Mavzu: Ob’ekt xolati haqida ma’lumot olishning texnik vositalari.
REJA:
Signal o‘zgartkichlari
Chiqish signallarini bir xillashtirish
Tayanch iboralar: Birlamchi o‘zgartkich, oraliq o‘zgartkich, sezgir element, ikkilamchi asbob, elektr o‘zgartkichlar, pnevmatik o‘zgartkichlar, gidravlik o‘zgartkichlar, bir xillashtirilgan signallar, pnevmatik signallar, elektr signallar, aniqlik sinfi
Signal o‘zgartkichlari
Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartirish zarurligi nazarda tutiladi. Bu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash signallarini o‘zgartirishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi.
Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa yo‘llaridan tashkil topgan tizimlardan iborat.
Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhit ta’sirida bo‘ladi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elektrik, pnevmatik, gidravlik) aloqa yo‘llari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan.
Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir element o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fizik tabiatli signalga o‘zgartiradi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa yo‘li bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi.
1.1.-rasm.Bosimni o‘lchash uchun o‘lchash komplekti sxemasi
Agar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartirsa, unda oraliq o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartiradi, keyin bu signal aloqa yo‘li buyicha ikkilamchi asbobga uzatiladi. Misol sifatda 1.1-rasmda bosim o‘lchash tizimining sxemasi keltirilgan. P bosim o‘zgarganda membrana 1 (sezgir element) egiladi, bunda uning markazining siljishi X statik tavsif X=f(p) ga mos ravishda bosim bilan bir qiymatli bog‘langan bo‘ladi. Agar bunday asbob faqat ko‘rsatuvchigina bo‘lsa edi, unda bosimni aniqlash uchun strelkani membrana markazi bilan kinematik aloqa yordamida ulash yetarli bo‘lardi. Bosimni masofadan o‘lchashda mexanik kattalikni — X siljishni, uni aloqa yo‘li 4 bo‘yicha ikkilamchi asbob 5 ga uzatish uchun, mutanosib elektr signalga o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartirish birlamchi asbob 3 ning oraliq o‘zgartkichi 2 yordamida bajariladi.
Chiziqli siljishni bir xillashtirilgan chiqish signaliga o‘zgartirish uchun differensial-transformatorli va magnit kompensatsiyali o‘zgartkichlar keng qo‘llana boshlandi. Burchak siljishlarni o‘zgartirish uchun ferrodinamik va chastotali, kuchlarni o‘zgartirish uchun kuch kompensatsiyali (elektr va pnevmatik) o‘zgartkichlar qulay. O‘zgartkich turi o‘zgartirilayotgan signalning ko‘rinishi va aloqa yo‘li bo‘yicha uzatiladigan signalning berilgan ko‘rinishiga bog‘liq (tok, kuchlanish, bosim va h.).
Zamonaviy o‘zgartkichlar va asboblarning muhim xususiyati ularning chiqarish signallarining bir xillashtirishdir. Bu o‘lchov vositalari o‘zaro almashinuvchanlikni, markazlashtirilgan nazorat qilishni taminlaydi va ikkilamchi asboblar turlarini qisqartishga imkon beradi.
|