|
Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish
|
bet | 7/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifNAZORAT SAVOLLARI:
Signal o‘zgartkichlarning texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimida vazifasi nimadan iborat?
Ikkilamchi asbob deganda nimani tushunasiz?
O’lchov asboblarining aniqlik sinfi nima?
Masofaga uzatish tizimlarini tuzilishini izohlab bering?
Chiqish signallarini bir xillashtirish deganda nimani tushunasiz?
Unifikasiyalangan signal qanday signal?
Pnevmatik chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartkichlar qayerda qo‘llaniladi?
Mavzu: Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari.
Reja:
1. Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari.
2. Pnevmatik o`zgartirgichlar
Tayanch iboralar: pnevmatik signal, pnevmatik o‘zgartkichlar, pnevmatik rostlagichlar, pnevmatik kuchaytirgichlar, pnevmatik ijro mexanizmlari, pnevmotaqsimlagichlar, pnevmoklapanlar, pnevmogidravlik o`zgartirgichlar, pnevmoelektrik o`zgartirgichlar
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalari
Pnevmatik qurilmalar neftni qayta ishlash, neftkimyo va gaz sanoatlarida texnologik jihozlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishning effektiv vositalari bo`lib hisoblanadi.
Bu ularning o`ziga hos prinsipial afzalliklaridan kelib chiqadi. Ushbu afzalliklar detallarni qisish va qayd etish jarayonini bajarishda, chiziqli o`lchamlarini nazorat qilishda, detallarni qirrasi bo`ylab burishda, yig`uv jarayonini bajarishda, yuklarni transportlarda tashish, detall va instrument asosiy ishlov berish sirtini tozalashda, sanoat robortlari harakatini amalga oshirishda namoyon bo`ladi.
Pnevmatik qurilmalarning bunday prinsipial afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Tuzilishi va hizmat ko`rsatishining soddaligi;
Yuqori buzilmay ishlash hususiyati mavjudligi;
Harorat, namlik va changlikning keng diapazonida ishlash ishlash hususiyatini saqlab qolishi;
Alohida pnevmatik qurilmalar uchun 10…20.000 soatga etadigan katta ishlash vaqti;
Chiziqli harakat uchun 15m/s, aylanuvchi harakat uchun 20.000 ayl/daq. ga etadigan ijro mexanizmlar siljishining yuqori tezligi;
Energiyatashuvchi (siqilgan havo)ni uzoq masofalarga uzatishini oddiyligi;
Energiya ishlab chiqarishni markazlashgan manbai (odatda zavodning kompressor tarmog`i);
Mexanizmning shikastlanishsiz to`xtash va tormozlanish imkoniyati.
Pnevmatik qurilmalar quyidagi kamchiliklarga ega:
Boshqaruvchi signallarni uzatish tezligining yuqori emasligi;
Yuklama tebranganda ishchi organlarning ravon siljishini ta‘minlashning qiyinligi;
Siqilgan havoni ishlab chiqish narhining birmuncha qimmatligi.
Sanoatda pnevmatik texnika bosimning uch xil sathida ishlatiladi: yuqori sath (0.2 … 1.0MPa), o`rta sath (0.1 … 0.25MPa) va quyi sath (0.001 … 0.01MPa).
Avtomatlashtirishning pnevmatik texnik vositalariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin:
1. Pnevmatik o`zgartirgichlar:
1.1. Kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich.
1.2. Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich.
1.3. Kuchni tokka o`zgartiruvchi o`zgartirgich.
1.4. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartiruvchi o`zgartirgich.
1.5. Ikkilamchi pnevmatik asbob o`zgartirgichlari.
2. Pnevmoavtomatikaning asosiy bo`ginlari:
2.1. Pnevmatik kameralar.
2.2. Bosimlarni pnevmatik hal qiluvchi kuchaytirgichlar.
2.3. Pnevmatik signallarni eslab qolish va kechiktirish qurilmalari.
2.4. Impulsatorlar.
2.5. Pnevmatik impuls generatorlar.
2.6. Alohida kirishlarga ega triggerlar.
2.7. Pnevmatik chiziqli pulsatsiya beruvchi qarshiliklar.
3. Uzluksiz harakatdagi pnevmatik rostlagichlar.
3.1. Pozitsion rostlagich.
3.2. Proporsional rostlagich.
3.3. Proporsional-integral rostlagich.
3.4. Proporsional-integral-differensial rostlagich.
4. Pnevmatik ijro mexanizmlari:
4.1. Ilgarilanma harakat ijro mexanizmlari.
4.2. Aylanma harakat ijro mexanizmlari.
4.3. Purkovchi ijro mexanizmlari
5. Rostlash organlari.
6. Pnevmatik kuchaytirgichlar.
7. Pnevmatik qaytargichlar.
8. Pnevmatik taqsimlagich klapanlar.
|
| |