Fermentativ reaktsiyalar kinetikasi




Download 158.5 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi158.5 Kb.
#51144
Bog'liq
O‘zbekiston va AQShMMMMM
1-lab, Документ Microsoft Word, newwwww, labaratoriya 1, 5-маъруза, Bioxilma xillik, 1-M 16-V, 6zYFWTtYDUq68lcFD6C4U7dswyBY22UONWXKxn6p, 1l7uB2Csbpn6kFbvrLXdxQaFRIZnlnRmPMW7S3Jr (1), Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari, МИГ 750 тести янги, 1-ma\'ruza Akmeologiya slayd, 6-синф тест , Refliks va reflekl yoyi


MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..2
1 Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida AQShning oʻrni
2 Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston -AQSh savdo iqtisodiy aloqalari
3 Oʻzbekiston -AQSh hamkorligining yangi bosqichi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Kurs ishining dolzarbO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp taklifiga binoan bo‘lib o‘tgan rasmiy tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yangi tarixiy bosqichini boshlab berdi. Ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, oliy ta’lim va akademik tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalarida hamkorlik, O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonidagi hamkorlik borasida o‘zaro anglashuv, 2018 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvlar ushbu tashrifning amaliy natijasi bo‘ldi.
Tashrif davomida mamlakatlarimizda savdo o‘sishi va ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiluvchi iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatini izlash yo‘lida bildirilgan qat’iyatlilik unga alohida ahamiyat kasb etmoqda. Partiyamiz qishloq xo‘jaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, to‘qimachilik sanoati, sog‘liqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqin hamkorlik yo‘lga quyilishi tarafdori.
Biz, O‘zLiDeP faollari, O‘zbekiston rahbarining AQShga tashrifi natijalari so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston-Amerika munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanganining mantiqiy yakuni, deb hisoblaymiz. Hamkorlik yo‘nalishlarining biri sifatida parlamentlar va siyosiy partiyalar darajasida o‘zaro tashriflarni yanada faollashtirish zarurligini, bu esa siyosiy hamkorlikni kuchaytirishga ko‘maklashishini ta’kidlaymiz. Umuman olganda, ishonchimiz komilki, bo‘lib o‘tgan tashrif O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida strategik hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Ravshan Fozilov, O‘zLiDeP Mirobod tumani Kengashi raisi. Janubiy Koreyaning “SJ ICM” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari:
Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp O‘zbekiston-Amerika hamkorligini rivojlantirishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama etdi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashdi, muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Mazkur hujjat nomining o‘zi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikda salmoqli o‘zgarishlar, turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga intilish, istiqbolli loyihalarga alohida e’tibordan dalolat beradi.
Afg‘onistonga qo‘shni sifatida uning tinch rivojlanishidan manfaatdor bo‘lgan holda O‘zbekiston hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanligi, Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash, mintaqaviy xavfsizlik muammolarini hal etish tarafdoridir. 
Alohida qayd etish lozimki, mamlakatlar rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikni hamda mudofaa sohasida aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdi.
Biz, mamlakat fuqarolari uchun bog‘dorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalari energiya samaradorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiyalash, moliyaviy konsultativ xizmatlar ko‘rsatish sohalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bitimlar imzolanishi bizda katta qiziqish uyg‘otadi. Ko‘rinib turganidek, o‘zaro hamkorlik amaliy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni amalga oshirish sari ilgarilamoqda.
Jumladan, tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ziyod eng yirik shartnomalar imzolandi, ularni to‘liq amalga oshirish natijasida 4,8 mlrd.dollardan ortiq mablag‘larni tashkil etadi, shuningdek, istiqbolda amerika kompaniyalari bilan ko‘p milliardlik shartnomalar uchun imkoniyatlarni ochib beradi. Bularning barchasi shundan dalolat beradiki, erishilgan natijalar xalqimizning uzoq muddatli manfaatlariga xizmat qiladi. Bo‘lib o‘tgan tashrif mohiyatiga ko‘ra – bu ikki tomonlama munosabatlarda tarixiy voqea bo‘lib, mamlakatlarimiz hamkorligini sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqadi
O‘zbekiston-AQSH strategik hamkorligi mustahkamlanadi
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda O‘zbekiston — AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi. Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda O‘zbekiston — Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundida ishtirok etdi. Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deya xabar berdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
AQSH delegatsiyasiga Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha Davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari Din Tompson boshchilik qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov ham joy olgan, deyiladi xabarda.
Реклама

Yangi muloqot doirasida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot sohalarida yaqin hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Birinchi muloqotni 2021 yilda Toshkentda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.


Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida AQSHga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi muhokama qilindi. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSH hamkorligini yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Ikki tomon ham hamkorlikning joriy dinamikasini saqlab qolishga, qo‘shma kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha yaqin va muntazam muloqotda bo‘lishga, strategik sheriklikning shartnoma-huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlashga qiziqish bildirdi.
Muzokaralarda AQSH strategik sherikligi va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. 2019 yilda AQSHning O‘zbekistonga yordam dasturi deyarli 100 million dollarga o‘sdi, bu esa 2016 yilga nisbatan 10 baravar ko‘pligini anglatadi.
AQSH tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan, respublika hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi keng miqyosli islohotlarning natijalariga yuqori baho berdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning inson huquqlarini himoyasini yaxshilash, majburiy mehnatga qarshi kurashish, diniy erkinliklarni kengaytirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda muhim yutuqlarni e’tirof etdi va O‘zbekistonning 2021−2023 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga saylanishini mamnuniyat bilan qabul qildi, deb ma’lum qildi TIV matbuot xizmati.
Siyosiy sohadagi O‘zbekiston-AQSH hamkorligi tizimli va barqaror tus olgani qayd etildi. Xalqaro tashkilotlar va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Koronavirus bilan bog‘liq inqirozining jiddiy iqtisodiy ta’siri qayd etilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari global pandemiya oqibatlariga qarshi kurashda O‘zbekistonga yordam berishda qat’iy tasdiqlandi.
Amerika tomoniga BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida O‘zbekiston rahbari ilgari surgan tashabbuslarning konseptual ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Xabarda ma’lum bo‘lishicha, «O‘zbekiston — AQSH — Afg‘oniston» uch tomonlama shakli doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Afg‘onistonni Markaziy Osiyodagi savdo-iqtisodiy va integratsiya jarayonlariga faol jalb etish hamda uning tranzit salohiyatini oshiruvchi investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish mazkur mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatishning muhim yo‘nalishlari sifatida qayd etildi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha yillik ikki tomonlama maslahatlashuvlar shaklini Strategik sheriklik muloqotiga aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Muloqotning ta’sis yig‘ilishini 2021 yilda Toshkent shahrida o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bugun, «Niso-Roligraf» nashriyotida Mavlon Shukurzodaning “AQSh-O‘ZBeKISTON HAMKORLIGI FAKT VA RAQAMLARDA. 1992-2016” kitobi bosmadan chiqdi. Mazkur kitob Amerika qo‘shma shtatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar rivojlanishining 25 yilligiga bag‘ishlangan. Mazkur axborot-ma'lumotnoma to‘plamida 1992-2016 yillardagi davrda ikkala tomon o‘rtasida yuz bergan asosiy voqealar, muhim faktlar va sanalar umumlashtirilib, bir tizimga solingan. Ushbu kitob AQSh Davlat departamenti grantiga chop etildi.
AQSh butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojida muhim ahamiyat kasb etishda davom etmoqda. AQSh bilan geostrategik jihatdan «mintaqa yuragi» – O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar bu jihatdan eng namunali hisoblanadi. Buning ustiga, yaqinda ikkala mamlakat munosabatlarining 25 yilligi nishonlanadi – 1992 yil 19 fevralda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Ushbu munosabatlar tusi va yo‘nalishi haqida xulosa chiqarsa bo‘ladigan salmoqli muddatdir. 
Shu sababdan muallif ikkala mamlakat – Amerika qo‘shma shtatlari va O‘zbekiston Respublikasining o‘tgan 25 yillik hamkorligi davomidagi o‘zaro aloqalari tarixiga oid eng muhim faktlar va raqamlarni jamlash, umumlashtirish va tizimlashtirishga harakat qildi. Natijada 25 yillik diplomatik aloqalar tarixini namoyish etuvchi eng qiziqarli va rangdor fotosuratlarning keng to‘plami tasvirlangan ikki tomonlama munosabatlarning qisqacha ma'lumotnomasi yaratildi. 
Ilgari surilgan vazifalar mahalliy davlatlar xususiyatlarini hisobga olgan holda yanada muvaffaqiyatli bajarilishi va amaliy natija berishi uchun AQSh 2015 yilning sentabridan «C5+1» (MO mamlakatlari va AQSh) mexanizmini ishga tushirdi. Har yili ikki tomonlama siyosiy konsultatsiyalarning o‘tkazilishi ham O‘zbekiston-Amerika hamkorligi rejali tarzda chuqurlashuviga turtki bo‘lmoqda, ularning so‘nggi raundi 2016 yil yanvarida Vashington shahrida bo‘lib o‘tdi. 
O‘quvchilarning keng doirasiga taqdim etilayotgan ushbu kitobda davlat tuzilmalarining rasmiy tusdagi siyosiy va qonunchilikka oid ma'lumotlari, turli ilmiy-tahlil markazlari, xalqaro va madaniy-ma'rifiy tashkilotlar, Do‘stlik jamiyatlarining norasmiy manbalari, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslar va ma'lumotnomalar, mutaxassislar va ekspertlar bilan shaxsiy muloqotlardan foydalanilgan. Hodisalar siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohadagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha sanab o‘tilgan. 

AQSh—Oʻzbekiston munosabatlari, bir nechta hukumatlararo shartnoma va bitim asosida tartibga solib turiladi. AQShOʻzbekiston munosabatlari asta-sekin rivojlanib, AQShning 11-sentabr 2001-yilda Afgʻonistonga hujumlaridan soʻng, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi eng yuqori choʻqqiga koʻtarildi. 2003-2005-yillarda sobiq Sovet respublikalari hisoblangan GruziyaUkraina va Qirgʻizistonda „rangli inqilob“ dan beri munosabatlar sezilarli darajada yomonlashdi va Oʻzbekiston hukumati AQSh va fuqarolik jamiyati, siyosiy islohotlar va inson huquqlari sohasidagi boshqa nodavlat tashkilotlar taʼsirini cheklashga harakat qildi.


Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1996-yil iyunida AQShga qilgan tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga koʻmaklashgan muhim voqea boʻldi. Tashrif chogʻida ikki tomonlama hujjatlar majmui imzolandi. Buxori viloyatidagi gaz konlarini oʻzlashtirish loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash, surkov materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxona barpo etish, qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma korxona tashkil qilish toʻgʻrisidagi bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) Milliy banki bilan AQSh Savdo va taraqqiyot agentligi oʻrtasida Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida birgalikda aviatexnika ishlab chiqarish loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini tayyorlash uchun Amerika tomonidan grant ajratish toʻgʻrisidagi bitim, Oʻzbekiston TIF Milliy banki bilan „Bank of America“ oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi memorandum, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geol. va mineral resurelar qoʻmitasi bilan „Nyumont-Mayning“ va „Mitsui“ korporatsiyalari oʻrtasida „Qizilolmasoy“ va „Koʻchbuloq“ ruda konlarini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitim shular jumlasidandir.
1999-yilda Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashuvi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.
Oʻzbekistonda bir qancha Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish, „International Telset, Inc.“ kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniyesi tarmogini yaratish va boshqarish loyihalaridir.
Amerikaning firma va kompaniyalaridan „Barents grupp“ kimyo sanoati sohasida, „Kellog“ Koʻqdumaloq koni uchun kompressor st-yasi qurish, „AIG“, „Emsi-Ay“ turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
„Zarafshon Newmount“ Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi Qizilqum choʻlida qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi.
MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni roʻyobga chiqaruvchi Amerika firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi AQShning yirik nohukumat tashkiloti — Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi zavod loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga grant ajratishga qaror qildi.
Oʻzbekiston — Amerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-yilda Amerikaning „Keys interneyshnl“ kompaniyasi yordamida Toshkent traktor zavodi qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy traktorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Boeing“ kompaniyasi esa oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. „Boeing“ qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi.
Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa AQSh va Yevropaning ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun mutaxassislar taiyerlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda AQSh hukumati va xayriya jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash muassasalari uchun doridarmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-ovqat mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-yil noyabrda AQSh prezidenti rafiqasi Hillary clintonning Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1997-yil 9-11-iyunda Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi AQSh bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil 26-27-fevral Vashington shahrida qoʻshma komissiyaning birinchi, 1999-yil 24-25-may Toshkent shahrida ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.
Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida mustahkam shartnomaviy-huquqiy baza, jumladan, turli xarakterdagi 100 dan ortiq hujjatlar mavjud. Siyosiy muloqotni mustahkamlash, xususan, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan tashqi ishlar vazirliklari aro siyosiy maslahatlashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri savdo-iqtisodiy sheriklikdir. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni doimiy ravishda kengaytirishga intilib, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda. O‘zaro savdo so‘nggi uch yil ichida o‘sib bormoqda. Misol uchun, O‘zbekistonning AQSh bilan tovar ayirboshlash hajmi 2022 yil yakuni bo‘yicha 436,8 million dollarni (eksport – 68,5 million dollar, import – 368,3 million dollar) tashkil etib, 2021 yilga (426,3 million dollar) va 2020 yilga (277 million dollar) nisbatan oshganligini ko‘rsatmoqda[1].
TOShKENT, 26 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Toshkentdagi AQSh elchixonasi bilan hamkorlikda Barkamol avlod yoshlar markazida AQSh tomonidan homiylik asosida yaratilgan zamonaviy kutubxona — Qarshi shahridagi "Amerika burchagi”ni ochdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri vazirlik ma’lumotiga tayanib. Tantanali ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirok etdi.
Qarshidagi “Amerika burchagi” O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joylashgan Amerika kutubxonasining navbatdagi manzili sanaladi.
Shuningdek, xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari O‘zbekistonda chet tillari, IT va STEM fanlarini o‘qitishni rivojlantirish doirasida vazirlik va AQSh elchixonasi o‘rtasidagi faol hamkorlik olib borilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Elchi Daniyel Rozenblyum Qarshi shahrida Amerika burchagining ochilishi nafaqat ikki davlat, balki Amerika va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Qarshi shahridagi Amerika burchagi AQSh hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 600 dan ortiq ochiq madaniyat markazlari tarmog‘iga qo‘shiladi. 140 dan ortiq mamlakatda joylashgan bu kabi Amerika burchagi markazlari dunyoni AQSh bilan bog‘lashga xizmat qiladi. Zamonaviy Amerika kutubxonalari asnosida modellashtirilgan Amerika markazlari har yili millionlab mehmonlarni qabul qiladi. Bu zamonaviy jihozlangan markazlar ingliz tilidagi kitoblar, filmlar, ingliz tili dasturlaridan bepul foydalanish imkonini beradi.
Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari tomonidan amalga oshirilayotgan “Amerika burchaklari” tashabbusi orqali O‘zbekistonda 7 ta yangi Amerika burchagi ochilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga AQSh hukumati va mahalliy hamkor tashkilotlar tomonidan 800 ming dollardan ortiq sarmoya yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston–AQSh: noyob zanjirning 30 halqasi
Diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan AQSh hamda O‘zbekiston elchixonalari tayyorlagan logotiplar
O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga roppa-rosa 30 yil to‘ldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan Vashington 1992 yil 19 fevralda Toshkent bilan rasman diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi. O‘tgan yillar mobaynida ikki mamlakat robitalari gohida asov ummon kabi jo‘shqin, gohida sokin daryo kabi vazmin kechdi.
Eng muhimi, bir zamonlar Abu Rayhon Beruniy dahosi kashf etgan olisdagi sehrli diyor bizga yaqinlashdi. Ikki davlat geosiyosatdan tortib san’atga qadar – katta-kichik jabhalarda mustahkam rishtalar orqali bog‘landi. Diplomatik munosabatlarning 30 yili bahonasida O‘zbekiston–AQSh hamkorligiga doir muhim 30 hodisa va faktni jamladik. Oqsaroydan Oq uyga salom: Islom Karimov va Bill Klinton. Foto: AFP O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 1993 yil sentyabr oyida ilk bor AQShga safar qilib, BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zladi. Uch yil o‘tib, 1996 yilning iyunida amalga oshirilgan navbatdagi tashrif davomida Oq uyda prezident Bill Klinton bilan muzokara o‘tkazdi. Prezidentlarning yuzma-yuz muloqoti o‘zaro munosabatlarda «qiblanamo» vazifasini o‘tadi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, AQSh bilan hamkorlik komplekslilik, uzoq muddatli va ko‘p qirrali jihatlari bilan ajralib turadi. Tomonlar bir qator xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha mushtarak pozitsiyaga ega bo‘lib, giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanishi, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash, shuningdek, Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. 2019 yilda «O‘zbekiston» nashriyotida amerikalik olim va diplomat Yujin Skaylerning (1840-1890) «Turkiston: Rossiya Turkistoni, Qo‘qon, Buxoro va G‘uljaga sayohat qaydlari» deb nomlangan kitobi chop etildi. AQShning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan, jumladan, Moskvada konsul vazifasida faoliyat yuritgan Yu.Skayler 1870-yillarda O‘rta Osiyoga sayohat qiladi. Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon shaharlarini ziyorat qilgan diplomat keyinroq safar taassurotlarini kitob holida chop etadi. Amerikalik diplomatning Turkiston tarixi, madaniyati va an’analari xususidagi mulohazalari ilmiy jihatdan qadrli bo‘libgina qolmay, ikki mamlakat diplomatik munosabatlarning ildizi ancha olisga borib taqalishidan dalolat beradi. 
Ikki mamlakat ko‘p qirrali hamkorlikda 100 dan ziyod hujjatlardan iborat bo‘lgan huquqiy asosga tayanadi. 2002 yil 12 martda imzolangan Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risidagi deklaratsiya muhim o‘rin tutadi.
AQShning yirik shirkatlari O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Dunyoga mashhur «General Motor» avtomobilsozlik rivojiga katta hissa qo‘shgan. «Boeing» shirkati «O‘zbekiston havo yo‘llari» kompaniyasiga zamonaviy uchoqlar yetkazib berayotgan bo‘lsa, «General Electric» neft-gaz, sog‘liqni saqlash va qayta tiklanadigan energiya yo‘nalishlarida hamkor sanaladi. «Exxon Mobil», «CNH Industrial», «Coca Cola», «Hyatt», «Hilton», «John Deere», «Honeywell» kabi shirkatlar ham yurtimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotir.AQShning O‘zbekistondagi barcha elchilari bitta suratda. Kollaj: «Xabar.uz” Diplomatik munosabat o‘rnatilganidan ko‘p o‘tmay, 1992 yilning 16 martida Toshkentda AQSh elchixonasi ish boshladi. O‘tgan yillar mobaynida Henri Klark (1992-1995), Stenli Eskudero (1995-1997), Jozef Presel (1997-2000), Jon Hyorbst (2000-2003), Jon Purnell (2004-2007), Richard Norland (2007-2010), Jorj Krol (2011-2014), Pamela Spratlen (2015-2018) kabi diplomatlar AQSh elchisi sifatida faoliyat yuritdi. 2019 yildan buyon bu vazifasida Deniyel Rozenblyum ishlab kelmoqda. 1993 yil fevral oyida AQShda O‘zbekiston elchixonasi ochildi. O‘tgan chorak asr davomida Muhammadbobur Malikov (1993), Fotih Teshaboyev (1993-1996), Sodiq Safoyev (1996-2001), Shavkat Hamroqulov (2001-2003), Abdulaziz Komilov (2003-2010), Ilhom Ne’matov (2010-2013), Baxtiyor G‘ulomov (2013-2017), Javlon Vahobov (2017 yildan hozirga qadar) kabi diplomatlar AQShda mamlakatimizni tamsil etdi. O‘zbekistonning AQShdagi elchiligi istiqbolli lavozim o‘laroq baholanadi. Ayni paytda sobiq elchilardan A.Komilov – tashqi ishlar vaziri, S.Safoyev – Senat raisining birinchi o‘rinbosari, I.Ne’matov – MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.
2001 yil 11 sentyabr fojiasidan keyin Afg‘oniston hududida AQSh boshchiligida terrorga qarshi keng qamrovli harbiy amaliyot boshlandi. O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida 2001 yil 7 oktyabrda imzolangan bitimga ko‘ra, Qarshi–Xonobod aerodromi vaqtincha Pentagon tasarrufiga berildi. AQSh mudofaa kuchlari harbiy bazadan Afg‘onistondagi operatsiyani qo‘llab-quvvatlash, xususan, qidiruv-qutqaruv va gumanitar operatsiyalar maqsadida foydalangan. Shu tariqa «K2» nomi bilan ham mashhur bo‘lgan harbiy baza 2001-2005 yillar davomida Pentagon tomonidan istifoda etildi. 2005 yil 21 noyabr kuni AQShga tegishli so‘nggi samolyot Xonobod aerodromini tark etdi. 2010 yil dekabrda O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi. 2018 yil 17 mayda yana ikki muhim shartnoma ma’qullandi. Bunga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSh universitetlari o‘rtasida almashuv dasturini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirishni kengaytirish ko‘zda tutilgan. 1992 yilning fevralida AQSh davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga tashrif buyurib, prezident Islom Karimov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu AQSh yuqori martabali mulozimining yurtimizga ilk tashrifi edi. Keyinroq Madlen Olbrayt (2000), Kolin Pauell (2001), Hillari Klinton (2010, 2011), Jon Kerri (2015), Mayk Pompeo (2020) kabi davlat kotiblari mamlakatimizda mehmon bo‘ldi. Xususan, 2020 yil 3 fevral kuni Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan Mayk Pompeo AQSh tomoni O‘zbekistonning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Tarixiy uchrashuv: Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp. Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh yetakchisi Donald Trampning taklifiga binoan 2018 yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. 16 yillik tanaffusdan keyin amalga oshirilgan tashrif hamkorlikning yangi ufqini ochib berdi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasida qariyb 4,8 milliard dollarli yangi shartnomalar imzolandi. Tahlilchilar Mirziyoyev–Tramp uchrashuvini «tarixiy» deb atadi.
2019 yil 28 sentyabr kuni O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida ta’lim taraqqiyotiga ko‘maklashish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi birinchi keng qamrovli grant shartnomasi doirasida AQSh hukumati kelgusi besh yil davomida O‘zbekiston ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar mablag‘ ajratadi.
2015 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlarining «S5+1» formatidagi muloqotiga asos solindi. Mazkur muloqot shakli 2015 yil noyabrda Samarqandda o‘tgan xalqaro mashvaratda rasman ma’qullandi. Masalan, 2019 yil 22 sentyabr kuni AQSh mezbonligida o‘tgan «S5+1» uchrashuvida hayot-mamot masalalari muhokama etilgan.
Keyingi yillarda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar mustahkamlanmoqda. O‘zbekistonlik senator va deputatlarning AQShga safari muntazam tashkil etilmoqda. O‘z navbatda kongressmenlar ham bot-bot yurtimizda mehmon bo‘lmoqda. 2018 yil avgust oyida AQSh Kongressida O‘zbekiston bo‘yicha Kokus (do‘stlik guruhi) tashkil etilgani ham muhim natija sanaladi.. Davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning umrboqiyligi avvalo xalqlar orasidagi robitalarning mustahkamligiga bog‘liqdir. Hozirga qadar O‘zbekiston hamda AQShning uchtadan shahri o‘zaro birodarlik munosabatini o‘rnatgan: Toshkent – Sietl, Buxoro – Santa-Fe, Zarafshon – Klinton.

