|
Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkich
|
bet | 9/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifSiljish kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkich
Siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar o‘lchash bloki sezgir elementining siljishini 20—100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan.
2-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo‘yicha ishlaydigan pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Ta’minlovchi havo bosimi hamda o‘zgartkich chiqishidagi havo bosimi М1 va М2 manometrlar orqali nazorat qilinadi.
2 – rasm. Siljish kompensatsiyali pnevmatik o‘zgartkich sxemasi.
Birlamchi rele tarkibiga o‘zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o‘lchash bloki 1 ning sezgir elementi bilan bog‘langan to‘siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-ket ulangan drossel va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 larni o‘z ichiga oladi. Birinchi soplodan P0 bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan mavjud. Uning holatiga ikkala drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel qarshiliklari ham bog‘liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan konsentrik o‘rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan silfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog‘langan. Silfon yuritmasiga P1 va P2 bosimlardan o‘zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta’sir qiladi.
To‘siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan parametr qiymatiga bog‘liq. To‘siq soploni berkitganda silfonga ta’sir qiladigan Р1 bosim ko‘payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; P2 bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda, P2 bosim o‘zining maksimal qiymatiga erishadi. To‘siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi, ya’ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning uchun P2 bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‘liq ochilishida nolga tenglashadi.
Havo bosimining va o‘lchanayotgan parametrning o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi. P2 bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‘siqni soplo 3 dan chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o‘lchagichlar ishlatilishi mumkin.
|
| |