Elektromagnitli ijro mexanizmlari




Download 7,31 Mb.
bet21/96
Sana25.06.2024
Hajmi7,31 Mb.
#265543
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96
Bog'liq
Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

Elektromagnitli ijro mexanizmlari
Avtomatik rostlash va pozitsion ishlash prinsipini boshqarish tizimlarida elektr toki energiyasini ishchi organning ilgarilanma-qaytma harakatiga o`zgartirib beruvchi elektromagnitli uzatmalarga ega ijro mexanizmlari sifatida ancha keng tarqalgan elektromagnitli ijro mexanizm(EMIM)lari mavjud.
EMIM boshqarish ob‘yektining rostlash organiga ta‘sir ko`rsatish maqsadida elektr tokini mexanik siljishga o`zgartirish uchun hizmat qiladi. Bu ijro mexanizmlari elektr signalni mexanik siljishga o`zgartirib beruvchi eng keng tarqalgan o`zgartirgichlar hisoblanadi. EMIM mexanizmlar, elektr apparatlar va relelar qatori uzatmali va boshqarish qurilmasi sifatida qo`llaniladi. Masalan, yuk ko`taruvchi va tormozli elektromagnitlarda, kommutasion apparatlarni ulash va uzish uzatmalarida, elektromagnit kontaktorlarda, avtomatik rostlagichlarda, mexanik, pnevmatik va gidravlik zanjirlarni ulash va uzish, aylanuvchi vallarni qo`shish va ajratish, klapanlar, ventillar, zaslonkalar, zolotniklarni bir necha nyuton kuch kuch bilan bir necha millimetrli uncha katta bo`lmagan masofalarga ochish va yopish uchun mo`ljallangan uzatmalarida qo`llaniladi.
EMIM vazifasiga ko`ra quyidagicha farqlanadi:

  • ferromagnit jismlar holatini qayd etish uchun mo`ljallangan tutib qoluvchivchi elektromagnit. Masalan, ferromagnit materiallardan predmedlarni ko`taradigan elektromagnitlar. Ular ish bajarmaydilar, ulardan faqat hisob kitob qilingan ma‘lum kuch talab etiladi.

  • ijro qurilmalarni siljitishga hizmat qiluvchi uzatmalar, masalan, klapanlar, zolotniklar va zaslonkalar. Shuningdek, ular kontaktorlarda, elektromagnit muftalarda va boshqalarda ishlatiladi. Bu elektromagnitlar ma‘lum belgilangan ishni bajaradi, shuning uchun ular aniq bir kuchda siljishga hisob kitob qilingan bo`ladi.




Yuk ko`taruvchi elektromagnit





Tormozli elektromagnit







Elektromagnit kontaktorlar





Elektromagnit klapan






Download 7,31 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   96




Download 7,31 Mb.