• Texnik vosita komplekslari
  • Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish




    Download 7,31 Mb.
    bet4/96
    Sana25.06.2024
    Hajmi7,31 Mb.
    #265543
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
    Bog'liq
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazif

    Oltinchi bosqich. TJ ni boshqaruvchi mikroprosessorlarning tez ishlash qobilyati va boshqa resurslarining oshishi hozirgi vaqtda boshqarishning intellektual tizimlarini yaratish bosqichiga o`tish haqida so`z yuritish imkonini berdi. Bunday tizimlar ma‘lumotli noaniqlik sharoitlarida, ya‘ni korxonani daromad olishiga ta‘sir qiluvchi omillar haqidagi zaruriy ma‘lumotlarni yetishmasligida korxonani boshqarishga oid natijaviy yechimlarni qabul qilishga qodir.
    Avtomatlashtirshning texnik vositalari iste‘mol qiluvchi energiya turiga quyidagi asosiy turlarga bo`linadi:

    • elektrtli texnik vositalar;

    • pnevmatik texnik vositalar;

    • gidravlik texnik vositalar.

    Sanoat ishlab chiqarishida aralash turdagi texnik vositalar juda keng ishlatiladi. Bunday texnik vositalar ikkita turli texnik vositalarni o`z ichiga oladi va kombinatsiyalashgan texnik vositalar deb ataladi. Ushbu texnik vositalarga elektropnevmatik, pnevmogidravlik hamda elektrogidravlik texnik vositalarni misol qilish mumkin.


    Texnik vosita komplekslari
    Avtomatlashtirishning texnik vositalari ATV va asbob va avtomatlashtirsh vositalarining Davlat tizimi (ADT) lariga ta`aluqli umumiy savollarni o`rganish zaruriyati avtomatlashtirishning texnik vositalari ADTning ajralmas qismi hisoblanishini takidlaydi. ATV ishlab chiqarishning sanoatlashgan va sanoatlashmagan soxalarida information-boshqarish tizimlarini amalga oshirish asosini tashkil qiladi. ADTning tashkil qilish tamoyillari ko`p darajada texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashgan tizimlari texnik ta‘minotini loyihalash bosqichi mohiyatini belgi laydi. O‘z navbatida, ADT asosini texnik vositalarning muammoli-taxminiy agregat komplekslari tashkil etadi.
    Avtomatlashtirishning tipik vositalari texnikaviy, apparatli, dasturiy-texnik va umumtizimli bo`lishlari mumkin.
    Avtomatlashtirishning texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

    • Datchiklar;

    • Ijro mexanizmlari;

    • Rostlash organlari;

    • Aloqa liniyalari;

    • Ikkilamchi asboblar(ko`ratuvchi va qayd etuvchi);

    • Analog va raqamli rostlash qurilmalari;

    • Dasturiy-beruvchi bloklar;

    • Mantiqiy-buyruqli boshqarish qurilmalari;

    • Ma‘lumotlarni yig`ish va ularga birlamchi ishlov berish hamda boshqarishning texnologik ob‘ekti(BTO) holatini nazorat qilish moduli;

    • Galvanik yechim va signallarni me‘yorlashtirish modullari;

    • Signallarni bir shakldan boshqasiga o`zgartiruvchi qurilmalar;

    • Boshqarish signallarini ishlab chiqarish va qayd etish, indikatsiyalash, ma‘lumotlarini ko`rsatish modullari;

    • Buferli hotira qurilmalari;

    • Dasturlashgan taymerlar;

    • Maxsus mo`ljallangan hisoblash qurilmalari;

    Avtomatlashtirishning dasturiy-texnik vositalariga quyidagilar tegishli:

    • Analog-raqamli va raqamli-analog o`zgartirgichlar;

    • Boshqaruvchi vositalar;

    • Ko`p konturli analog va analog-raqamli rostlagich bloklari;

    • Ko`p aloqali dasturli mantiqiy boshqarish qurilmalari;

    • Dastur yoziladigan mikrokontrollerlar;

    • Lokal-hisoblash tarmoqlari.

    Umumtizimli avtomatlashtirish vositalariga quyidagilar tegishli;

    • Biriktirish qurilmalari va aloqa adapterlari;

    • Umumiy hotira bloklari;

    • Magistrallar(shinalar);

    • Umumtizimli diagnostika qurilmalari;

    • Ma‘lumotlarni to`plash uchun to`g`ridan-to`gri ruhsat etilgan prosessorlar;

    • Operator pultlari.


    Download 7,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




    Download 7,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazifasi: a texnologik jarayondagi parametrlarning o`zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish

    Download 7,31 Mb.