|
Faylni import qilish uchun tayyorlash
|
Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 279,5 Kb. | | #274381 |
Bog'liq Faylni import qilish uchun tayyorlash
Faylni import qilish uchun tayyorlash
Impor tartibini boshlashdan oldin, .xlsx yoki .xls (Microsoft Excel 2007-2014) dastlabki fayllarni ma'lumotlar bilan tayyoorlashingiz kerak. Fayl oldindan eksport qilingan bo‘lishi mumkin.
Fayl quyidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
dars raqami;
dars mavzusi;
uy vazifasi.
Dars rejalarini dars raqamlari ko‘rsatilgan ustun bo‘lmasa ham import qilish mumkin. Agar dars raqamlari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ular avtomatik tarzda, o‘z ketma-ketligi bo‘yicha raqamlanadi.
Faylda barcha darslar bo‘lmasligi mumkin.
Dars rejalarini import qilish uchun to‘ldirilgan faylning misoli:
Eslatma: ustun nomlari majburiy emas. Ish rejasini import qilish uchun namunaviy fayl maqolada ilova qilingan.
Import
Import tartibini amalga oshirish uchun kursorni (ko‘k menyu tasmasidagi) «Ta'lim» bo‘limiga o‘tkazishingiz kerak va ochilgan menyuda «Jurnallar» yorlig‘ini tanlang.
Jurnallar sahifasida «Dars soatlarini rejalashtirish» yorlig‘iga o‘ting va sahifaning o‘ng tomonidagi
tugmasini bosing.
1-qadam. Ma'lumotlar manbai
Import qilishni rejalashtirishning ushbu bosqichida siz dastlabki ma'lumotlarga ega faylni tanlashingiz kerak. Buni amalga oshirish uchun «Faylni tanlash» tugmasini bosing va oldindan tayyorlangan hujjatni qo‘shing. Keyin faylning birinchi qatoridagi tarkibni ko‘rsating: ustunlar yoki ma'lumotlarning nomini belgilang va «Keyingi» tugmasini bosing.
2-qadam. Sozlamalar
Ochilgan sahifada jadvalni rejalashtirish parametrlarini ko‘rsatishingiz kerak:
o‘quv yili;
sinf;
fan;
o‘quv guruhi;
o‘quv davri.
Keyin ustunlarning yozishmalarini belgilashingiz kerak va «Keyingi» tugmasini bosing.
3 qadam. Ma'lumotlarni tekshirish
Dastlabki tekshirish natijalari import faylidagi ma'lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Ma'lumotlarni tekshirish jarayonida tizim ish rejasi kataklarida import qilish vaqtida mavjud bo‘lgan ma'lumotlar xaqida xabar beradi. Tizim dars mavzulari va uy vazifalarini almashtirib berishi yoki o‘z holicha qoldirishi mumkin. Darsni rejalashtirishning har bir satrida siz harakatni tanlashingiz mumkin: import qilish yoki import qilmaslik.
Kerakli harakatlarni tanlaganingizdan so‘ng, «Import qilish» tugmasini bosing.
Agar dastlabki tekshirish muvaffaqiyatli bo‘lsa, «Keyingi» tugmani bosishingiz kerak.
4 qadam. Import
Tizim import natijalari bshlgan sahifani ochadi. Agar siz yana fayl import qilmoqchi bo‘lsangiz, «Yangi import qilishni boshlash» tugmasini bosing.
Uy vazifasini import qilishda avtomatik ravishda quyidagi parametrlar o‘rnatiladi:
|
| |