• Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar
  • 3. Ekologik tusdagi
  • Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari




    Download 25.72 Kb.
    bet4/5
    Sana09.03.2022
    Hajmi25.72 Kb.
    #18445
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1 mavzu
    2 мав 601 08.08.2017, 2 мавзу, makroekonomicheskij-obzor, лекции электрохимия, кинетика
    2. Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar 3 turga bo’linadi:
    2.1. geologik xavfli vaziyatlar: zilzilalar, yer ko’chkilari, tog’ o’pirilishlari va boshqa xavfli geologik hodisalar;
    2.2. gidrometeorologik xavfli vaziyatlar: suv toshqinlari, suv to’planishi, sellar, qor ko’chkilari, kuchli shamollar, jala va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar;
    2.3. favqulodda epidemiologik, epizootik, epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infektsiyalar, yuqumli kasalliklarning odamlar orasida, hayvonlar orasida va o’simliklar dunyosida tarqalishi.
    Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar:
    o‘lat, vabo, sarg‘ayma isitma kabi siyrak uchraydigan kasalliklarni keltirib chiqargan alohida xavfli infeksiyalar;
    odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar rikketsiyalar - epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, Ku-isitma;
    zoonoz infeksiyalar - Sibir yarasi, quturish;
    virusli infeksiyalar - SPID;
    epidemiya - alohida xavfli infeksiyalarga tegishli bo‘lmagan, yuqish manbai bitta yoki yuqish omili bir xil bo‘lgan odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi, bir aholi punktida - 50 kishi va undan ortiq;
    aniqlanmagan etiologiya bilan guruh bo‘lib kasallanish - 20 kishi va undan ortiq;
    tashhisi aniqlanmagan bezgak kasalligi - 15 kishi va undan ortiq;
    o‘lim yoki kasallanish darajasi o‘rtacha statistik darajadan 3 baravar va undan ortiq bo‘lgan vaziyat;
    zaharli moddalar bilan zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq;
    oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish - jabrlanganlar soni - 10 kishi, vafot etganlar soni - 2 kishi va undan ortiq;
    epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi;
    epifitotiya - o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishi.


    3. Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar quyidagi turlarga bo’linadi:
    - quruqlik holatining o’zgarishi;
    - atmosfera tarkibi va xossalarini o’zgarishi,
    - gidrosfyera holatining o’zgarishi bilan bog’liq holatlar.
    Favqulodda vaziyatlar haqidagi ma’lumotlar bo’yicha talaba o’zining fikr mulohazalarini quyida keltirilgan topshiriq asosida ifoda etadi hamda favqulodda vaziyatlarning xususiyatlari to’g’risida internet saytlaridan, ommaviy eshittirish
    vositalaridan olgan axborotlar yuzasidan baxs va munozaralar yuritadilar.
    Topshiriq: Quyida keltirilgan vazifalarning javoblarini yoriting ?
    FV tasnifini keltiring (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
    FV tavsifi va turlarini keltiring (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
    FV xususiyatlarini keltiring (chizma yoki yozuv ko’rinishida).
    FV ning bir- biri bilan bog’liqligini aniqlang (shakl ko’rinishida).


    Download 25.72 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 25.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatlarning tasnifi, tavsifi va ularning xususiyatlari

    Download 25.72 Kb.