|
Fayl tizimi, ma’lumotlar ierarxiyasi
|
bet | 3/7 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 41,72 Kb. | | #250233 |
Bog'liq Fayl tizimi, ma’lumotlar ierarxiyasi-hozir.orgHPFS fayl tizimi - HPFS fayl tizimi (High File System – yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan fayl tizimidir) birinchi marta OS/2 va Law Manager OT larida paydo bo‘ldi. Bu fayl tizimi, IBM va MS kompaniya mutaxassislari tomonidan MVS,VM/EMS fayl tizimlari va virtual murojaat usuli tajribasi asosida ishlab chiqildi. HPFS ko‘p masalalik rejimi fayl tizimi sifatida yaratila boshladi va katta o‘lchamli disklardagi fayllar bilan ishlashda yuqori unumdorlikni ta’minlash uchun mo‘ljallangan edi.
HPFS asosi qilib olingan fayllarni diskda joylashtirish prinsipi, fayl tizimini unumdorligini, va uning ishonchliligi va buzilishlarga qat’iyliligini oshiradi.
HPFS fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir: - yuqori unumdorlik; - ishonchlilik; - fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda boshqarish imkonini beradigan kengaytirilgan atributlarni qo‘llash; - disk makonidan samarali foydalanish.
Bu ustunliklar HPFS strukturasidan kelib chiqadi.
NTFS fayl tizimi - NTFS (New Technology File System –yangi texnologiya fayl tizimi) fayl tizimi nomida yangi so‘zi mavjuddir.
Haqiqatda, NTFS fayl tizimi, taniqli FAT 16 (va hatto FAT 32)ga nisbatan sezilarli mukammalliklar va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan. Foydalanuvchi nuqtai-nazaridan qaraganda, fayllar har doimdagidek (oldindagidek), Windows muhitida ishlash vaqtida ko‘pincha ―papka‖ deb ataluvchi kataloglarda saqlanadi. Ammo unda talay yangi xususiyat va imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
NTFS fayl tizimi asosiy imkoniyatlari.
NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni chegaralash mexanizmiga, kengaytirilgan funksionallikka, katta xajmdagi disklarni qo‘llashga va x.k.larga qaratildi. Bu tizim OS/2 V.3 doirasida ishlab chiqila boshladi, shuning uchun ham u HPFS fayl tizimi ko‘pgina qiziqarli xususiyatlarini olgan.
Ishonchlilik. Yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan va birgalikda foydalanish tizimlari, yuqori ishonchlilikka ega bo‘lishi kerak. Bu esa III. NAZARIY MATERIALLARI
64
NTFS tizimining eng muhim elementidan iboratdir. NTFS tizimi, o‘z-o‘zini tiklashning ma’lum vositalariga ega. Bu vositalar tizim yaxlitligi (butunligi) ni tekshiradigan, ya’ni tranzaksiya jurnalini olib boradigan turli mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
NTFS, qayta yuklanmasdan tinimsiz ishlashni ta’minlashi muhim bo‘lgan server fayl tizimi sifatida ishlab chiqilgani uchun, unda xuddi HPFS dagi kabi, defektli sektorlarni avariyali almashtirish mexanizmi ishonchlilikni oshirish uchun kiritilgan. Boshqacha aytganda, ma’lumotlarni o‘qishda tizim rad etsa, u holda fayl tizimi bu ma’lumotlarni o‘qishga va bu maqsad uchun disk makonini maxsus rezervlab qayta ko‘chiradi, defekt joyini-sektorni belgilab, unga boshqa murojaat qilmaydi.
Fayl va kataloglarga murojaat chegaralari. NTFS fayl tizimi Windows NT OT i xavfsizlik ob’ekt modelini qo‘llaydi va hamma tom, katalog va fayllarga mustaqil ob’ekt sifatida qaraydi. NTFS tizimi xavfsizlikni fayl va kataloglar darajasida ta’minlaydi. Bu degani, tom, katalog va fayllarga murojaat huquqi, foydalanuvchi hisob ѐzuvi va u mansub bo‘lgan guruhga bog‘liqdir. Foydalanuvchi har gal fayl tizimi ob’ektiga murojaat qilganida uning huquqi ob’ektning murojaatni boshqarish ro‘yxatidan tekshiriladi (ACL). Agar foydalanuvchi zarur huquqga ega bo‘lsa, uning so‘rovnomasi qondiriladi, aks holda so‘rovnoma rad etiladi.
Kengaytirilgan funksionallik. NTFS tizimi mumkin bo‘lgan kengaytirish hisobga olinib loyihalashtirilgan. Unda ko‘pgina qo‘shimcha imkoniyatlar aks ettirilgan- yuqori darajada buzilishlarga qat’iylik, boshqa fayl tizimlari emulyatsiyasi, kuchli xavfsizlik modeli, ma’lumotlar oqimiga parallel ishlov berish va fayl atributlarini yaratish (foydalanuvchi belgilaydigan).
