|
Radio va mobil aloqa” fakulteti 810-21- guruh ocs003
|
bet | 1/3 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 218,45 Kb. | | #245093 |
Bog'liq OPTIKA 2-M
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“RADIO va MOBIL ALOQA” FAKULTETI
810-21- guruh OCS003 - patok talabasi
“Optik aloqa tizimlari” fanidan tayyorlagan
1-MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Soliyeva Azizaxon.
Tekshirdi: Muradova Alevtina.
TOSHKENT 2024
Mavzu: Optik multipleksorlar va demultipleksatorlar. Multiplekslashning zamonaviy texnologiyalari.
Reja:
1.Optik multipleksorlar va demultipleksatorlar.
2.Difraksiya panjaralaridan foydalanishga asoslangan optik multipleksor/demultipleksorlar.
3.Multiplekslashning zamonaviy texnologiyalari.
Spektr bo'yicha zichlashtirilgan (WDM) tolali optik aloqa tizimlarida har bir uzatuvchi modul lazeri muayyan chastotali signalni generatsiyalaydi. Bu signal (kanal)larni tolali optik liniya bo‘yicha uzatish uchun ulami yagona guruhiy signalga birlashtirish kerak. Bu vazifani bajaradigan qurilma optik multipleksor (MUX) deb ataladi. Optik aloqa liniyasining boshqa uchida shunga o‘xshash qurilma guruhiy signalni axborotdan foydalanuvchilarga yetkazish maqsadida alohida signal (kanal)larga ajratib beradi va bu qurilma optik demultipleksor deb ataladi. Kanallarni vaqt bo‘yicha zichlashtirish uchun mo‘ljal!angan va asosiy e’tibor uzatuvchi hamda qabul qiluvchi optoelektron m odullarni sinxronlash aniqligiga qaratilgan TDM tizim laridan farqli ravishda spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida alohida signallaming param etrlari avvaldan aniq m a’lum bo‘lgan spektral tashkil etuvchilari bo‘yicha multiplekslanadi va demultiplekslanadi (9.1-rasm). Optik multiplekslash va demultiplekslash kombinatsiyalashgan yoki o‘zaro ketma-ket joylashgan tor oraliqli (polosali) filtrlardan foydalanishga asoslanadi. Optik signallarni filtrlash uchun, jumladan, yupqa pardali filtrlar, tolali yoki bregg difraksiya panjaralari, payvandlangan tolali shaxoblagichlar, suyuq kristallar asosidagi filtrlar, integral optik qurilmalari (fazar deb ataladigan fazali to‘lqin uzatkichli difraksiya panjaralari) dan foydalaniladi.
Multipleksorlar tolali WDM optik aloqa tizimlaridan tashqari, shuningdek, tolali optik kuchaytirgichlarda, mahalliy tarmoqlarda signallami to‘lqin uzunhgi bo‘yicha marshmtlash chog'ida va boshqa ayrim hollarda ham qo‘llaniladi.
Multipleksorlar yig‘iluvchi va ajratiluvchi optik signallar (kanallar) soniga qarab ikki gumhga bo'linadi [1]:
— to‘lqin uzunligi bo‘yicha kanallar orasidagi masofa 20 nm dan kam bo'lmagan bir necha (4 tagacha) spektral kanallarni birlashtiruvchi multipleksorlar;
— spektral kanallar orasidagi masofa 0,4, . . . , 1,6 nm oraliqda yotgan hamda 4 tadan ko‘p — 8 ta, 16 ta, 32 ta va undan ko‘p
sondagi kanallarni birlashtiruvchi multipleksorlar.
Hozirgi vaqtda qo‘llaniladigan spektr bo‘yicha zichlashtirilgan (WDM) optik aloqa tizimlarida alohida kanallar orasidagi chastotaviy oraliq 100 GHz (0,8 nm) ni tashkil etadigan optik multiplekslovchi va demultiplekslovchi qurilmalar eng keng qo‘llaniladi. .So‘nggi yillarda yaratilgan multiplekslovchi qurilmalar 50 Hz va undan kichik chastotaviy oraliqda joylashgan kanallarni uzatishni ta’minlash imkonini beradi. Zamonaviy multipleksorlar, asosan, yupqa pardali flltrlar va biroz kamroq darajada to‘lqin uzatkichli difraksiya panjaralari matritsalari hamda bregg panjaralari asosida tayyorlanadi.
Spektr bo‘yicha zichlashtirilgan optik aloqa tizimlarida kanallar joylashuvi zichhgini yanada oshirish, multiplekslovchi optik qurilmalarga qo‘yiladigan talablarning qafiylashuvi jarayonida foydalaniladigan texnologiyalarning turi o‘zgarishi mumkin.
Quyida kanallarni to'lqin uzunligi bo‘yicha ajratish maqsadida ko‘p qo‘llaniladigan multiplekslovchi va demultiplekslovchi qurilmalarning tuzilishi va ish mexanizmlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
|
| |