• Ikki egarli rostlash organining turlari.
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet54/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Ikki egarli rostlash organlari
    Ikki egarli rostlash organlarida korpusda ikkita egar joylashgan bo‘lib, ularni orasiga joylashgan zatvor ikkita kengaygan qismlardan iborat bo‘ladi va drossellovchi yana yopuvchi yuzalarga e bo‘ladi. Zatvorni egarga nisbatan surilishi oqibatida oqimni o‘tish yuzasi o‘zgaradi. Ikki egarli rostlash organlarining yaxshi tomoni zatvorga muhitni statik bosimi oqibatida unga bir tomonlama ta’sir etuvchi kuchni yo‘qligidir. Agar zatvorda bekituvchi yuzalar bo‘lmasa, drossellovchi yuzalar bir xil bo‘ladi, zatvor mutloq bo‘sh holda bo‘ladi. Kupchilik hollarda ikki egarli rostlash organlarining zatvorlarida drossellovchi va yopuvchi yuzalari xam bo‘ladi, rostlash organlarining detpallarini yig‘ish va sochib yuborish masalasini yechish uchun tepadagi egarni diamatrini pastki egarni diametridan kattaroq qilib tayyorlanadi. Ushbu konstruksiyadan kelib chiqib, muhitni zatvorga bo‘lgan gidrostatik bosimini turlicha bo‘lishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida unga tasir etayotgan kuchlarning nomuvonvnvtltgtnt ollib keladi. Lekin bu kuchlarning farqlari uncha katta bo‘lmaydi.
    Muhitni katta oqimida odatdagi kofigurasiyali drossellovchi yuzalarga ta’sir etadigan kuchlarni dinamik nomuvozanatligi yuzaga keladi.Dinamik nomuvozanatni yo‘qotish uchun ikki egarli zatvorlarni yuzalariga mazsus konfigurasiya beriladi.
    Ikki egarli rostlash organlarining yutuq tomonlarishuki drossellovchi yuzalarni konfigurasiyasini o‘zgartirish hisobiga kerakli konstruktiv va o‘tkazuvchanlik xarakteristikalarini olishga erishiladi. Gaz va parlarni rostlashda ularni tezligi katta bo‘lsa ikki egarli rostlash organlarini ishlash paytida tovush va tebranishlar paydo bo‘ladi. Ikki egarli rostlash organlarida zatvorni nogermetikligi nisbatan kattadir, ularni sabablari quyidagilardir:

    Ikki egarli rostlash organlarining konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha :

    • tarelkasimon;

    • probkasimon;

    • porshensimon ko‘rinishda bo‘ladilar.


    5 – rasm. Ikki egarli rostlash organining turlari.
    Tarelkasimon zatvorlarda drossellovchm va yopuvchi yuzalariyassi yoki konussimon formaga ega bo‘ladi. Tarelkasimon zatvorlar asosan ikkipozisiyali rostlash maqsadida ishlatiladi, ularni tezkor ishlaydigan rostlash organlari deyiladi.
    Probkasimon zatvorlarda drossellovchi yuzalar paraboloidga o‘xshaydi. Yopuvchi yuza konik kromkalardan iborat bo‘ladi. Ular ishlash sharoitlari og‘ir bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. O‘tkir burchaklarni yo‘qligi va konstruksiyadagi silliq o‘tishlar ularni qovushqoqligi yuqori bo‘lgan suyuqlirda xam ishlatsa bo‘lishini ta’minlaydi.
    Probkasimon zatvorlar korroziyaga va erroziyaga chidamlidirlar.
    Probkali zatvorlarni drossellovchi yuzalariga kerakli konfigurasiya berish oqibatida un konstruktiv va shunga to‘g‘ri keladigan o‘tkazuvchanlik xarakteristikalarini olsa bo‘ladi
    Uzluksiz rostlash uchung ishlatiladigan probka ko‘rinishidagi zatvorlar texnologik qulay bo‘lib, uqo‘lda bajariltshi kerak bo‘lgan texnologik operasiyalarni talab etmaydi, qattiq qotishmalardan qilib quyish masalasi juda qulay.

    Download 7,31 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.