|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 16/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Gidrotizim nima?
Gidrotaqsimlagich va unng turlari?
Zolotnikli taqsimlagichlarni ishlash prinsipini tushuntiring?
Kranli taqsimlagichlar haqida ma`lumot bering?
Klapanli taqsimlagichlar haqida ma`lumot bering?
Gidravlik rostlagich haqida ma`lumot bering?
Mavzu: Pnevmokuchaytirgichlar va pnevmorostlagichlar.
Reja:
1. Pnevmokuchaytirgichlar.
2. Pnevmorostlagichlar.
Tayanch iboralar: Pnevmatik kuchaytirgich, bosimlar farqi, kuchaytirish koeffisiyenti, impuls, drosselli boshqarish, zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich, purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgich, soplo-zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich, zolotnikli pnevmatik kuchaytirgich, elektromexanik o`zgartirgich, pnevmatik rostlagich.
Pnevmatik kuchaytirgichlar.
Avtomatik rostlash tizimi pnevmatik uzatmalarida boshqarish organlarini siljitish uchun zaruriy energiya sifatida mahsus manbadan keluvchi gaz energiyasi ishlatiladi. Har qanday pnevmatik uzatma pnevmatik kuchaytirgich va pnevmatik ijro qurilmasidan iborat bo`ladi. Pnevmatik ijro qurilmasining ikkita ishchi kamerasi orasidagi gaz oqimlarini taqsimlash, bosim va sarfni rostlash pnevmatik kuchaytirgich yordamida amalga oshiriladi. Pnevmatik dvigatel bo`shliqlaridagi bosimlar farqi ma‘lum sarfga mo`ljallangan tezlikka mos holda porshen va shtokni siljituvchi kuchini hosil qiladi.
Pnevmatik kuchaytirgich bilan boshqariladigan ta‘sir quvvati juda kichik (bir necha vatt), ikkita gaz oqimlarining pnevmatik dvigatel porsheniga bo`ladigan ta‘sir quvvatlari farqi esa ancha yuqori (kilovattlarda), demak bu holda katta kuchaytirish koeffisiyenti hosil bo`ladi. Bu narsa ko`p holatlarda ishonchli, oddiy va kompakt pnevmatik kuchaytirgichlar yaratish imkonini beradi.
Pnevmatik kuchaytirgich PK avtomatlashtirilgan uzatmaning shunday qurilmasiki, quvvat bo`yicha elektromexanik o`zgartirgichning kichik mexanik signalini pnevmatik dvigatel chiqish vali tezligini o`zgartirish maqsadida pnevmatik dvigatelga beriladigan ancha kuchli gaz oqimi ta‘siriga o`zgartirib berishga mo`ljallangan.
Pnevmatik kuchaytirgich uzatma tizimining quvvat bo`yicha umumiy kuchaytirish koeffisiyentini gaz oqimi (siqilgan havo, istalgan tarkibdagi qaynoq gaz) ning qo`shimcha energiyasidan foydalanish evaziga oshiradi.
Barcha pnevmatik kuchaytirgichlar uchta rostlash tizimlari sinfiga bo`linadi.
Bular quyidagilar:
Uzluksiz ta’sir qilish tizimi. Elektromexanik o`zgartirgichning boshqaruv ta‘siri va pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlari orasida uzluksiz funksional bog‘liqlik bor.
Impulsli ta’sir qilish tizimi. Pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlarining qiymatlari impulslar ketma-ketligidan iborat, impulslar qaytarilish chastotasi elektromexanik o`zgartirgichning alohida (diskret) vaqt momentidagi boshqaruvchi ta‘sir qiymatiga bog‘liq.
Releli ta’sir qilish tizimi. Pnevmatik kuchaytirgich gaz oqimi parametrlarining qiymatlari boshqaruvchi ta‘sirning kirishdagi qiymatiga bog‘liq bo`lmagan holda doimiy bo`lib qoladi, uning qutbliligi esa ushbu ta‘sir belgisini anglatadi.
O`z navbatida pnevmatik kuchaytirgichlarning har bir tizimi drosselli boshqarish tamoyiliga ko`ra beshta turli tiplarga bo`linadi:
Kirish va chiqishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgichlar (purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgichlar);
Kirishda bitta bo`shliqqa va chiqishda boshqa bo`shliqdan drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgichlar (zolotnikli pnevmatik kuchaytirgich);
Faqat chiqishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgich (soplo (konussimon naycha) - zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich);
Faqat kirishda drosselli boshqarishga asoslangan pnevmatik kuchaytirgich (zaslonkali pnevmatik kuchaytirgich);
Kombinatsiyalashgan tipli pnevmatik kuchaytirgich.
Purkovchi trubkali pnevmatik kuchaytirgich qurilmasini o`rganish va uning ishlash prinsipini aniqlash uchun 1 -rasmda pnevmatik kuchaytirgichning konstruktiv sxemasi, 2a-rasmda esa gaz oqimlarining sxemasi ko`rsatilgan. Gaz oqimi shtuser(sirti rezbali kalta truba parchasi) 1 va o`tish vtulkasi(tiqini) 3 orqali o`tadi. Purkovchi trubka 2 va qabul qiluvchi darchalar 5 va 6 kirish oqimi Gkir ni pnevmatik dvigatelning birinchi (G11) va ikkinchi (G12) bo`shlig‘iga oqib kiruvchi oqimni o`zgartiradigan elektromexanik o`zgartirgich o`qi 4 ning aylanish burchagiga bog‘liq holda ikkita o`zgaruvchiga bo`ladi. Bunda pnevmatik dvigatel bo`shliqlaridan oqib chiquvchi oqimlar(G21 va G22) ham aylanish burchagiga bog‘liq holda o`zgaradi. Avtomatik rostlash uzluksiz tizimida elektromexanik o`zgartirgichning boshqaruvchi ta‘siri, elektromexanizk o`zgartirgich o`qi aylanish burchagi (α) va oqimlar parametrlari (G11, G12, G21va G22) o`rtasida uzluksiz funksional bog‘liqlik mavjud.
|
| |