~ 1 ~ 07 ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana20.05.2024
Hajmi0,78 Mb.
#245559
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
07 - ma’ruza

P
e
 
ni hosil qiladi. 
P
e
kuch 
kontakt o’zaklarining tarangligini yengib o’tib ularni o’zaro birlashtiradi. Kontaktlanishni 
yaxshilash uchun teginish sirtlari oltin, rodiy, palladiy, reniy, kumush va boshqa 
metallarning yupqa qatlami (2 ─ 50 mkm) bilan qoplanadi. 
CHulg’am o’chganda magnit oqimi va elektromagnit kuch pasayib o’chadi va 
taranglik kuchi ta’sirida kontakt o’zaklari bir-biridan ajraladi. SHunday qilib, gerkonli 
relelarda 
bir-biriga 
ishqalanuvchi 
detallar 
(elektromagnit 
relelarda 
yakorni 
mahkamlanadigan joylar) yo’q, kontakt o’zaklari esa biro vaqtning o’zida magnit 
o’tkazgich, tok o’tkazgich va prujina vazifasini bajaradi. 
Gerkonda kontaktlar magnit maydoni bilan boshqarilishiga bog’liqligi sababli 
uchun gerkonlarni magnitli boshqariluvchi kontaktlar deb ataydilar. 
Gerkonli releni g’altakda yaratilgan magnit maydoni bilangina emas, balki 
o’zgarmas magnit maydoni bilan ham boshqarish mumkin. bu usul zamonaviy kichik 
tokli boshqaruv apparatlarida tarqalgan. 
Kontakt o’zaklari qaytish prujinasi vazifasini bajargani sababli, ularga aniq 
xususiyatlar ham belgilangan. Kontakt o’zaklarining tarangligi ishlab ketish paytidagi 
zarbadan keyin ularning vibratsiyasiga sabab bo’ladi. Ulanish boshlanishidan 
tugashigacha 0,5 ─ 1 ms bo’lganda bunday vibratsiya davomliligi 0,25 ms ga yetadi. 
Vibratsiya ta’sirini bartaraf qilish usullaridan biri ─ suyuq metall kontaktlardan 
foydalanish. Almashlab ulovchi gerkonda harakatchan kontakt o’zagi (1)da kapillyar 
kanal bor, ballon (4)ning pastki qismidan kanal bo’yicha simob (5) ko’tariladi. Simob 
kontakt o’zagi (1)ni namlab turadi. Rele ishlab ketganda kontaktlarning o’zaro zarbasi 
momentida vibratsiya yuzaga keladi. Kontakt sirtidagi simob plyonkasi vibratsiya 
zanjirni uzishiga yo’l qo’ymaydi. 14-rasmda ko’rsatilgan kontakt sistemasidagi 2, 3 
kontakt o’zaklari va simob (5) orasida ferromagnit izolyatsion suyuqlik (6) bor. Magnit 


~ 5 ~ 
maydoni hosil qilinganda ferromagnit suyuqlik (6) pastga magnit oqimi eng katta 
bo’ladigan holatga ko’chadi. Simob yuqoriga siqib chiqariladi va kontaktlar (2 va 3 
kontakt o’zaklari)ni birlashtiradi. 
Gerkonli relelarning afzalliklari: 
─ yuqori namlikva shu kabi sharoitlarda ishlashi imkoniyati; 
─ konstruktsiyasining nisbatan soddaligi, kichik o’lchamlar va gabaritlar; 
─ yuqori ishlash tezligi (1 ─ 3 ms); 
─ murakkab kinematik juftliklar ishqalanadigan detallarining yo’qligi, bu esa 
ishlash ishonchliligini ta’minlaydi; 
─ ham elektromagnit maydoni, ham o’zgarmas magnit bilan boshqarish imkoniyati 
borligi; 
Gerkonlarning kamchiligi: 
─ magnit yurituvchi kuch boshqaruvi bo’yicha sezgirlikning nisbatan pastligi; 
─ tashqi magnit maydonlari ta’siriga berilishi, bu esa salbiy ta’sirlardan 
himoyalash uchun maxsus choralar ko’rishni taqozo qiladi; 
─ shisha ballonning nozikligi (sinuvchan), ya’ni zarbalarga, vibratsiyaga 
ta’sirchanlik ─ gerkonni o’rnatishda amortizatsiya bo’yicha maxsus choralar ko’rilishi 
talab qilinadi; 
─ kommutatsiyalanadigan zanjirlarning kichik quvvati; 
─ katta toklarda kontaktlarning o’zidan-o’zi ajralishi mumkinligi. 
Gerkonli yo’l uzgichlari.
Sanoat elektroavtomatikasida qurilma harakatchan 
elementlarining harakatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun yo’l uzgich
(almashlab ulagich)larning ko’p xil ko’rinishlaridan foydalaniladi. Elektr jihozlarning 
qolgani bilan, shu jumladan elektron jihozlar bilan solishtirganda yo’l uzgichlari eng og’ir 
sharoitlarda ishlaydilar ─ sababi ular texnologik mashinalarning bevosita ishchi 
zonalarida joylashadilar. U joyda esa haroratning, vibratsiyaning, zarbali yuklamalarning 
keng diapazonlari, payraxa va turli suyuqliklar bilan ifloslanish bor. Kontaktli yo’l 
uzgichlarning texnik ko’rsatkichlari har doim belgilangan talablarni har doim ham 
qanoatlantirmaydi. Ayniqsa, bu ko’p sonli yo’l uzgichlarga ega bo’lgan 
avtomatlashtirilgan texnologik jihozlar uchun xarakterli, masalan, avtomatik liniyalar, 


