• PF 2.1 To‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi.
  • MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR




    Download 7,31 Mb.
    bet69/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR
    Agar rostlash obektida yukning o‘zgarishi tez va keskin, shuningdek, kechikish katta bo‘lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo‘ladi. Rostlash jarayonini parametrning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‘lgan obektlarda texnologik jarayonlarni rostlash uchun PD-rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
    Agar differensial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo‘shilsa to‘g‘ri, ayrilgan holda esa teskari bo‘ladi.

    2-rasm. PF 2.1 To‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi.

    PF2.1 to‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo‘ljallangan (2 rasm). Siqilgan hajmdagi havoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi va inersion bo‘g‘in orqali o‘sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta’minlovchi havo bosimi bilan muvozanatlashadi. Chiqish kamerasi A kuzatuvchi tizim sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nolga yaqin bo‘lsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishiga kirish signali R bilan kuzatiladi. Agar bosim o‘zgara boshlasa, masalan, o‘zgarmas tezlikda ortsa, u holda V kameraning oldida drossel-qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig‘indisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo‘ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. Chiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo‘ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o‘zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog‘liq. Taqqoslash elementi IV dan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichining xatosini yo‘kotishga xizmat qiladi. O‘chirish relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo‘ljallangan. Buyruq bosim Rk=0 bo‘lganda soplo yopiq bo‘lib B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o‘tadi. Rostlagichni o‘chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi R berilib, bunda, soplo ochiladi va kirish signali (Rkir) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala sig­nal o‘zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo‘ladi. Avvaldan ta’sirni 0,05...10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin.



    Download 7,31 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR

    Download 7,31 Mb.