|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 63/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI
Zadvijkali rostlash organlari haqida ma’lumot bering?
Zaporli zadvijka haqida tushuncha bering?
Zatvor turlari haqida ma’lumot bering?
Ikki pozisiyali zadvijkali rostlash organlarini tushuntiring?
Zatvor konstruksiyasi bo’yicha necha xil bo’ladi?
Klinli zadvijka nima?
Parallel zadvijkani tushuntiring?
MAVZU: AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI
REJA:
Avtomatik rostlagichlarning tasnifi
Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar
Tayanch iboralar: Avtomatik rostlagich, bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagich, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, stabillovchi rostlagich, dasturli rostlagich, kuzatuvchi rostlagich, statik bosim rostlagichi, astatik bosim rostlagichi.
Avtomatik rostlagichlarning tasnifi
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnik vositalardan hisoblanadi. Rostlagichlarni tasniflash rostlash qonuni, rostlanuvchi kattalikning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga kо‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi kattalikning turiga kо‘ra rostlagichlar quyidalarga bо‘linadi: bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga kо‘ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obyektdan olingan energiyaning о‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qо‘shimcha energiya kerak bо‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‘ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bо‘linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga kо‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bо‘ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi rostlanuvchi kattalikning uzluksiz о‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi.
Rostlanuvchi kattalikning о‘zgarishi va rostlovchi ta’sir о‘rtasidagi bog‘lanish (yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga kо‘ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan ta’sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bо‘ladi.
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bо‘linadi.
Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi.
Dasturli rostlagichlar maxsus dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bо‘yicha avvaldan ma’lum bо‘lgan (qonun) bо‘yicha о‘zgarishini ta’minlaydi. Bu dastur texnologik reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bо‘ladi.
Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi kattalikning vaqt bо‘yicha о‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning о‘zgarshiga mos bо‘ladi.
|
| |