zlari kerakli hajmdagi Compact Flash kartani tanlab, dasturlarning rezerv nusxalarini saqlash imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, WinCon-8000 kontrolleri turli sohalarda ishlab chiqarish har xil masalalarni hal etish va ularni avtomatlashtirish jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin. Unga nafaqat analog va diskret signallarni uzoqlashgan kiritish-chiqarish modullarini, balki boshqa quyidagi qurilmalarni ham ulash mumkin: printerlar, modemlar, POS-terminallar, boshqa kompyuterlar va kontrollerlar, xullas USB yoki ketma-ket port orqali axborot almashinishi mumkin bo‘lgan barcha texnik vositalarni ulash mumkin.
Shunday qilib, WinCon-8000 kontrollerini texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda foydalanishda ularning ishonchliligi va sodda boshqarilishi hamda sozlanishi katta qulayliklar yaratadi.
|
| |