Xalq ta’limi vaziri (hozirda AKT vaziri) Sherzod
Shermatov hamda elchi Deniyel Rozenblyum. Foto: AQSh elchixonasi.
2020 yil mart oyida O‘zbekistonda AQShning «English Speaking Nation: Secondary Teacher Training» dasturi yo‘lga qo‘yildi. Qo‘shma Shtatlarning 5 mln dollar granti hisobiga amalga oshirilayotgan dasturdan ko‘zlangan maqsad 3 yil davomida 15 mingdan ziyod ingliz tili o‘qituvchilarining bilim va malakasini oshirishdan iboratdir.
Hillari Klinton AQShning O‘zbekistonga ko‘p bora tashrif buyurgan yuqori martabali mulozimi sanaladi. U ilk bor 1997 yilning noyabrida birinchi xonim, 2010 hamda 2011 yillarda esa davlat kotibi maqomida yurtimizda mehmon bo‘lgan. H.Klinton qalamiga mansub «Bir bolaga yetti mahalla ota-ona» kitobi Toshkentda chop etilgan.
O‘zbekiston hamda AQSh o‘rtasida tibbiyot sohasida ham hamkorlik mustahkamlanib bormoqda. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh COVID-19ga qarshi kurash uchun COVAX dasturi doirasida mamlakatimizga 5 million dozadan ziyod «Moderna» va «Pfizer» vaksinalari taqdim etdi. Joriy yilning sentyabriga qadar mamlakatimizga AQShdan yana 5 million doza vaksina kelishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar USAID hamda Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) orqali koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga ko‘rsatgan ko‘mak 16 million dollarga yetdi.
XIX. 1995 yil 13 oktyabrda mudofaa vazirliklari imzolagan memorandum asosida harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan yillar mobaynida vazirlar darajasidagi tashriflar amalga oshirildi. 2018 yili ikki mamlakatning besh yillik harbiy hamkorlik rejasi qabul qilindi. 2019 yil yanvar oyida Missisipida ilk bor O‘zbekiston – AQSh harbiy mashqlari o‘tkazildi.
XI. 2019 yil 1 noyabr kuni Toshkentda AQShning ilk oliy ta’lim maskani – Vebster universiteti ish boshladi. Bu mazkur universitetning MDHdagi ilk to‘laqonli filiali sanaladi. 1915 yili Missuri shtatida ta’sis etilgan Vebster universiteti dunyoda biznes ta’limi bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri o‘laroq e’tirof etilgan.
Bosh diplomatlar Abdulaziz Komilov va Entoni Blinken. Foto: Davlat departamenti.
XXI. 2021 yil 1 iyul kuni davlat kotibi Entoni Blinken mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvda AQSh O‘zbekiston bilan strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istagida ekanini ma’lum qildi. E.Blinken, ayni choqda, O‘zbekistonga inson huquqlari va demokratiya jabhasida kechayotgan islohotlar borasida ham ko‘mak taklif etdi.
XXII. 2018 yilda ko‘p yillik tanaffusdan keyin Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining Toshkentdagi ofisi qayta ochildi. Mazkur tuzilma ilmiy, professional va madaniy almashinuvlar, til o‘rgatish, ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlar orqali o‘zaro hamfikrlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Amerika kengashlari O‘zbekistonda «Future Leaders Exchange» (FLEX), «American Windows», «Uzbekistan Business Leaders» (UBL), «Central Asia University Partnership Program» (UNiCEN) kabi 13 ta dasturli portfolioga ega.
XXIII. 2021 yilda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo aylanmasi 424,5 million dollarga yetdi. Bu pandemiyaga qadar bo‘lgan ko‘rsatkichdan 53 foiz ko‘pdir. 2018 yil oktyabr oyida Toshkentga tashrif buyurgan AQSh savdo vaziri Uilbur Ross savdo, sanoat va yuksak texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, logistika va transport sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish va savdo aylanmasi hajmini yanada oshirishni taklif etgandi. Ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi ta’sis qilingan. Amerika tomonidan yurtimizga kiritilgan sarmoya 1 milliard dollardan oshdi. AQSh O‘zbekistonning nufuzli iqtisodiy tuzilma – Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
XXIV. O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida AQSh bilan hamkorlik ustuvor yo‘nalishlardan biri o‘laroq belgilangan. Rasmiy Vashingtonning 2019-2025 yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha strategiyasida ham O‘zbekiston bilan turli sohalardagi robitalarga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
XXV. Taniqli siyosatshunos, o‘z davrida prezident Jimmi Karterning maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan Zbignev Bjezinskiy 1990-yillardayoq Vashington hamda Toshkentning strategik hamkorligi haqida gapirib, O‘zbekiston mintaqada yetakchilikka asosiy nomzod ekanini ta’kidlagan edi. 2019 yilda esa AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mattis O‘zbekistonni mintaqadagi muhim geostrategik davlat deb atadi.
Yuqori martabali mulozim Donald Lu mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy bilan osh damlamoqda. Foto: AQSh elchixonasi.
XXVI. O‘tgan yildan boshlab O‘zbekiston va AQSh yillik siyosiy maslahatlashuvlar formati strategik sheriklik muloqoti darajasiga ko‘tarildi. 2021 yil 13 dekabr kuni davlat kotibining yordamchisi Donald Lu hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining birinchi majlisida ishtirok etdi.
XXVII. 2019 yil 27 fevral kuni AQSh davlat departamentining yuqori martabali vakili – Elis Uells Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida nutq so‘zlab, mamlakatlar o‘rtasidagi robitalarning tarixiy ildizlariga e’tibor qaratdi. «Xorazmlik buyuk olim al-Beruniy XI asrdayoq biz yashab turgan dunyo ilgari tasavvur qilinganidan anchagina katta ekanini tushunib yetgan. Ko‘plab olimlar Yerning yassi ekaniga ishongan kezlarda u Yer sharining narigi burchagida hali hech kimga noma’lum bir qit’a mavjudligini anglagan. O‘sha sehrli diyor – AQSh bugun xalqlar uchun oshiyon vazifasini o‘tamoqda. Uzoq tarixda, Buyuk Iskandar davridan to Italiya savdo shaharchalari yuzaga kelguncha, O‘rta Osiyo xalqaro almashuv uchun chorraha vazifasini o‘tab kelgan. Ayni paytda Markaziy Osiyoning to‘liq salohiyatini tiklash vaqti keldi», – dedi Uells xonim.
XXVIII. Amerikalik tadqiqotchi va tarjimon Mark Riz o‘zbek nasrining shoh asari – «O‘tkan kunlar» romanini «Bygone days» nomi bilan ingliz tiliga tarjima qildi. Asar 2020 yili kitob holida chop etildi. Mark Riz roman tarjimasiga 15 yil umrini sarfladi.
XXIX. AQSh rahbari Jo Bayden 2021 yil mart oyida prezident Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami bahonasida muxtasar maktub yo‘llab, ikki jihatga urg‘u berdi. «Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening administratsiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor. Biz, shuningdek, besh yil avval davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz», – deyiladi prezident Bayden nomasida.
XXX. AQSh elchisi Deniyel Rozenblyum diplomatik munosabatlarning 30 yilligi munosabati bilan an’anaga ko‘ra o‘zbek tilida murojaat yo‘lladi.
«Men ikki buyuk xalq o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada yaxshilash uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilmoqdaman. Ammo shuni har doim bilamanki, mening bu yerdagi faoliyatim bir butun o‘ttiz yillik zanjirning yaqin yillardagi halqasi, xolos», – dedi u. Ayni choqda, elchi 30 yillik hamkorlik va do‘stlik uchun minnatdorlik izhor etdi.
O'zbekiston 30 yil oldin Sovet Ittifoqidan chiqib, mustaqillik e'lon qilganida, AQSh birinchilardan bo'lib uni tan olib, diplomatik aloqa o'rnatgan. Respublikaning Vashingtondagi elchixonasi o'tkazgan virtual forumda Amerikaning sobiq elchilariga so'z berildi. O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobovga ko'ra, ular ikki davlatni strategik sherikka aylantirishda behisob hissa qo'shgan.
1992-yilda Toshkentda Amerika elchixonasi ochilgan. AQShning O'zbekistondagi birinchi elchisi Genri Klark mamlakat kuponlar va iqtisodiy taqchillik kunlarini qanday o'tkazgani, qozonini qaynatishga qiynalgan damlarni yodga oladi.
Islom Karimov yosh, zaif, qoloq tizimni bosqarayotgan edi, deydi Klark. SSSR qulagan edi, ammo uning yo'q bo'lgani hali sezilmayotgan edi. Chegaralarni mahkamlash, dunyo bilan mustaqil davlat sifatida bog'lanish kerak edi, iqtisodiyotni oyoqqa turg'azib, yangi bosh qomusni ishga solish, butun tizimni yangilash lozim edi.
"Mening asosiy vazifam diplomatik jihatdan Toshkentda nima qila olsak, shularni amalga oshirish edi. Gumanitar sohalardan siyosiy hamkorlikkacha, o'zaro manfaatlarga urg'u berib, O'zbekistonga qanday madad zarurligini aniqlab, uning hukumati irodasini tahlil qilgan holda harakat qilish. Nimaiki mumkin bo'lsa, shunga intilganmiz", - deydi Klark.

