|
Fayl tizimi, ma’lumotlar ierarxiyasi
|
bet | 2/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 41,72 Kb. | | #250233 |
Bog'liq Fayl tizimi, ma’lumotlar ierarxiyasi-hozir.orgFAT fayl tizimi - FAT fayl tizimi, o‘z nomiga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo‘lgan: - fayl ѐki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari); - disk makoni bo‘sh sohalari; - diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo‘lib, ma’lumotlarni o‘qish va ѐzishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiѐriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma’lumotlar sohasiga bo‘linadi.
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma’lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o‘z ichiga oladi; bu ob’ektlar ierarxiyani tashkil etadi, bu ob’ektlar ildiz katalogga bo‘ysunadi.
Katalog elementi fayl ob’ektini tavsiflaydi, u oddiy fayl ѐki fayl-katalog bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi.
Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan): - yuklanish ѐzuvi (Boot Record, BR); - rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec); - fayllarni joylashtirish jadvali (FAT); - ildiz katalog (Root Directory, R Dir).
Fayllarni joylashtirish jadvali - fayllarni joylashtirish jadvali, juda muhim ma’lumotlar strukturasidir. Aytish mumkinki, u, ma’lumotlar sohasining holati va uning u ѐki bu fayl ob’ektiga mutanosibligi tavsiflanadigan ma’lumotlar sohasi adres kartasidan iborat.
Ma’lumotlar sohasi, klasterlarga bo‘linadi. Klaster bu mantiqiy disk adres makonida bir ѐki bir nechta ayqash sektorlardan iboratdir (aniqrog‘i-faqat ma’lumot sohasida). Klaster, faylga ajratiladigan, xotira diskining adreslanadigan minimal birligidir. Klasterlar, mantiqiy diskning ma’lumotlar sohasidagi adreslanadigan birligi sonini kamaytirish uchun kiritilgandir.
V FAT va FAT 32 fayl tizimlari - FAT boshlang‘ich fayl tizimi muhim xarakteristikalardan biri fayl nomlari 8.3 formatidan foydalanishdir. FAT standart tizimiga (FAT 16 ko‘z tutilmoqda) yana 2 ta, keng tarqalgan MS OT – Windows 95 va Windows NT uchun ko‘rinishlari: V FAT (FAT virtual tizimi) va FAT 32 tizimidir. Hozirgi vaqtda FAT 32 – Windows Millennium Edition, Windows 2000 va Windows XP tomonidan III. NAZARIY MATERIALLARI
63
qo‘llaniladi, bu FAT 32, tizimining Windows NT va Linux uchun ham ishlab chiqilgan versiyalari mavjuddir.
FAT va V FAT fayl tizimlari asosiy kamchiligi, mantiqiy diskning katta o‘lchamlaridagi klasterlashdagi yo‘qotishlar va mantiqiy disk o‘lchamiga bo‘lgan chegaralanishlardir. Shuning uchun ham MS Win 95 OEM Service Release 2 uchun FAT 32 keldi. U to‘liq mustaqil 32 razryadli fayl tizimidir va u olingi versiyalarga nisbatan ko‘p mukammaliklarga egadir.
Eng asosiysi, FAT 32 disk sohasini samarali sarflaydi.
|
| |