|
WinCon 8000 kontrollerini HART-modem
|
bet | 94/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifWinCon 8000 kontrollerini HART-modem
yoki multipleksorlar bilan ulanishi
AdAstrA Research Group, Ltd kompaniyasi Micro TRACE MODE 6 tizimli sanoat kontollerlagri uchun birinchi bo‘lib tashqi drayverni ishlab chiqardi. Yangi drayver ommabop bo‘lgan HART protokolini qo‘llaydigan WinCon 8000 kontrolleriga datchiklarni va rasxodometrlarni ulash imkonini beradi.
HART Master protokoli drayveri Micro TRACE MODE 6 -ning booshqaruvi ostida ishlaydigan WinCon 8000 kontrollerini s HART-modem yoki multipleksorlar bilan ulanishini ta’minlaydi ( 3-rasm. ).
3- rasm. HART Master protokoli drayverining WinCon 8000 kontrollerini HART-modem yoki multipleksorlar bilan ulanishi sxemasi
HART protokoli bo‘yicha qurilmalar bilan almashish drayveri t11 drayveriga o‘xshab ishlab chiqilgan. U kontrollerning har bir COM-portiga bitta HART-modem, yoki bitta HART-multipleksorni ulash imkonini beradi. Ulanadigan datchiklar soni modemning tipiga bog‘liqdir.
Drayver yordamida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
1 COM-portdan 1200 bod tezlikdagi 16 HART-qurilmadan so‘rov o‘tkazish;
birlik o‘lchov kattaligida o‘lchanadigan joriy qiymatni o‘qish;
tok kuchining joriy qiymatini mA birlikda o‘qish;
diapazon foizini o‘qish;
HART-datchikdan ma’lumotlarni olish (sariyali nomeri, datchikning o‘lchov kod birligi, o‘lchov diapazona va datchikning minimal intervali);
Dinamik o‘zgaruvchilar blokini o‘qishni tashkil etish.
4-rasm. Kontrollerning HART protokoli bilan ishlash
Modemga barcha birlik so‘rovlar guruhlarga birlashtirilgan, shuning uchun bitta guruhdan bir nechta parametrni olish uchun jihozga bitta blokli so‘rov yuboriladi. Drayverni sozlash qo‘lay bo‘lgan TRACE MODE integralashgan ishlab chiqish muhitida amalga oshiriladi.
Firma tomonidan yangi drayver faqat elektron variantda tarqatiladi va uning tarkibiga foydalanuvchilar uchun maxsus instruksiya WinCon 8000 kontrollerining HART dryveri bilan ishlashini sozlash bo‘yicha misol keltiriladi.
Shuni ta’kidlash joizqi, Hamdo‘stlik mamlakatlari ichida WinCon 8000 kontrolleri uchun HART drayverini joriy etish Moskvaning “Kristall” zavodida amalga oshirilgan edi. Hozirgi kunda ushbu kontrolerlar sanoat korxonalarini va ishlab chiqarish korxonalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llanilib kelinmoqda.
5-rasm. AVR tipidagi mikrokontrollerning sxemasi
|
| |