Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




Download 7,31 Mb.
bet82/96
Sana25.06.2024
Hajmi7,31 Mb.
#265543
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
Bog'liq
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

Triggerlarning sinflanishi

Triggerlarni informatsiyani qabul qilish usuli, qurilish prinsipi, hamda funksional imkoniyatlari bo'yicha sinflash mumkin.


Informatsiyani qabul qilishi bo'yicha: asinxron va sinxron triggerlar mavjud. Asinxron triggerlar informatsion kirishlarida signallarning paydo bo'lish momentida o'z reaksiyalarini ko'rsatadi. Sinxron triggerlar esa sinxron signal kirishi S dagi boshqaruvchi impuls signali mavjud bo'lgandagina informatsion kirishlardagi signallarga o'z reaksiyalarini bildiradilar.
Sinxron triggerlar o'z navbatida S kirish orqali boshqariladigan statik va dinamik turlarga bo'linadi. Statik boshqarishli triggerlar informatsion kirishlardagi signallarni S kirishiga «1» yoki «0» signallari berilgandagina qabul qila oladi. Dinamik boshqarishli triggerlar esa informatsion kirishlardagi signallarni S kirishdagi signal «0» dan «1» ga o'zgarganda yoki «1» dan «0» ga o'zgarganda qabul qila oladi.
Statik triggerlar bir bosqichli va ikki bosqichli turlarga bo'linadi. Bir bosqichli triggerlar informasiyani saqlashning bir bosqichi, ikki bosqichli triggerlar esa informasiyani saqlashning ikki bosqichi mavjudligi bilan xarakterlanadi. Dastlab informatsiya birinchi bosqichga yoziladi, keyin ikkinchi bosqichga ko'chirib o'tkaziladi va iformatsiya trigger chiqishida paydo bo'ladi.
Funksional imkoniyatlarga ko'ra triggerlar quyidagi turlarga bo'linadi:

  • «0» va «1» xolatlarga aloxida-aloxida o'rnatiladigan triggerlar (RS-trigger);

  • kirish bo'yicha informasiyani qabul qiluvchi triggerlar (D-trigger yoki kechiktirish triggeri);

  • sanoqli kirishga ega triggerlar (T-trigger);

  • J va K informasion kirishli universal triggerlar (JK-trigger).

Diskret elementlar asosida qurilgan simmetrik triggerning elektr sxemasi 4-rasmda keltirilgan.

4 – rasm

Q(t)=0 holda: R=1, S=0 bo'lsa Q(t+1)=0 bo'ladi,


Q(t)=1 holda: R=1, S=0 bo'lsa Q(t+1)=0 bo'ladi,
Q(t)=0 holda: R=0, S=1 bo'lsa Q(t+1)=1 bo'ladi.
Q(t)=1 holda: R=0, S=1 bo'lsa Q(t+1)=t bo'ladi.
RS-triggerining quyidagi turlari mavjud: asinxron RS-triggeri, teskari kirishli asinxron RS-triggeri va sinxron RS-triggeri.
Hisoblash texnikasida keng qo'llaniladigan triggerlarning ichki strukturasi, sxematik belgisi va ishlash prinsipi 1-jadvalda keltirilgan.
Ikki bosqichli universal JK-triggerining prinsipial sxemasi 5-rasmda ko'rsatilgan.



5 – rasm.
1-jadval


Download 7,31 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Download 7,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

Download 7,31 Mb.