• Maykelson esheloni
  • Difraksiya panjaralaridan foydalanishga asoslangan optik multipleksor/demultipleksorlar




    Download 218,45 Kb.
    bet2/3
    Sana20.05.2024
    Hajmi218,45 Kb.
    #245093
    1   2   3
    Bog'liq
    OPTIKA 2-M

    Difraksiya panjaralaridan foydalanishga asoslangan optik multipleksor/demultipleksorlar.
    Katta tezlikli DWDM turidagi spektr bo£yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida difraksiya fazaviy panjaralaridan foydalanishga asoslangan multipleksorlar keng ishlatiladi.
    Bu turdagi multipleksorlarda difraksiya fazaviy panjarasi sifatida uning Maykelson esheloni deb atalgan xilidan foydalaniladi. Maykelson esheloni turli xil uzunlikdagi, bir-birining ustiga qat’iy tarzda parallel qilib joylashtirilgan shaffof plastinalardan iborat bo‘lib, bu plastina bir tomoni yassi, qarama-qarshi tomoni esa zinasimon tuzilishga ega bo‘lgan va zinalarining o'lchamlari bir xil bo'lgan prizmani tashkil etadi. Yorug'lik nurlari prizmadan o‘tib, mana shu zinalarda difraksiyalanadi. Difraksiyalanish burchagi to‘lqin uzunligiga bog'liq. Tolali optik tizim larda Maykelson eshelonli plastina vazifasini planar yoki tolali to‘lqin uzatkichlar bajaradi.
    Fazaviy panjaralardan foydalanishga asoslangan multipleksorlami to‘lqin uzatkichli spektral multipleksorlar (TUSM) yoki to‘lqin uzatkichli spektral tahlillagich (analizator)lar (TUST) deb ataladi.
    9.4-rasmda Maykelson eshelonining tolali to'lqin uzatkichli nusxasi tasvirlangan.
    Rasmdan ko'rinadiki, har bir yorug‘lik oqimi to‘lqin uzatkichlarning barcha uchlariga tushishi kerak. Buning uchun yorug‘lik oqimini yig'uvchi (fokuslovchi) maxsus optik elementlardan foydalaniladi. muitipleksorning tuzilishi ko‘rsatilgan. li, 12, . . . . Xn to'lqin uzunlikli alohida oqimlarning yig'indisidan iborat yorug‘lik oqimi yig‘uvchi elementga (1-plastinaga) tushadi va unda matritsa (Maykelson eshelonini) hosil qiluvchi to ‘lqin uzatkichlarning barcha uchlarida energiya taqsimoti yuz beradi. Uning chiqishida yorug‘lik oqimi har birining to‘lqin uzunligi 1\, 12, . . . . Xn bo'lgan alohida oqimlarni tegishli tolalarning uchiga taqsimlovchi ikkinchi plastinaga tushadi. Barcha sanab o‘tilgan elementlar kvars taglikka joylashtiriladi. Rasmdan ko‘rinadiki, bunday multipleksorda energetik yo‘qotishlar nurlanishni 1-va 2-to‘lqin uzatkich plastinalarga kiritish yoki ulardan chiqarishda (bu plastinalarning to'lqin uzatkichlar matritsasi bilan ulangan joyida) hamda matritsani tashkil etuvchi to ‘lqin uzatkichlarning bukilgan joylarida ro‘y beradi.


    Download 218,45 Kb.
    1   2   3




    Download 218,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Difraksiya panjaralaridan foydalanishga asoslangan optik multipleksor/demultipleksorlar

    Download 218,45 Kb.