• 5-rasm. Ikki kaskadli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi
  • Pnevmatik rostlagichlar.
  • -rasm. Zolotnikli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi




    Download 7,31 Mb.
    bet18/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    4-rasm. Zolotnikli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi:
    1 – elektromexanik o`zgartirgich o`qi; 2 – tyaga (mexanizmning tortish quvvatini bir qismidan
    ikkinchisiga uzatib berib turuvchi uzun o`q); 3 – plastina; 4 – plastina prujinasi;
    5,7,8 – kanallar; 6 – korpus

    Kombinatsiyalashgan pnevmatik kuchaytirgichlar tipiga ko`p kaskadli pnevmatik kuchaytirgichlar tegishli bo`ladi. 5-rasmda ikki kaskadli pnevmatik kuchaytirgichning tipik konstruksiyasi ko`rsatilgan. Bunday pnevmatik kuchaytirgichning kirish kaskadi purkovchi trubkali kuchaytirgichdan iborat, kuch kaskadi esa soplo-zaslonkali pnevmokuchaytirgichdan tashkil topgan.



    5-rasm. Ikki kaskadli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi:
    Gkir1kirish kaskadining gaz sarfi; Gkir – kuch kaskadining gaz sarfi; 1 – zaslonka porsheni; 2 – zaslonka; 3 – vtulka; 4 – barmoq(palets); 5 – zaslonka tyagasi;
    α – purkovchi trubkaning og‘ish burchagi
    Pnevmatik rostlagichlar.
    Pnevmatik rostlagichlardagi signallarning energiya manbai va tashuvchisi sifatida siqilgan havo ishlatiladi. Rostlanadigan parametrning joriy qiymati haqidagi ma‘lumot, topshiriq signali, ijro mexanizmiga beriladigan buyruq signali – bularning barchasi zamonaviy pnevmatik rostlagichlarda 0,02 – 0,1MPa bosim ostidagi siqilgan havo ko`rinishida tasavvur qilinadi. Odatda pnevmatik rostlagich o`lchash qurilmasi, buyruq beruvchi qurilma, rostlash va ijro etuvchi qurilmadan iborat.
    Pnevmatik o`lchash qurilmalari rostlanadigan parametrning joriy qiymatini pnevmatik signalga uzluksiz o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
    Hozirgi vaqtda turli tipdagi pnevmatik o`lchash qurilmalari juda ko`p miqdorda qo`llanilmoqda. Ularni sxemali-konstrutiv munosabatda ikki guruhga bo`lish mumkin:
    asbob tipidagi o`lchash qurilmalari, bular turli o`lchash asboblari ichiga o`rnatilgan pnevmoo`zgartirgichlardan iborat.
    maxsus datchik-o`zgartirgichlar, bular huddi avomatik nazorat va rostlash pnevmatik tizimlarining birlamchi asboblari amal qilinadi.
    Birinchi guruh o`lchash qurilmalarini misol sifatida qarshilik termometri yordamida haroratni o`lchash uchun avtomatik elektron ko`prik deb nomlash mumkin, agarda ko`prikka pnevmoo`zgartirgich ichki o`rnatilgan bo`lsa.
    Ikkinchi guruh o`lchash qurilmalariga difmanometrlar tegishlidir, ularning chiqish signali 0,02 – 0,1MPa bosim ostidagi siqilgan havodan iborat.
    Pnevmatik rostlagichlarda buruq beruvchi qurilma sifatida odatda reduktorlar, bosim stabilizatorlari qo`llaniladi. Reduktorning sozlangan prujinasi yordamida buyruq beruvchi qurilma chiqishida 0,02 – 0,1MPa standart diapazonli ma‘lum bosimni o`rnatish mumkin.
    Rostlash qurilmasi rostlashning standart qonunlaridan birini shakllantiradi va taqqoslash elementi va shakllantirish qurilmasidan iborat. Taqqoslash elementi pnevmatik rostlagichlarda membranalar yig‘ilmasi ko`rinishida bajariladi, shakllantiruvchi qurilma esa – teskari aloqali ―soplo-zaslonka‖ va kuchaytirgich tuguni sifatida bajariladi.
    Pnevmatik ijro qurilmasi rostlash qurilmasidan berilgan buyruqli pnevmatik signalni rostlash organining siljishiga o`zgartirib berishga xizmat qiladi. Pnevmatik rostlagichlardagi ma‘lumotlarni uzatuvchi aloqa liniyasi sifatida metall yoki plastmassali trubao`tkazgichlar ishlatiladi.
    Pnevmatik rostlagichlar uchun alohida ta‘minot manbasi – siqilgan havo uzatish tizimiga ega bo`lish zarur. Ko`p hollarda bu maqsad uchun havoni ta‘minlovchi maxsus tizimni yaratishga to`g‘ri keladi, havo ta‘minlovchi ishining sifatiga va ishonchliligiga yetarli darajada qattiq talab qo`yiladi.
    Pnevmatik rostlagichlarning muhim hususiyati bo`lib, ularning yuqori darajadagi ekspluatatsion ishonchliligi hisoblanadi. Ular uzoq vaqt davomida og‘ir ekspluatatsion sharoitlarda buzilmay, to`xtamasdan ishlay oladi.

    Download 7,31 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Zolotnikli pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi

    Download 7,31 Mb.