~ 6 ~ 
konveerlar va hokazo. Bu masalalarning katta qismi kontaktsiz yo’l uzgichlardan 
foydalanish bilan hal qilinadi. 
Ishlash printsipidan qat’iy nazar yo’l uzgichlar quyidagi asosiy funktsional 
elementlardan tuziladi: 
─ 
sezgir elementi
(o’zgartirgich), nazorat qilinuvchi ob’etning ko’chishini qaysidir 
fizik kattalikka o’zgartirgich; 
─ 
boshqaruvchi element
, odatda nazorat qilinuvchi ob’ektning qo’zg’aluvchan 
ishchi organiga mahkam bog’langan; 
─ 
rele elementi
, o’zgartgichdan uzluksiz kelayotgan signalni o’chirgich holatining 
diskret signaliga o’zgartiruvchi va kuchaytiruvchi (ulangan yoki o’chirilgan); 
─ 
ijrochi element
, undan o’chirgich holatining diskret chiqish signali 
elektroavtomatikaning tashqi sxemasiga tushadi. 
Yo’l uzgichlari ikkita katta guruhga bo’linishi mumkin ─ 
kontaktli
va 
kontaktsiz
yo’l uzgichlari. 
Kontaktsiz gerkonli yo’l uzgichlari magnit-induktiv o’chirgichlar qatoriga kiradi. 
Induktiv o’chirgichlar induktivlikning va o’zaro induktivlikning o’zgarishiga 
asoslanib tayyorlanadi, hamda induktsion o’chirgichlar. Seriyali ishlab chiqarilayotgan 
kontaktsiz yo’l uzgichlarining aksariyat ko’pchiligi ─ induktiv apparatlar. Kontaktsiz yo’l 
uzgichlari quyidagi sxemalar bo’yicha qurilishi mumkin: 
─ rezonansli 
─ avtogeneratorli, 
─ differentsial, 
─ ko’prikli va
─ bevosita o’zgartiruvchi. 
Hozirgi vaqtda eng keng tarqalgani induktiv generatorli kontaktsiz yo’l uzgichlari. 
Induktiv generatorli kontaktsiz yo’l uzgichlari quyidagi afzalliklarga ega: 
─ yuqori darajada ishlash muddati. 
─ kichik gabaritlar. 
─ kontaktsiz kommutatsiyalanuvchi chiqish. 
─ ishga doimiy tayyorligi. 
─ yuqori darajadagi himoya ─ germetiklaydigan kompaundlar quyishga bog’liq. 
─ murakkab shaklli boshqaruvchi elementlarga zarurat yo’qligi. 
─ boshqaruvchi elementlar sifatida foydalaniladigan metallarning barchasini 
sezishi. 
─ metall bo’lmagan changlar ta’sirining yo’qligi va shu kabilar.
Ferritlar
Ferritlar 
─ metall bo’lmagan qattiq magnit materiallar 
(ferromagnetiklar), asosan temir oksidining o’tish metallari bilan kimyoviy birikmalari. 
SHpinel (ferroshpinel deyiladi) strukturali va granat strukturali ferritlar qo’llaniladi, 
hamda geksaferritlar, ortoferritlar. 
Ferritlardan buyumlar odatda (ichiga) yopish (non pishirgandek) bilan 
tayyorlanadi. Ferritlarning elektr o’tkazuvchanligi past (uyurma toklarga isroflar juda 
kichikligi bilan farqlanadi) magnitlanganlik darajasi yuqori. Qo’llanilishi ─ radiotexnik 
qurilmalarda, aloqa texnikasida, elektronikada, hisoblash texnikasida. 
Mineral magnetit FeO
.
Fe
2
O
3
─ tabiiy ferromagnetik hisoblanadi. Uning kristall 
strukturasida kislorodning manfiy ionlari kub panjarasini hosil qiladi va unda bitta 
FeO
.
Fe
2
O
3
molekulasiga bitta Fe
2+ 
ioni va ikkita Fe
3+
ioni to’g’ri keladi. har ikki tipdagi 


~ 7 ~ 
temir ionlari boshqa ikki valentli metall ionlari bitlan almashtirilishi mumkin, masalan ─ 
Mg, Ni, Co, Mn, Cu va boshqalar. 
Ferritlar yuqori magnit xossalariga ega (koertsitiv kuch kichik), magnitni qabul 
qilish qiymati katta, yuqori izolyatsion xususiyat ─ (ferritlarning solishtirma qarshiligi 
10
3
Om sm, temirnikidan olti daraja yuqori). 
Ferritlarning gisterezis xalqasi to’g’riburchak shaklida. Ferritlar induktivlik 
g’altagi, transformatorlar, drossellar, magnit antennalar va boshqa magnit o’tkazgichlar 
(yuqori chastotalarda ishlovchi) sifatida qo’llaniladi. 

Download 0,78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



~ 1 ~ 07 ma’ruza Kuchlanish, tok va vaqt relelari

Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish