|
Topologiya
«Nuqta-nuqta» (standart) yoki shina
|
bet | 75/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifTopologiya
|
«Nuqta-nuqta» (standart) yoki shina
|
Qurilmalarning maksimal mikdori
|
Bitta yetaklanuvchi va ikkita yetaklovchi qurilma (standart rejim) 15 ta yetaklanuvchi va 2 ta yetaklovchi qurilma (ta’minoti uzoqlashtirilgan ko‘p nuqtali rejim)
|
Aloqa liniyasining maksimal uzunligi
|
3 km (standart rejim)
100 m (ko‘p nuqtali rejim)
|
Liniya turi
|
Ekranlangan o‘rama juft
|
Interfeys
|
4-20 mA tokli sirtmoq (analogli)
|
Ma’lumotlarni yangilash sikli vaqti
|
Taxminan 500 ms
|
Chastotaviy modulyatsiyalangan signal ikki qutbli hisoblanadi va tegishli filtratsiyadan foydalanilganda asosiy analogli signal 4-20 mA ni buzmaydi. HART-protokolga standart tomonidan aniqlanadigan ayrim texnik parametrlar 2-jadvalda keltirilgan.
HART-protokol ikkita ish rejimida foydalanishi mumkin:
1. Standart variant-«nuqta-nuqta» tutashtiruvi (1-rasm), ya’ni quyi avtomatika asbobini (datchik, ijrochi mexanizm, o‘zgartkich) va ikkitadan ortik bo‘lmagan yetakchi qurilmalarning birlashishi. Birlamchi yetaklovchi qurilma sifatida obyektli aloqa qurilmasi (OAQ) yoki HART-modemli dasturlanuvchi shaxsiy kompyuter. Bunda analogli signal bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (masalan, datchikdan PLK ga yoki PLK dan ijrochi mexanizmga), raqamli signallar esa yetaklovchi qurilmadan ham, yetaklanuvchi qurilmadan ham uzatilishi va qabul qilinishi mumkin.
2. Ko‘p nuqtali rejim-15 ta yetaklanuvchi qurilma yana o‘sha ikki qurilma bilan parallel ravishda ikki simli liniya bilan birlashtirilishi mumkin. Bunda faqat raqamli aloqa amalga oshiriladi. O‘zgarmas tok 4 mA signali yetaklanuvchi asboblarning signal liniyalari bo‘yicha yordamchi ta’minotini ta’minlaydi.
1-rasm. HART qurilmalarni ulashning tuzilma sxemasi (standart variant)
|
| |