AQShning O'zbekistondagi ikkinchi elchisi Stenli Eskudero mamlakatining Tojikistondagi ilk bosh diplomati bo'lgan. U yerda fuqarolar urushi, qonli voqealarga guvoh bo'lib Toshkentga kelgan Eskudero fikricha, Karimov mustaqillikning birinchi besh yilligida misli ko'rilmagan o'zgarishlar qilishga uringan. Xalqaro munosabatlarni yo'lga qo'ygan, deydi diplomat, ammo u bora-bora O'zbekiston iqtisodiyotini yopdi va bu katta xato bo'lgan, deydi Eskudero.
Uning eslashicha,1990-yillar boshida respublika siyosiy-ijtimoiy jihatdan jiddiy sinovlar bilan yuzlashayotgan muhit edi. Mustaqillik nima ekanini hali jamiyat his qila olmayotgan, tizim hamma narsani noldan boshlashi kerak bo'lgan, xalq qanchalik mehnat qilmasin, farovonlikka erishish naqadar mashaqqatli ekani yaqqol sezilayotgan va birinchi navbatda barqarorlik muhim ekanini anglab turgan davrlar edi.
O'zbekiston uchun Karimov davri haqiqatan murakkab zamonlar edi, ammo bugungi jarayonlarga yetaklagan, deya xulosa qiladi Eskudero.
"Rahbariyatning tinch yo'l bilan o'zgarishi, Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelib islohotlar boshlashi, mamlakatni yangicha yo'ldan olib borishga harakat qilayotgani tahsinga sazovor", - deya kuzatadi Eskudero.
Uning elchiligida AQSh bizneslari, ayniqsa tabiiy boyliklar bilan ishlaydigan kompaniyalar O'zbekistonga qiziqish bildirib, kirishga harakat qila boshlagan. Toshkentga dastlab bu yoqqan, ammo keyinchalik Karimov tilla va boshqa zaxiralarni ayashga qaror qilib, chet el ishbilarmonlariga eshikni yopdi. Ularni qanday ishlab chiqarish borasida prezident bir to'xtamga kelolmagach, xorijdan e'tibor ham pasaydi.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi vebinari, 29-iyul, 2021
O'zbekistondagi uchinchi elchi Josef Presel deydiki, ikki davlat razvedka tizimlari orasidagi aloqalar uning paytida ancha mustahkam edi. 1990-yillar oxirida xizmat qilgan diplomat mamlakatda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat yomonlashgani sari Amerika bilan hamkorlikka ham darz keta boshlagan.
"Lekin, umuman olganda, Vashington va Toshkent o'zaro manfaatlar yo'lida hamisha til topisha olgan. Ziddiyatlarni tan olib, ularni hal etish uchun harakat bo'lgan, tomonlar muloqotni to'xtatmagan", - deya eslaydi Presel.
Keksa diplomat nazarida O'zbekiston va Qozog'iston 20-asr oxirida ham Markaziy Osiyodagi eng yirik ikki kuch edi, hozir ham shunday.

BUNI HAM KO'RING
Elchilardan nima kutish kerak? Vashingtondan tahlil

"O'zbekiston ko'chmanchi qozoqlardan farqli o'laroq, davlatchilik nima ekanini biladigan, madaniy va ijtimoiy jihatdan chuqur ildizga ega jamiyat deb ko'rilar edi", - deydi Presel.


Ammo 2000-yillarga kelib Qozog'iston O'zbekistondan ko'p tomonlama o'tib ketdi. Iqtisodi ildamladi, AQSh sarmoyasini misli ko'rilmagan miqdorda jalb qila oldi, diplomatiyani kuchaytirdi, xalqaro maydondagi imijini ko'tardi, vaholanki, siyosiy erkinlik darajasi u yerda ham ko'tarilmadi.
Rossiya ta'siri va roli haqida gapirar ekan, iste'fodagi diplomatlarning ta'kidlashicha, Moskva hech qachon o'z nazoratini boy berishni xohlamagan va imkon qadar Toshkentni o'z iznida ushlashga uringan. Xitoy bu elchilar paytida hozirgidek faol emas edi, ammo mintaqaga astalik bilan kirib kelayotgan edi. Xitoy mollari bozorlarni to'ldirib, asosan Qirg'iziston orqali chakana savdo keng qanot yozayotgan edi.
2001-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tuzilishi, AQSh ekspertlari tahlilicha, o'ziga xos tarixiy burilish bo'lgan, chunki bu Xitoy va Rossiya yetakchiligida mintaqani birlashtirgan blok edi. G'arbga qarshi ekanini ochiq aytmasa-da, iqtisodiy tashkilot va xavfsizlik doirasi sifatida Osiyodagi yirik organ bo'lishni maqsad qilgan.
O'tgan yillarda kengaygan tashkilot kelajakda NATO kabi xavfsizlik bloki bo'ladimi yo iqtisodiy integratsiya mexanizmi? Amerikalik siyosatdonlar ta'biricha, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti har ikkisini qila olmaydi va boshqa diplomatik platformalar singari asosan dialog maydoni bo'lib qoladi.

O'zbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Javlon Vahobov
"Pentagon Toshkent bilan bevosita gaplasha boshlagan".
Klark, Eskudero va Presel tahlilicha, O'zbekistonni o'rganish, uni tushunish, Amerika bu mamlakat bilan munosabatlarni qanday olib borishi borasida harakatlarni to'xtatmaslik kerak.
Ilmiy tadqiqotlar, ta'limiy dasturlar va amaliy loyihalardan naf katta, deydi ular. O'tgan uch o'nyillik xatolar va muammolar, shu bilan birga saboqlar va yutuqlarga ham to'la, deya kuzatadi ular. Sarhisob qilish kerak, har ikki davlatda diplomatlarning yangi avlodi ularni anglashi, qadrlashi va rishtalarni mustahkamlash uchun dadilroq qadamlar tashlashi kutiladi.
Genri Klark uchun uning elchiligi davridagi yirik muvaffaqiyatlardan biri Ikki davlat mudofaa tizimlarini bog'lash bo'lgan. "Bu oson ish emas edi, - deydi Klark. - Pentagon Toshkent bilan bevosita gaplasha boshlagan".
Diplomatiyani noldan boshlab yo'lga qo'yish mayda ish, deya qo'shadi u, elchixona to'liq ishlashini ta'minlash zarur edi va bunga erishilgan.
Eskudero uchun Karimov bilan shaxsiy aloqa o'rnatish, muntazam erkin muloqot olib borish ulkan yutuq bo'lgan. "O'zaro ishonch bor edi. Avtoritar rahbarning bizga ochilishi misli ko'rilmagan holat edi. Diplomatiyada bunga erishish hamisha yuqori baholanadi", - deydi Eskudero.
Presel uchun madaniy, professional va ilmiy almashinuvlar aloqani tebratishda muhim ahamiyatga ega. Ularni har doim ham qadrlashmaydi, deydi Presel, ammo xalqlarni yaqinlashtirishda bu beqiyos omil. Elchiligi paytida ularni ko'paytirganidan Presel faxrlanadi.

