|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 52/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Rostlash organlari haqida ma’lumot bering?
Qanday rostlash organlari uzluksiz rostlash organlari hisoblanadi?
Qanday rostlash organi diskret rostlash organi hisoblanadi?
Zatvorni nogermetikligi nima?
Uzluksiz avtomatik rostlash qanday rostlash organlari ishlatiladi?
Rostlash organlariga qanday talablar mavjud?
Mavzu: Bir egarli va ikki egarli rostlash organlari
REJA:
Bir egarli rostlash organi
Ikki egarli rostlash organi
Tayanch iboralar: Ijro mexanizmi, ijro etuvchi qurlma, rostlash organi, uzluksiz rostlash organlari, bir egarli rostlash organi, burchakli roastlash organi, Ikki egarli rostlash organi, zatvor, tarelkasimon zatvor, probkasimon zatvor, porshen ko‘rinishidagi zatvor, drossel, bosimlar farqi, o‘tkazuvchanlik xususiyati.
Bir egarli rostlash organi
Bir egarli rostlash organlari to‘g‘ri o‘tkazuvchan va burchak bo‘yicha o‘tkazuvchan turlarga bo‘linadi. To‘g‘ri o‘tkazuvchan organlarda muhit oqimini yo‘nalishi o‘zgarmaydi, burchak bo‘yicha o‘tkazuvchi turida esa muhit oqimini chiqishida oqim 90 0ga buralgan bo‘ladi. Muhitni statik bosimini zatvorga bir tomonlama ta’sir etishi tufayli uni effektiv ishlatishga quvvatli ijro mexanizmi kerak bo‘ladi.
Agar muhit shtokka teskari tomondan rostlash organini zatvoriga oqim stfatida yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda zatvor egardan uzoqlashtiriladi, shundy paytda ijro mexanizmida amalga oshiriladigan siljituvchi kuch muzitnibosimi hisobiga hosil bo‘layotgan teskari kuchni ham yengib o‘tishi kerak bo‘ladi. Hosil qilinadigan siljituvchi kuch zatvordagi bosimlar farqiga va egardagi o‘tish yuzasiga bog‘liqdir.
Agar muhitni yo‘nalishi shtok tomondan zatvorga qarab yo‘naltirilgan bo‘lsa unda muhitni bosimi oqim yo‘lini yopishga yo‘naltirilgan bo‘ladi, zatvorni egarga yopishtirib qo‘yadi. Bu holda zatvorni «so‘rib oladigan» kuch paydo bo‘ladi, uni ham hisobga olish kerakdir. Rostlash organlarining shunday konstruksiyalari borki ularni konstruksiyalarida zatvorni razgruzka qiluvchi porshen inobatga olingan bo‘lib uni yordamida muhitni statik bosimini tasiri kompensasiyalanadi. Bir egarli rostlash organlari ikki egarli rostlash organlarini qo‘llab bo‘lmaydigan hollarda ishlatmladi. O‘tish yo‘li kichik bulgan hollarda (15 mm.-gacha) ikki egarli organlarning korpuslarini yasash asosiy muammo bo‘lib hisoblanadi.
Burchakli bir egarli rostlash organlari o‘tish yo‘llari katta bo‘lgan va qovushqoqligi katta bo‘lgan muhitlarda, qattiq zarrachalari bor muhitlarda, katta bosim hisobiga zatvorda tebranish hosil bo‘lishi mumkin hollarda va tez yemirilishi mumkin bo‘lgan hollarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Burchakli rostlash organlarida kristallanadigan va qattiq zarrachalar o‘tirib qoladigan o‘lik zonalar bo‘lmaydi, uchramaydi.
1 – rasm. Bir egarli rostlash organlari. Burchakli (a), To‘g‘ri o‘tkazuvchan (b)
1-korpus; 2-sedlo; 3-vtulka; 4-zatvor; 5-prokladka; 6-ustki qopqoq; 7-shtok;
8-prujina; 9-kolso; 10-pastki qopqoq.
Bir egarli burchakli konstruksiyasi quyma qilib tayyorlanadigan rostlash organlarini tayyorlash texnologiyalari oson texnologiya hisoblanadi.
Bir egarli rostlash organlarini yaxshi tomoni ularda o‘tish yo‘li germetik holda yopiladi. Bu rostlash organlarida siljituvchi kuch eichlashadigan yuzalarni to‘liq yopilishini amalga oshiraolishi shartdir. Metaldan qilingan yopishuvchi yuzalarni, klapanlarini o‘lchovlari 40-50 mm bo‘lganida siljituvchi kuchni qiymati kata bo‘lishi kerak bo‘ladi, shuning uchun xam o‘z-aro tegib turadigan yuzalarni bir tomoniga yumshoq materialjdan qilingan kolsolar o‘rnatilishi taklif etiladi. Bir egarli rostlash organlarini xam zatvorlari drossellovchi yuzalarini konfigurvsiyasi bo‘yicha: - tarelkasimon; - probkali; - porshenli, shlisli bo‘ladilar. Undan tashqari zatvorlar porshenli-kanavkali va porshenli pog’onali bo‘ladilar.
2 – rasm. Bir egarli rostlash organining zatvorlari.
|
| |