~ 1 ~
07 ma’ruza
Kuchlanish, tok va vaqt relelari
Reja:
1. Asosiy ko’rsatkichlari, ularga qo’yilgan talablar.
2. Elektr magnitli kuchlanish va tok relesi.
3. Relening qaytish koeffitsienti, uning tuzilishi.
4. Gerkonli elektr magnit rele. Gerkonli yo’l uzgichlari, ferridlar.
1. Asosiy ko’rsatkichlari, ularga qo’yilgan talablar.
Rele deganda shunday elektr apparati tushuniladiki, unda boshqaruvchi (kirish)
parametrining avvaldan belgilangan kattalikkacha asta o’zgarishida boshqariluvchi
(chiqish) parametrining sakrovchi o’zgarishi yuz beradi. Bu parametrlardan hech
bo’lmasa bittasi elektrik parametr bo’lishi lozim.
Qo’llanish sohasi bo’yicha relelar bo’linadi: ♦ avtomatika sxemalari uchun, ♦
elektr yuritmani boshqarish va himoyalash, ♦ energosistemalarni himoyalash.
Ishlash
sxemasi
bo’yicha
relelar bo’linadi: ♦ elektromagnitli, ♦ qutblangan, ♦
issiqlik, ♦ induktsion, ♦ magnitoelektrik, ♦ yarim o’tkazgichli va hokazo.
Elektr yuritmani boshqarish va himoyalash uchun tok relesi va kuchlanish relesi.
Tok va kuchlanish relelari sifatida o’zgarmas tok relelari qo’llaniladi.
Himoya va avtomatika sxemalarida ikkita yoki bir necha apparatlarning ishlay
boshlash vaqtlari orasida ko’pincha sekinlashtirish vaqti talab qilinadi. Texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish chog’ida operatsiyalarning aniq vaqt oralig’ida
operatsiyalarning vaqtlari bo’yicha ketma-ketligi zaruriyati yuzaga kelishi mumkin.
Jarayon vaqtini sekinlashtirish (ruscha vыderjka)ga vaqt relesi deyiladigan elektr
apparatlar xizmat qiladi. Vaqt relesi uchun umumiy talablar:
a) sekinlashtirilgan vaqtning stabilligi ─ kuchlanish (amplitudasi) ham,
oziqlantirish chastotasi ham, muhit harorati ham tebranganda va boshqa faktorlar ta’sirida
ham.
b) iste’mol qilinadigan quvvat, massa va gabaritlarning kichikligi. Relening
boshlang’ich holatga qaytishi odatda uning toksizlantirilishi vaqtida amalga oshadi.
SHuning uchun qaytish koeffitsienti juda past bo’lishi mumkin.
Mo’ljallanishiga qarab vaqt relesi turli maxsus talablar qo’yilishi mumkin. elektr
yuritmaning avtomatik boshqaruv sxemasi uchun ulanishlar chastotasi katta bo’lganda
mexanik yeyilishga yuqori chidamli ─ ishlash soni (5÷10)∙10
6
gacha bo’lgan rele talab
qilinadi. Bunda talab qilinayotgan vaqtni sekinlashtirish chegaralari 0,25 ─ 10 s.
|