2000-yilda Toshkentda elchilikni boshlagan Jon Herbst uch ishni qilganini aytadi: Davlat departamenti, Pentagon va Markaziy Razvedka Boshqarmasini O'zbekiston bilan birdamlikda hamkorlik qilishini ta'minlash.
"Osama bin Laden katta muammo edi. U qo'shni Afg'onistonda edi. Unga qarshi kurash, terrorizmga qarshi chora-tadbirlar O'zbekiston bilan strategik sheriklikni real tarzda yo'lga qo'yishni talab qilar edi", - deydi Herbst.
"O'zbekistonda inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat og'ir edi, lekin G'arb matbuotida yoritilganidek emas", - deydi Herbst. Uning tahlilicha, O'zbekistonda xavfsizlik organlari ekstremizmga aloqadorlikda gumon qilingan odamlarni tazyiqqa olayotgan edi.
Terrorizmga qarshi kurash bahonasi bilan Karimov ma'muriyati har qanday muxolif yoki tanqidiy ovozlarni bo'g'ish siyosatini olib borgan degan xulosaga Herbst uncha qo'shilmaydi. Karimov avtoritar rahbar bo'lgani aniq, deydi u, ammo barqarorlikni ushlab turish uchun hukumat keskin qadamlar tashlashga majbur edi.
AQSh qo'shini va u boshliq xalqaro koalitsiya 2001-yilda Afg'onistonga kirgach, terror to'dalari va Tolibonga qarshi operatsiyalar avj olar ekan, O'zbekiston yordam qo'lini cho'zgan. Harbiy hamkorlik 2005-yilda to'xtagan, lekin respublika qo'shni davlatdagi xalqaro koalitsiyani quvvatlashda davom etgan. Mamlakat hududidan noharbiy yuk o'tgan.
Herbst deydiki, u inson huquqlari borasida til topishishga uringan, siyosiy mahbuslarning ozod etilishi, fuqaro jamiyatiga erkinlik berish ustida ter to'kkan.
"O'zbekistonda tizim biz o'ylagandan ham murakkkab edi. Karimov hamma narsani nazorat qilmas edi. Buni o'zi ham tushunar edi. Korrupsiya nihoyatda chuqur ildiz otib ketgan edi. So'z va amal orasidagi farq cheksiz edi", - deya eslaydi Herbst.
Forumda bitta elchi ko'rinmadi. Herbst va Norland orasida, 2002-2007 yillarda xizmat qilgan Jon Purnell. O'zbekiston-AQSh aloqalari eng keskin nuqtalarda bo'lgan paytda, xususan 2005-yildagi Andijon voqealari, undan keyin AQSh bazasining chiqarib yuborilishi, Karimov ma'muriyatining dunyodagi eng huquqbuzar tizim sifatida tamg'alanishi, Vashingtonda Toshkentdan norozilik kuchayishi - Purnell davrida kuzatilgan jarayonlar. Veteran diplomat Toshkentdagi missiyasini tugatgach, iste'foga chiqqan va shundan beri ommaga ko'rinmaydi.

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi vebinari, 29-iyul, 2021
"O'zbekiston biz uchun hamisha mintaqaning eng muhim qismi bo'lgan va bu ahamiyatini yo'qotmaydi, shuni unutmaslik kerak", - deydi 2007-2010 yillarda Toshkentda elchilik qilgan Richard Norland.
Uning davrida O'zbekiston Shimoliy Ta'minot Tizimida markaziy rol o'ynagan. Boltiq dengizi bo'yidan yo'lga chiqqan yuk, xalqaro koalitsiya uchun mahsulotlar, Rossiya Qozog'iston orqali O'zbekistonga kelib, Termizdagi ko'prikdan Afg'onistonga kirgan. Bu yo'nalish hamon ishlaydi. Afg'onistonga kirishning bu imkoniyati hozir ham dolzarb, deya tahlil qiladi u.
"O'zbekiston biz uchun hamisha mintaqaning eng muhim qismi bo'lgan va bu ahamiyatini yo'qotmaydi, shuni unutmaslik kerak".
Norland paytida O'zbekiston-AQSh aloqalari pragmatik tusga kirgan, xavfsizlik va Afg'onistondagi manfaatlar birinchi o'ringa qo'yilgan. Obama ma'muriyati huquq va demokratiya bobida Karimov bilan yakdil bo'la olmasligini tushunib, qay jihatdan hamkorlik qilish mumkin bo'lsa, o'sha yo'ldan borgan.
Undan keyin elchi bo'lgan Jorj Krol huquq yuzasidan tanqid sabab sovuqlashgan rishtalarni yumshatish qiyin kechganini aytadi. Yangi kelishuvlar, cheklovlarga qaramay birga ishlay olish, Toshkentni ko'ndirish, uning dardini eshitish, Karimov bilan hamkorlik qilayotgani uchun tinimsiz qoralanish, huquq tashkilotlari va Davlat departamentining o'zida bu masalalar bilan shug'ullanadigan idoralarning shikoyatlari bilan ishlash. Vashingtonda O'zbekiston bilan qanday aloqa olib borish kerak degan savolga har tarafda turlicha javob berilar edi.
Krol deydiki, Karimovni AQSh maqsadlariga ishontira olish va bundan O'zbekiston ham manfaatdor ekanini uqtira olish bag'oyat og'ir, ammo eng muhim vazifa edi. Shu bilan birga ziddiyatlarni ham muhokama qilish lozim edi. Vashington-Toshkent barcha sohalarda hamkorlik qila oladi, agar iroda yetsa, degan gaplar bot-bot yangrar edi.

BUNI HAM KO'RING
Diplomatiya va zamon: AQShning O'zbekistondagi elchisi Jorj Krol bilan muloqot

2010 va 2011-yilda AQShning o'sha paytdagi Davlat kotibi Hillari Klinton Toshkentga tashrif buyurib, Karimov bilan yuzma-yuz muloqot qilgan. Krol davrida Kongress a'zolari yana O'zbekistonga safar qila boshlagan. Andijon fojiasidan keyin O'zbekiston yanada yopilgach, G'arb bilan bordi-keldi ancha kamayib ketgan edi.


Karimov Vashingtonda ikki marta mehmon bo'lgan. 1996-yilda Amerika rahbari Bill Klinton va 2002-yilda Jorj Bush bilan serqirra sheriklik haqida gaplashgan.
Krol deydiki, diplomatiya imkoniyatlar cheklangan paytda nimadir qila olish demakdir. Toshkent va Vashington eng keskin nuqtalarda bo'lganida ham, Vashingtonda Karimovga nisbatan tanqid eng kuchaygan paytlarda ham AQSh elchixonasi O'zbekiston rahbariyati bilan bog'lana olgan, deydi Krol.
O'zbekiston, u va boshqa elchilar fikricha, hech qachon Amerikaga qarshi jamiyat yoki davlat bo'lmagan. Qiziqish, intilish hamisha yuqori bo'lgan, imkoniyatlarni kengayritish esa hamisha qiyin, deydi ular.

Toshkentda elchilikni 2015-yilda boshlagan Pamela Spratlen deydiki, undan oldingi bosh diplomat Jorj Krol aloqalarni ancha jonlantirib qo'ygan, biroq orada muammolar talay edi.
Amerikaning birinchi ayol elchisi sifatida Spratlen Toshkentda nihoyatda iliq kutib olingani, Tashqi ishlar vazirligida 48 soat ichida qabul qilinib, hukumatdan AQSh bilan hamkorlikni yaxshilash maqsadini aniq va lo'nda eshitganini eslaydi.
Davlat departamentiga bu ma'qul kelgan, albatta, deydi Spratlen. Obama ma'muriyati imkoniyatlarni yaqindan o'rganib, zarur qarorlar qabul qilishga bel bog'lagan edi.
Tuzum uzoq yillardan beri bir xil odamlar qo'lida ekani, inson huquqlari bilan bog'liq muammolar tub masalalarga borib taqalishi, bu borada O'zbekistonda xalqaro hamjamiyat bilan gaplashmay kelgani, lekin ularga endi ko'z yuma olmasligi - hammasi oydek ravshan edi, deydi Spratlen.

