|
Pnevmatik membranali ijro mexanizmlari hisoblash
|
bet | 36/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifPnevmatik membranali ijro mexanizmlari hisoblash
Sanoatda ko‘proq membranali ijro mexanizmlari ishlatiladi. Siljituvchi kuch siqilgan ishchi bo‘shliqdagi havoni bosimi bilan amalga oshiriladi. Bu kuch elastik (rezina va gazlamali), germetik tepa va past tomondan qopqoqlar bilan mahkamlangan, membranaga ta’sir etadi. Membrananing markaziy qismi siljituvchi kuchni qabul qilib oladigan tayanch diskga tayanadi. Tayanch disk ijro mexanizmini zvenosi bilan bevosita bog‘langan, shunday qilib, kuchni rostlash organiga uzatiladi.
Unchalik tarang bo`lmagan membranaga ega membranali ijro mexanizmlari MIM pnevmoavtomatikada rostlash organlarining uzatmasi sifatida keng qo`llaniladi.
MIM turli modifikatsiyalangan bo`lishi mumkin: pozitsionerlari bo`lmagan prujinali, pozitsionerlarga ega prujinali, pozitsionerlarga ega prujinasiz. Membranali prujinali ijro mexanizmlari yuqori va quyi qopqoqlar hamda membranadan iborat ishchi bo`shliqqa ega. Mexanizm shtoki ilgarilanma-qaytma harakat qiladi. Siljituvchi kuch ishchi bo`shliqda membranaga bir yo`nalishda bosim ta`sir qilishi hisobiga, teskari yo`nalishda esa siqilgan prujinaning elastik kuchi hisobiga hosil bo`ladi. Prujinaning mavjudligi ishchi bo`shliq bosimi hamda ijri mexanizmining chiqish qismi holati ortasida ma‘lum munosabatni yaratadi. Membranali ijro mexanizmning mavjud afzalligi konstruksiyasining oddiyligi hisoblanadi, rostlash klapanlarining uzatmalari sifatida keng qo`llaniladi. Membranali pnevmouzatma pozitsioner qo`llanilishi hisobiga yanada yaxshi ishlashi mumkin. Pozitsioner pnevmouzatmaga bir yo`nalishli harakatni ta‘minlaydi, uning sezgirligini va inersionligini oshiradi, buyruq signali qiymatiga mos ravishda pozitsiyaga o`tish aniqligini oshiradi.
1-rasm. Membranali ijro mexanizmining ishchi bo`shlig’i.
1 – yuqori qopqoq; 2 –membrana; 3 – tayanch disk; 4 – quyi qopqoq; 5 - shtok
Membrananing markaziy qismi siljituvchi kuchni o`ziga oluvchi tayanch diskiga tiraladi. Tayanch disk ijro mexanizm chiqish qismi, ya‘ni rostlash organiga kuchni uzatuvchi shtok yoki val bilan mustahkam bog‘langan. Membranali ijro mexanizmlarda siqilgan havoni membranaga bosim kuchi bosim P yoki membrananing yuqori va quyi bosimlari farqi ∆P ni effektiv yuza Fe qiymatiga ko`paytmasi bilan aniqlanadi. Effekti yuza qiymati quyidagi formula bilan aniqlanishi mumkin:
Bu yerda De – effektiv diametr.
2-rasm. IM membranasiga kuchlarning ta’sir sxemasi
Neytral holatda membrananing effektiv yuzasi qattiq markaz diametrini hisobga olgan holda hisoblanadi:
D – membrananing berkitish diametri, sm; d – tayanch diskning tashqi diametric, sm. Berkitish diametri membrananing maksimal diametri hisoblanadi.
Sanoat MIM uchun membrane berkitish diametrli IM shartli yo`liga bog‘liq quyidagi munosabat juda o`rinli:
Amalda tayanch disk diametric berkitish diametriga bog‘liq holda quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
d≈0,8D.
3-rasm. Gofrlangan membranali IM kamerasi: 1 – membrana; 2 – tayanch disk
Membrana rezina to`qimali materialdan tayyorlanadi.
|
| |