Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar
Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar texnologii jarayoni avtomatlashtirishda kam ishlatiladi. Bunga sabab ularning yetarli quvvatga ega emasligi va kо‘rsatishlarni masofaga uzatib bо‘lmasligidir. Bular asosan bosim, temperatura va sath rostlagichlaridir.
1-rasmda bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi tasvirlangan. Bu rostlagich «о‘zidan keyingi» bosimni ma’lum qiymatda saqlab turadi. Rostlagichdan keyingi gazning bosimi berilgan bosimga teng bо‘lganda, rostlagich elementlari harakatsiz bо‘lib, ma’lum holatni egallaydi. Gaz bosimi liniya 3 bо‘ylab membrana qismining ustki bо‘shlig‘iga keladi va qattiq markazli elastik membrana 2 ga ta’sir qiladi. Membrana 2 ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organidagi zatvor 7 bilan shtok 6 yordamida ulangan disk 1 ga tayanadi. Membrana 2 hosil qilgan kuch prujina 4 orqali muvozanatlanadi. Prujina 4 ning dastlabki taranglik qiymati vint 5 yordamida rostlanadi.
1-rasm. Bevosita ta’sir qiluvchi statik bosim rostlagichning prinspial sxemasi (a) va uning vaqt xarakteristikasi (b).
-gazning kelishi; -gaz sarfi; y-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; x-rostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi) ; -qoldiq xato.
Gaz bosimining berilgan qiymatdan chetga chiqishi qancha katta bо‘lsa,qattiq markazli membrana 2 shuncha kо‘p egiladi, shu sababli prujina 4 ham shuncha zich qisqaradi va bosim ta’siridan membrana hosil qilgan kuchga teskari ta’sir qiladi. Elastik prujinadan foydalanish rostlanuvchi bosim va rostlovchi organning siljishi о‘rtasidagi mutanosiblikka erishish imkoniyatini beradi. Rostlagich rostlanuvchi kattalikning muayyan berilgan qiymatiga vint 5 yordamida sozlanadi. Rostlash jarayoning grafiklaridan shunday xulosa kelib chiqadi, (1-rasm,b): bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar g‘alayonlanish sodir bо‘lganda ,moddaning kelishi yoki sarfi bо‘yicha rostlanuvchi kattalik ni berilgan qiymatga ma’lum statik xato bilan vaqt mobaynida qaytaradi. Bu xato sozlash parametri ga (kuchlanish koeffitsiyentiga, rostlagichning mutanosiblik koeffitsiyentiga) bog‘liq.
Kо‘rib chiqilgan rostlagichlar «о‘zidan oldingi» gaz bosimini ham rostlay oladi. Quvurdagi gazning bosimi berilgan qiymatdan ortiq bо‘lgani sababli shtok 6 pastga siljiganda, rostlovchi organning о‘tish kesimi kattalashadi.
2-rasm. Bevosita ta’sir qiluvchi astatik bosim rostlagichning prinsipial sxemasi (a) va uning vaqt xarakteristikasi (b).
-gazning kelishi; -gaz sarfi; u-rostlanayotgan kattalikning chetga chiqishi; x-rostlagichning chiqish signali(ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining nisbiy siljishi).
2-rasmda bevosita ta’sir qiluvchi bosim astatik rostlagichi tasvirlangan. Rostlanuvchi obyektda (quvurning ma’lum uchastkasi) bosimning о‘zgarishi impu’ls liniyasi 6 orqali qattiq markazli elastik membrana 5 ga ta’sir qiladi. Bu membrana ijro etuvchi mexanizmning rostlanuvchi organidagi zolotnik 9 va shtok 7 bilan bog‘langan likopcha 4 ga tayanadi. Salnik 8 ijro etuvchi mexanizmning germetikligini ta’minlaydi. Muhitning bosimi rostlagich qabul qiluvchi kallagining ustki bо‘shlig‘iga keladi va membrana 5 ga ta’sir qiladi. Membrana sezgir va boshqaruvchi element vazifasimni bajaradi. Gazning rostlanuvchi bosimi rostlovchi organning qanchalik ochiqligiga bog‘liq.Richag 2 shtok 7 bilan qattiq bog‘langan va tayanch nuqtasi 3 ga ega. Richagning bо‘sh tomoniga yuk 1 osiladi. Yukning vazni memb rana 5 va shtok 7 ning pastga qarab siljishiga teskari tas’ir qiluvchi kuch hosil qiladi. Yuk va membrana hosil qilgan kuchlar teng bо‘lganda rostlovchi organda shtok 7 harakatsiz bо‘lib, muayyan holatni egallaydi. Agar muvozanat buzilsa, ya’ni rostlash tizimida tengsizlik paydo bо‘lsa, shtok 7 siljiydi va rostlovchi organdagi о‘tish kesimi о‘zgaradi. Bu о‘zgarish muvozanat qaytadan tiklanguncha davom etadi. Rostlovchi organning siljish tezligi rostlanuvchi parametrning berilgan qiymatdan chetga chiqishiga mutanosib bо‘lib, naycha 6 dan о‘tib rostlagichning qabul qiluvchi qismiga keladigan gaz qiymatiga bog‘liq. Rostlash sistemsi ma’lum inersionlikka ega bо‘lgani sababli rostlash jarayonida о‘ta rostlash mavjuddir, buning natijasida о‘tish jarayonining vaqti chо‘ziladi. Shuning uchun, astatik rostlagichlarning ishlatilishi birmuncha cheklangan.
|