|
Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich
|
bet | 10/96 | Sana | 25.06.2024 | Hajmi | 7,31 Mb. | | #265543 |
Bog'liq Avtomatlashtirishning texnik vositalari faninig maqsadi va vazifTokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
Ushbu o`zgartirgichning kirish signali bo`lib magnitoelektrik o`zgartirgich g‘altagidagi i tok, chiqish signali bo`lib esa quvvat kuchaytirgichi chiqishidagi siqilgan havo bosimi P hisoblanadi (3-rasm).
3-rasm. Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
a) qurilma; b) struktura sxema; v) statik xarakteristika
1-richak; 2-nol korrektor; 3-doimiy drossel(tartibga soluvchi klapan); 4-qopqoqli konus naycha; 5-pnevmatik quvvat kuchaytirgichi; 6-silfon; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich;
8-kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartirgich.
O`zgartirgich ketma-ket ulangan ikkita o`zgartirgichdan iborat (3.b-rasm). Birinchi - i kirish tokni F kuchga o`zgartiruvchi magnitoelektrik o`zgartirgich 7. Ikkinchi – ushbu kuchni siqilgan havo bosimiga o`zgartirib beruvchi o`zgartirgich 8. Demak, ikkala o`zgartirgichning statik xarakteristikasi chiziqli bo`lsa, u holda tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartiruvchi barcha o`zgartirgichlarning statik xarakteristikalari ham chiziqli bo`ladi.
O`zgartirgichning statik xarakteristikasi 3v-rasmda ko`rsatilgan.
Nol kirish tokida P0=0.2*105 Pa chiqish bosimi boshlang‘ich qiymatini o`rnatish nol korrektor 2 orqali bajariladi.
Tokni siqilgan havo bosimiga o`zgartirish uchun sanoatda EPP-60 tipdagi o`zgartirgichlar chiqariladi.
Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich.
O`zgartirgichning kirish signali trubkali prujinaga keluvchi bosim P, chiqish signali esa tok i (4-rasm). O`zgartirgichning struktura sxemasi 2.b-rasmda ko`rsatilgan.
4-rasm. Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirgich.
a-qurilma; b-truktura sxema; v-statik xarakteristika;
1-richag; 2-nol korrektor; 3-trubkali prujina; 4-prujina; 5-tebranish konturi; 6-mahsus
kuchaytirgich; 7-magnitoelektrik o`zgartirgich; 8-kuchni tokka o`zgartirgich.
Sxemadan ko`rinib turibdiki, o`zgartirgich 3ta ketma-ket ulangan o`zgartirgichlardan iborat. Birinchisi- chiqilgan havo bosimi P ni trubkali prujina uchining L1 siljishiga o`zgartirgich. Ikkinchisi – ushbu siljishni a richagning chap yelkasiga qo`yilgan F kuchga o`zgartirgich. Ikkala o`zgartirgichning statik xarakteristikasi chiziqli. F kuchni i chiqish tokiga o`zgartiruvchi o`zgartirgich uchinchi o`zgartirgich boshqa kuchni tokka o`zgartiruvchidan shunisi bilan farq qiladiki, l ning siljishi o`zgaruvchan tok kuchlanishi U ga emas, tebranish konturi 5 ning rezonans chastotasiga, so`ngra kuchaytirgich 6 ga va chiqish toki i ga o`zgaradi.
O`zgartirgich 8 ning statik xarakteristikasi magnitoelektrik o`zgartirgich 7 ning xarakteristikasi bilan aniqlanadi va shuning uchun xarakteristikasi chiziqli. Shunday qilib, ko`rib o`tilgan o`zgartirgich chiziqli xarakteristikaga ega (4.v-rasm).
Siqilgan havo bosimini tokka o`zgartirish maqsadida sanoatda PE-55M tipli o`zgartirgich ishlab chiqariladi. Unga bir nechta iste‘molchini ulash mumkin.
Ularning ulanish shartlari va sxemalari huddi kuchni tokka o`zgartirgich kabi bo`ladi.
O`zgartirgichda prujina 4 ning tarangligini o`zgartiruvchi nol korrektor 2 mavjud. Ushbu korretor bilan P0 o`lchanayotgan bosimning boshlang‘ich qiymatida chiqish tokining nol qiymatini o`rnatadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq avtomatlashtrirish uchun pnevmatik servodvigatellardan tashqari boshqa qurilmalar ham ishlatiladi. Bunday qurilmalarga avvalo turli tuzilishga ega pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarni kiritish kerak.
Pnevmoyo`naltiruvchi qurilmalarga pnevmotaqsimlagichlar, teskari pnevmoklapanlar, tez gaz chiqaruvhci pnevmoklapanlar, ish jarayonini ketma -ket bajarishni boshqaradigan pnevmoklapanlar, vaqtli ushlab turishni boshqaruvchi pnevmoklapanlar, shuningdek, pnevmatik mantiqiy elementlar kiradi.
Pnevmotaqsimlagichlar siqilgan havo oqimlarini yo`nalishini ikki yoki undan ko`proq tashqi liniyalarga o`zgartirish uchun ishlatiladi. Tashqi pnevmoliniyalar deganda turli havo o`tkazgichlarni, shu qatori atmosfera bilan bog`lovchi oddiy tirqishni tushinish kerak.
Pnevmotaqsimlagichlar bilan boshqarishning turlicha ko`rinishlari mavjud:
Operator tomonidan tugma, richag yoki pedalning ta‘siri orqali boshqarish;
Turtkich va rolik ta‘sirida harakatlanuvchi tugun tomonidan mexanik boshqarish;
Elektromagnitli boshqarish;
Pnevmatik boshqarish(bosimni oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan);
Elektropnevmatik boshqarish(oraliq masofani oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan).
Pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarning turli ko`rinishlariga quyidagilar ta‘aluqli:
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havo bosimini o`zgarishsiz uzatish uchun mo`ljallangan pnevmosiquvchi;
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havosi energiyasini bosimning boshqa qiymati bilan uzatishga mo`ljallangan pnevmogidroo`zgartirgichlar;
Gidrotizimni davomiy ishlashi uchun ishchi suyuqlikni oshirishga mo`ljallangan pnevmogidronasoslar;
Pnevmogidroakkumilyatorlar;
Pnevmatik tizimda bosimni yoki bosimlar farqining berilgan sathiga etganda elektr signal berishga mo`ljallangan bosim relesi;
Bosim indikatorlari.
Havoning siqilishi o`zgaruvchan yuklama sharoitida ishlovchi mexanizmlarni loyihalashda hisobga olinishi zarur bo`lgan mavjud omil bo`lib hisoblanadi, masalan, parmalash va frezerlashga uzatish qurilmalarida. Odatda havoning siqilishi gidravlik tezlik rostlagichlarni uzatish pnevmoyuritmaga ulash yo`li bilan kompensatsiyalanadi (o`rni to`ldiriladi). Bu quyidagi rasmda keltirlgan.
|
| |