• Tortuv mashinasining o’z-o’zidan qo’zg’atish shartlari
  • Tortuv mashinasining o’z-o’zidan qo’zg’atish shartlari Ketma-ket qo’zg’atishli reostatli tormozlash tavsiflari




    Download 0.73 Mb.
    bet1/4
    Sana01.04.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #184829
      1   2   3   4
    Bog'liq
    12-mavzu(2-soat). Ketma-ket qo\'zg\'atishli TM tormozlash
    diyorbek rajabov bitiruv oldi amaliyoti

    Ketma-ket qo’zg’atishli TEM reostatli tormozlash


    Reja
    1. Tortuv mashinasining o’z-o’zidan qo’zg’atish shartlari

    2. Ketma-ket qo’zg’atishli reostatli tormozlash tavsiflari

    3. Reostatli tormozlashda ketma-ket qo’zg’atishli tortuv mashinalarining ulanish sxemalari


    Tortuv mashinasining o’z-o’zidan qo’zg’atish shartlari


    Dvigatel rejimidagi tortuv o’zgarmas tok mashinasi tok va EYuK yo’nalishlarini ko’rib chiqamiz (1, a - rasm).
    Tarmoqdan uzilgandan so’ng qoldiq oqim Фо va qoldiq aylanish EYuKsi Εо saqlanib qoladi (1, b - rasm).

    1-rasm
    Tormoz konturi rТ qarshilikda tutashganda (1, c - rasm) Εо EYuK dvigatel rejimidagiga nisbatan qo’zg’atish cho’lg’amida qarama-qarshi yo’nalishdagi I0 tokni hosil qiladi. Tokning bunday yo’nalganligi magnit oqimning Фo → 0 bo’lishiga olib keladi, tortuv mashinasi magnitsizlanib I0 → 0 bo’ladi. Bunday elektr mashinani o’z-o’zidan qo’zg’atish uchun qo’zg’atish cho’lg’amida (1, d - rasm) yoki yakor cho’lg’amida tok yo’nalishini o’zgartirish lozim (1, e - rasm).
    Zanjirda o’z-o’zidan qo’zg’atish jarayonida tokning ortishi (2, a - rasm) nochiziq tenglama yordamida aniqlanadi:

    Ushbu tenglama grafik usulida yechiladi (2, b - rasm). Bunda I0 tok magnit oqim Фo oshira boshlaydi, bu esa o’z navbatida Εо EYuKni oshishiga olib keladi. Buning natijasida Εо va I0 o’rnatilgan qiymat Еy va Iy gacha oshadi.
    Elektr mashinaning o’z-o’zidan qo’zg’atish jarayonida tokning ortish vaqti asosan uch faktor yordamida aniqlanadi:

    1. yakor cho’lg’ami induktivligi Lya;

    2. tortuv dvigateli asosidagi uyurmaviy toklar ta’siri;

    3. magnit oqimning boshlang’ich qiymati Фo.


    2-rasm.
    Ushbu faktorlarni hisobga olib o’z-o’zidan qo’zg’atish jarayonida tokning ortishi 2, c - rasmda ko’rsatilgan ko’rinishda bo’ladi va 1,5-2,0 sek davom etadi.
    Magnitlanish kuchi 10 % gacha bo’lgan qo’shimcha mustaqil qo’zg’atish cho’lg’amiga ega tortuv elektr mashinasida o’z-o’zidan qo’zg’atish jarayoni 0,5 sekundgacha kamayadi. 2, c - rasmda shtrix chiziqlar bilan ko’rsatilgan. Bu asosan metropoliten vagonlarida tormozlash jarayoni tez-tez takrorlanishi sababli qo’llaniladi.
    Xulosa

    1. Tortuv dvigateli magnit tizmining to’yingan holatida tormozlanishning o’rnatilgan rejimi mumkin. To’yinmagan zonada kritik rejim-befarq muvozanat rejimi o’rinli bo’lib, bu holatda tormozlanish kafolatlanmagan.

    2. Kritik tezlik va kritik qarshilik magnitlanish egri chizig’ining to’g’ri qismiga mos keluvchi I(rд + rT) to’g’ri chizig’iga mos keladi. Chegaraviy tezlikdan past tezlikda va chegaraviy qarshilikdan yuqori qarshilikda tormozlanish mumkin emas.

    3. Tormozlash kuchi va tormozlash toki doimiyligini saqlash uchun tezlik pasayib borishiga mos ravishda tormoz qarshiligi rT ni pasaytirib borish zarur.

    4. Reostatli tormozlashning minimal tezligi rT=0 bo’lgandagi chegaraviy tezlikka tengdir.


    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tortuv mashinasining o’z-o’zidan qo’zg’atish shartlari Ketma-ket qo’zg’atishli reostatli tormozlash tavsiflari

    Download 0.73 Mb.