|
Zadvijkali rostlash organlarining zatvor konstruksiyalari
|
bet | 62/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifZadvijkali rostlash organlarining zatvor konstruksiyalari
Zadvijkali rostlash organlari:
- zatvorni konstruksiyalari nuqtai nazaridan klinli;
- parallel.
Zatvorni ishlash prinsipiga ko‘ra:
- bir tomonli o‘zi zichlashuvchi, unda birorta egarda solishtirma bosim muhitni klinga yoki jiskka bosimi tufayli amalga oshadi;
- bir tomonlama siqish hisobiga o‘zi zichlashuvchi, unda xam muhitni bosimi xam qo‘shimcha tirgovich qurilma asosida amalga oshiriladi;
- bir tomonlama majburiy-zichlashtiruvchi, unda zichlashtiruvchi solishtirma bosim biror bir egarda shpindel orqali beriladigan kuch tufayli amalga oshiriladi;
-ikki tomonlama majburiy zichlashtiruvchi, unda zichlashtiruvchi solishtirma bosim ikala egarda xam shpindel orqali amalga oshiriladi.
O‘tish yo‘lini bir tomonlama zatvor bilan yopilganda muhit korpusni ichiga kiradi, ikki tomonlamada esa kirmaydi.
Klinli zadvijkalarda egarni zichlashtiruvchi yuzadarini og‘ishi 2 0 52 ‘ yoki 50 ga teng qilib tayyorlanadi. Zatvor va uni korpusi qora mataldan tayyorlanganda ular orasiga korroziyaga chidamli mktallardan tayyorlanganto‘suvchi kolsolar qo‘yiladi: ular bronzadan, latun yoki zanglamaydigan po‘latdan tayyorlanadi.
Neft va gaz maxsulotlari uchun zadvijkalar qora metallardan to‘suvchi kalsolarsiz qilib tayyorlanadi.
Maksimal kuchni qiymati klinni zichlashtirish va uni uzib olish uchun kerak bo‘ladigan kuchlarni ko‘p qirrali kuchlarni qurish yo‘li bilan topiladi.
To‘sib qoluvchi klinli zadvijkalarda zaklinit qilib qolish holatloari bo‘ladm. Unda klinni ajratib olish uchun ijro mexanizminda hosil bo‘ladigan kuchdan ko‘prok kuch kerak bo‘ladi.
Klinni yopishib qolishi turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi:
klinni va korpusni deformasiyalanishi tufayli;
qattiq zarrachalarni to‘suvchi yuzalarni orasiga tushib qlishi bilan va boshqalar.
Korpusni va klinni deformasiyalanishi ularni notekis isishi va sovitilishidan kelib chiqadi.
Korpusni deformasiyalanishi uni mahkamligi unga qo‘yilgan katta kuchga chidash beraolmasligi tufaylidir, bu kuch truboprovodlarni deformasiyalanishi tufayli amalga oshadi.
Parallel zadvijkalarni xam ko‘p sikllarda ishlaydigan hollarda ishlatish maqsadga muvofiq emas. Ularda ham korpusga joylashgan egar bilan disklar orasidagi to‘sib qo‘yuvchi yuzalar tez yemiriladi. Ushbu zadvijkalarda disklarni shpindnllar orqali maxkamlanishi bo‘yicha mahkamligi yetarli emasdir.
Sanoatda to‘sib qo‘yadigan parallel zadvijkalar ham ishlab chiqariladi, ularda zatvor tekis plitadan iborat bo‘ladi. Bu zadvijkalar faqat ma’lum bir tomonlama o‘zini boshqaraoladigan bosimlar farqida ishlaydilar, ularni yaxshi chidamli suriladigan qismlardan yig‘ilgan holda rostlash maqsadida xam ishlatsa bo‘ladi.
Tekis plitali parallel zadvijkalarni katta bosimlar farqiga ega bo‘lgan parlar va suvlarni rostlash maqsadida ishlatiladi, ular kavitasiyaga kam uchraydilar. Ularni katta quvvatli ijro mexanizmlari bilan birga ishlatiladi.
|
| |