Windows 2000/XP tizimlarida, NTFS fayl tizimidan foydalanishda kvotlashtirishni kiritish mumkin, bu foydalanuvchilar o‘z fayllarini disk makonining ularga ajratilgan kvotasi chegarasida saqlashi mumkin.
NTFS tizimi katta disklar bilan ishlashni hisobga olib yaratilgan.
NTFS ruxsatlari-bu foydalanuvchilarning ob’ektlarga murojaatini chegaralash uchun berilgan fayl va kataloglarning maxsus kengaytirilgan to‘plami. Ular faqat NTFS fayl tizmi o‘rnatilgan tomlarda mavjuddir.
Ruxsatlar moslanuvchan himoyani ta’minlaydi, chunki ularni ham katalog, ham alohida fayllarga qo‘llash mumkin; ular lokal foydalanuvchilarga (himoyalangan papka va fayllar bo‘lgan kompyuterlarda ishlaydigan) ham, tarmoq orqali resurslarga ulanadigan foydalanuvchilarga ham mansubdir.
Ruxsat va xuquqlarni chalkashtirib bo‘lmaydi. Bular umuman har xil tushunchalardir.
NTFS ruxsatlari, birinchi navbatda, resurslarni shu resurs joylashgan kompyuterda ishlayapgan foydalanuvchidan himoya uchun ishlatiladi. Ammo ulardan, masofadagi umumiy papkaga tarmoq orqali murojaat qiluvchi foydalanuvchilarga ham ishlatish mumkin.
NTFS ruxsatlar himoyani yuqori darajada tanlashni ta’minlaydi: har III. NAZARIY MATERIALLARI
65
bir papkadagi faylga o‘z ruxsatini o‘rnatish mumkin. Har bir foydalanuvchining ruxsatlari, ma’lum amallar bo‘yicha farqlanadi. Demak, har bir fayl ob’ekti o‘zining murojaatini boshqarish ro‘yxatiga ega.
Har bir fayl ob’ekti murojaat maskasiga ega (access mask-maska dostupa). Murojaat maskasi o‘z ichiga standart (standard), maxsus (specific) va qarindoshlik (generic)-murojaat huquqlariga ega: - standart murojaat huquqi-hamma himoya qilingan ob’ektlar uchun umumiy amallarni aniqlaydi; - maxsus murojaat huquqi, faylni ob’ektlarga mos bo‘lgan asosiy huquqlarni ko‘rsatadi; - qarindoshlik murojaat huquqlari tizimi tomonidan foydalaniladi, ular standart va maxsus xuquqlar kombinatsiyasini aniqlaydi.
NTFS ruxsatlari Windows NT 4.0 va Windows 2000/XP operatsion tizimlari uchun ruxsatlar har xil kelitirilgan.
NTFS ning Windows NT 4.0 dagi ruxsatlari. NTFS ning fayl va kataloglarga murojaati Windows 4.0 dagi ruxsatlari individual, standart va maxsus bo‘ladi.
Individual ruxsatlar. Foydalanuvchiga u ѐki bu tipdagi murojaatni berish imkoniyati individual ruxsatlar deyiladi. Windows NT 4.0 da bunday ruxsatlar 6 ta: o‘qish (read), ѐzish (write), bajarish (execute), olib tashlash (delete), ruxsatlarni o‘zgartirish (Change Permissions) va egasini o‘zgartirish (Take Ownership).
Standart ruxsatlar. Har gal individual ruxsatlarning kombinatsiyasidan foydalanmaslik uchun, NTFS ning standart ruxsatlari kiritilgan. - List - ko‘rish - Add - qo‘shish - Add & Read – o‘qish va ѐzish - Change -o‘zgartirish - Full Control – to‘liq murojaat.
Maxsus ruxsatlar. Bu individul ruxsatlarning standart ruxsatlar bilan mos kelmaydigan kombinatsiyalari: R,W,X,D,P va O.
NTFS ruxsatlarini qo‘llash. NTFS ruxsatlari foydalanuvchilar va guruhlar hisob ѐzuvlariga, xuddi umumiy tarmoq resusrlariga murojaat ruxsatlari kabi beriladi. Foydalanuvchi ruxsatni bevosita ѐki ruxsati bo‘lgan bitta ѐ bir nechta guruh a’zosi bo‘lib olishi mumkin.
Windows 2000 va Windows XP OT larida individual, standart va maxsus ruxsatlar o‘rniga, foydalanuvchi interfeysda 13 ta ruxsatlar mavjud.
|
| |