• Mavzu: Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti REJA: Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish
  • Tayanch iboralar
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet87/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Nazorat savollari:



    1. Dasturiy-texnik majmualar haqida ma’lumot bering?

    2. Ko‘p vazifali kontrollerlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot bering?

    3. Shaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS) haqida ma’lumot bering?

    4. Lokal dasturlanuvchi kontrollar (PLC) haqida ma’lumot bering?

    5. Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK) haqida ma’lumot bering?

    Mavzu: Avtomatika sistemalarining dasturiy ta’minoti
    REJA:



    1. Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish

    2. Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda texnik-dasturiy ta`minotlarni qo`llanishi

    3. Ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va vizuallash tizimlari



    Tayanch iboralar: Texnik-dasturiy ta`minot, tarmoq, uzatish kanali, aloqa kanallari, uzatish tezligi, kanal, uzluksiz signal, diskret signal, sanoat tarmog`i, dasturiy ta’minot, apparat kompleksi, interfeys, tarmoq interfeysi.


    Ishlab chiqarish jarayoni va uni tashkil etish

    Har korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish jarayoni tashkil etadi. Shu sababdan, korxona muvaffaqiyati ana shu jarayonni qanday tashkil etilishiga bog`liqdir. Ishlab chiqarish jarayonini to`g`ri yo`lga qo`yish uning samaradorligini oshiradi, moddiy xarajatlarni kamaytiradi, mehnat sarfini qisqartirib, tannarxni pasaytiradi. Shu o`rinda ishlab chiqarish jarayoni haqida maolumot berish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarish jarayoni - mahsulot ishlab chiqarish uchun mazkur korxonalar va mehnat qurollari harakatlarining majmuidir yoki boshqacha qilib tarif berilsa, ishlab chiqarish jarayoni insonning mehnat qurollari yordamida mehnat buyumlariga maqsadga muvofiq ta`siridir.


    Ishlab chiqarish jarayoni uch elementdan tashkil topadi.
    1. Mehnat buyumlari (hom ashyo, materiallar).
    2. Mehnat vositalari (jishozlar va uskunalar).
    3. Mehnat (inson faoliyati).
    Ishlab chiqarish jarayoni texnologik jarayonlar va yordamchi jarayonlardan tashkil topadi. Texonologik jarayon buyumlar xolatini o`zgartirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni bir qismidir. Texnologik jarayon texnologik operatsiyalar yiindisidan iborat. Texnologik operatsiya ish ornining ishlov berilayotgan mahsulotning va ishchining ozgarmasligi bilan xarakterlanadi. Ana shu elementlardan birontasining oshzgarishi bir operatsiya tugab ikkinchisi boshlanganidan dalolat beradi.
    Qo`llaniladigan jihozlarga ko`ra texnologik operatsiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin:

    1. Qo`l operatsiyalari (mashina yordamisiz qo`lda bajariladi).

    2. Mashina qo`l operatsiyalari (ishchi va mashinalar yordamida bajariladi. Masalan: tikuv mashinalarida bajariladigan operatsiyalar).

    3. Mashina operatsiyalari (jarayon ishchining ishtirokisiz bajariladi, ishchining funksiyasi jishozni ishga tayyorlashdan iboratdir. Masalan: tokorlik stanoklarida bajariladigan operatsiyalar).

    4. Avtomatlashgan operatsiyalar (ishchining ishtirokisiz amalga oshiriladi).

    Ishlab chiqarish jarayoni turli xil ko`rinish va xarakterga ega boshalgan qismiy jarayonlardan tashkil topadi. Barcha qismiy jarayonlar asosiy va yordamchi jarayonlarga bo`linadi. Hom ashyoning shakli va xolatini bevosita oshzgartirib, yangi mahsulot yaratadigan jarayon asosiy ishlab chiqarish jarayonidir (kiyimlarni bichish, tikish, dazmol bosish; avtomobilp qismlarini yiish va sh.k.). O`z navbatida asosiy jarayonlar mehnat va tabiiy jarayonlarga boshlinadi.
    Ishlov berilayotgan buyumlarning shakl, oshlcham, fizikaviy - ximiyaviy xususiyatlarining oshzgarishi bevosita insonning maqsadga muvofiq ta`sirida roshy bersa ushbu jarayon mehnat jarayoni hisoblanadi.
    Tabiiy kuchlar ta`sirida amalga oshiriladigan jarayonlar tabiiy jarayonlardir. Asosiy jarayonlar bilan bir qatorda ishlab chiqarish jarayonida yordamchi jarayonlar sham mavjud. Yordamchi jaaryonlar asosiy jarayonlarning uzluksizligini taominlash uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Yordamchi jarayonlarga texnologik asbob uskunalar tayyorlash, jishozlarni taomirlash, mahsulot sifatini nazorat qilish, transportirovka, moddiy boyliklarni saqlash jarayonlarini misol qilish mumkin. Shuni esda tutish kerakki, ishlab chiqarish xarakteri bilan korxona tashkiliy tuzilmasi orasida chiziqli bog`lanish yo`q. Chunki asosiy sexlarda nafaqat asosiy jarayonlar, balki yordamchi jarayonlar sham bajariladi va aksincha.
    Xarakteriga ko`ra ishlab chiqarish jarayoni sintetik, analitik, chiziqli jarayonlarga boshlinadi.

    1. Sintetik jarayonlarda turli xil xom ashyo va materiallardan bir turdagi mahsulot ishlab chiqiladi (kotsyum tikish- asosiy mato, atsarlik mato, ip, tugma va sh.k.).

    2. Analitik jarayonlarda bir turdagi materiallardan turli xildagi mahsulot ishlab chiqariladi (paxtadan - paxta ip, chigit; neftdan - turli xil yonili mahsulotlari).

    3. Chiziqli jarayonlarda bir xil xom ashyodan bir xil maxsulot ishlab chiqariladi.

    Korxona faoliyatining samaradorligi ko`p jishatdan ishlab chiqarish jarayonini qanday tashkil etilishiga bog`liq. Ishlab chiqarishni tashkil etishga quyidagi talablar qo`yiladi.

    • xususiy jarayonlar o`rtasida uzluksizlikni ta`minlash,

    • ishlab chiqarish quvvatlarida zaruriy proporsionallikni ta`minlash.

    • mehnat buyumlarini samarali harakatini yo`lga qo`yish,

    • mahsulot ishlab chiqarish muddatini qisqartirish,

    • ishlab chiqarish vositalaridan va ishchi kuchidan samarali foydalanib bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlashga erishish,

    • ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar iqtisodiga erishish.

    Ana shu talablarni bajarishda ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning prinsiplariga rioya qilish mushim ahamiyat kasb etadi.

    Download 7,31 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.