BUNI HAM KO'RING
AQSh-O'zbekiston: strategik sheriklik nimadan darak?

Xavfsizlik bobida ham yangicha ishlash vaqti kelgan edi. Karimov Amerika chiqib ketishini bilardi, chunki Vashington buni muhokama qilayotgan edi. Afg'oniston borasida hamkorlikni yangilash xususida muhokama o'shanda boshlangan edi, deydi diplomat. O'zbekiston chegara tizimini quvvatlash, xususan, harbiy vositalar uzatish, treninglar va boshqa sohalarda ham yordamlashishga ahd qilingan.


2015-yilda Samarqandda o'sha paytdagi Davlat kotibi Jon Kerri ishtirokida C5+1 diplomatik platformaga, AQSh va Markaziy Osiyoning besh respublikasi maslahat davrasiga asos solingan. Bu doira hozir Afg'oniston bilan C6+1 guruhiga aylanishi kerak, degan takliflar yangramoqda.
2016-yilda Karimov olamdan o'tdi. O'rniga Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga keldi. Mirziyoyevni esa hech kim yaxshi bilmas edi, deydi Spratlen, jumladan AQSh ham.
"U ishga kirishishi bilan O'zbekiston endi boshqacha odam qo'lida ekanini his qilganmiz", - deydi Spratlen. "Serg'ayrat, ochiqlik, samimiylik, dadillik...".

AQShning Toshkentdagi sobiq elchisi Pamela Spratlen

BUNI HAM KO'RING
AQShning O'zbekistondagi elchisi: Oldimizda misli ko'rilmagan imkoniyatlar

Birinchi navbatda qo'shnilar bilan aloqani yaxshilashga bel bog'lagani, dunyoga ochilish, G'arb bilan, xususan Amerika bilan yaqindan ishlashni xohlashi, "iqtisodiyotni ochamiz" degan gaplari AQShga umid bergan va Vashington uni bu borada quvvatlashga qaror qilgan.


"Muammolar bir pasda hal bo'lishini bilmas edik. O'zbekiston bir zumda demokratik tizimga aylanib qolmasligi, oldinda mashaqqatli yo'l turganini yaxshi tushunganmiz va hali ham tushunamiz", - deydi Spratlen.
"Mirziyoyev aytganini amalda ko'rsata oldi, masalan, BMT maxsus elchilariga eshik ochildi... Siyosiy mahbuslar ozod etildi. O'zgarishlar biz xohlagan darajada bo'lmadi, lekin jarayonlar boshlanganini ko'rdim", - deydi diplomat.
Kongressda O'zbekistonga e'tibor oshdi. Davlat departamenti O'zbekiston bilan dasturlarni ko'paytirish harakatiga tushdi. Mirziyoyev 2018-yilning mayida Vashingtonga kelib, Oq uyda Donad Tramp bilan muloqot qildi. 2002-yilda boshlangan strategik sheriklik yangilandi.
"Elchilikni boshaganimda O'zbekiston yopiq va yakkalangan mamlakat edi. Bugungi O'zbekiston ochiq va ochilishda davom etishi kerak. O'zgarishlar to'xtamasligi kerak. Prezident Mirziyoyev shuni va'da qilgan, xalq biladi, biz ham eshitganmiz", - deydi Spratlen.
AQShning Toshkentdagi hozirgi va to'qqizinchi elchisi Daniel Rozenblum deydiki, Vashington hozir qator maqsadlar yo'lida harakatlanmoqda. Birinchidan, barqarorlik uchun hamkorlik qilish, jumladan Afg'oniston va O'zbekistonning xavfsizlikni ta'minlash salohiyatini oshirish.
Ikkinchidan, O'zbekistonda islohotlarni quvvatlash va ular davomiy va natijali bo'lishiga hissa qo'shish. Uchinchidan, deya tushuntiradi Rozenblum, biznes imkoniyatlarni kengaytirish, sarmoya muhiti yaxshilanishi, shaffoflik uchun intilish. To'rtinchidan, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga e'tiborni oshirib, fuqaro erkinliklari himoyasini yo'lga qo'yish, adliya va sud tizimidagi islohotlarni quvvatlash.

AQShning O'zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum
AQShning O'zbekistonga e'tiborini uch omil belgilaydi: geografiya, barqarorlik va suverenitet. Respublika strategik hududda joylashgan. Barqarorlikni asrash va ta'minlashdan Amerika manfaatdor. O'zbekiston suverenitetini himoya qilish bilan Vashington bu o'lka mustaqil va farovon bo'lishiga hissa qo'shadi.

BUNI HAM KO'RING
AQSh-O'zbekiston: COVID, Mirziyoyev va islohotlar

"Bizni xavotirga soladigan holatlar bor, jumladan matbuot erkinligi, blogerlar faoliyati, fuqaro jamiyatiga cheklovlar...", - deya qayd etadi Rozenblum.


Beshinchi maqsad - xalqlarni yaqinlashtirish. Almashinuv dasturlari, madaniy rishtalar va ikki mamlakatning ma'naviy-ilmiy jihatdan bog'lash. Bu borada Rozenblum hozirgi harakatlardan mamnun.
"Tinchlik korpusi qaytmoqda. Kelishuvga erishilgan, ammo jarayon vaqt oladi. Amerika burchaklari qayta ochilmoqda. Toshkentdagidan tashqari hozir Qarshida ham bor", - deydi elchi.
"Amerika va O'zbekiston aloqalari a'lo nuqtada. Qilishga ish ko'p hamisha, lekin biz hamkorlikni mustahkamlash bilan bandmiz, bu esa rishtalarni ziddiyatlar emas, yakdillik tebratayotganini aks ettiradi".
Elchixona pandemiya davrida yopilmadi, konsullik xizmati cheklangan tarzda ishlayapti xolos. AQSh koronavirusga qarshi kurashda O'zbekistonga yordam berishda davom etadi, jumladan uch milion Moderna vaksinasi bilan.
Sarmoya bilan bog'liq muammolar haqida gap ketarkan, Rozenblum hukumatga yangi investitsiya jalb etish bilan birga, kelganlari bilan bog'liq chigalliklarga ham e'tibor qaratishni tavsiya qiladi.
"Sarmoya samara berishi kerak, buning uchun esa hozirda ishlayotgan kompaniyalar dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish kerak".
Amerikaning Afg'onistondan chiqishi O'zbekistonga ahamiyatni o'zgartirmaydi, deydi Rozenblum. Aksincha, bu mamlakatda tinchlikka erishish, mintaqa barqarorligi va farovonligi uchun yanayam qattiqroq ishlash kerak bo'ladi va buni har ikki tomon yaxsi tushunadi, deydi diplomat.





Navbahor Imamova
Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.
Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.


Download 158.5 Kb.




Download 158.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fermentativ reaktsiyalar kinetikasi

Download 158.5 Kb.